Turkmaniston demografiyasi
Download 1.8 Mb.
|
Mansurov Javohir Demografiya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQLIMI…
- XO’JALIGI…
HUDUDI...Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T.ning eng baland nuktasi) bor. IQLIMI…Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. XO’JALIGI…Turkmaniston — agrar industrial mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 50 %, qishloq xoʻjaligi.niki 18 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 32 %. Sanoatining yetakchi tarmoklari: gaz va neft qazib chiqarish, energetika, kimyo, mashinasozlik, yengil (qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash), oziq-ovqat (yogʻmoy, vinochilik), binokorlik materiallari sanoati. Buzmayin GRES, Turkmanboshi, Nebitdogʻ, Turkmanobod, Mari, Gugurtdogʻda issiqlik elektr styalari barpo etilgan. Yiliga oʻrtacha 10,5 mlrd. kVt soat elektr energiya hosil qilinadi. Neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash T.ning gʻarbiy rnlarida olib boriladi, Cheleken gʻarbida dengiz tubidan neft qazib olinadiAsosiy gaz konlari: Gazoʻchoq, Naip, Shatlik, Gugurtdog va boshqa Neftni kayta ishlash tarmogʻida benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, bitum, elektrodli koks, kir yuvish vositalari, kimyo sanoatida natriy sulfat, yod, brom, oltingugurt, mineral oʻgʻit, oltingugurt kislotasi, superfosfat, ftorli alyuminiy ishlab chikariladi, mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida teplovoz va avtomobillar taʼmirlanadi, markazdan qochirma neft nasoslari, kultivator, elektr kabeli, gaz plitalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat paxta, jun, pillani dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, jun va ipak gazlama, trikotaj ishlab chiqarish., qorakoʻl oshlash, pillakashlik, tikuvchilik, koʻnchilik, poyabzal korxonalaridan iborat. Yogochsozlik, poligrafiya, shisha sanoati ham muhim oʻrin oladi Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling