Turkmaniston haqida 100 ta fakt Turkmanistonda faqat bitta uyali aloqa operatori mavjud


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 247.59 Kb.
bet7/15
Sana03.12.2023
Hajmi247.59 Kb.
#1797272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Turkman

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]



Turkmaniston hududida qad. manzilgoxlar (Ashxobod yaqinidagi Jaytun va Passajiktepa) qoldiqlari saklanib qolgan. Bundan tashkari, yirik qishloklarning qoddiqlarini ham uchratish mumkin (Namozgohtepa, Ulugʻtepa, Oltintepa). Turli davrlarda mustahkam devorlar bilan oʻralgan shaharlar (Marvdagi Erkqalʼa, Kaushut yaqinidagi Elkentepa) vujudga kelgan. Mil. 5— 7-asrlarda xom gʻisht va paxsadan qoʻrgʻonlar, 2 qavatli koʻshklar qurildi. 11 — 12-asrlarda shaharlarda masjid, Madrasa, karvonsaroy, timlar, maqbaralar, turar joy mahallalari barpo etildi (Abu Sayd maqbarasi, Abulfazl maqbarasi va boshqalar). Pishiq gʻishtdan mahobatli imoratlar qurilib, tomi gumbaz shaklida ishlana boshladi. 12-asrda binolarni bezashda bir tomoni sirlangan gʻisht va koshindan foydalanish rayem boʻldi. Maqbaralar oʻziga xos meʼmoriy shaklda bunyod etilgan. Marvdagi Sulton Sanjar matsbarasi, Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro maqbarasi, Faxriddin Roziy matsbarasi, Sulton Takash maqbarasi va boshqa sirkorlik va naqshkorlik usulida serhasham bezatilgan. Marvdan Xorazmga borish yoʻlidagi Oqchaqalʼa, Choshqalʼa, Doyaxotin karvonsaroyi ichki hovlisining 4 tomoni peshayvonli qilib qurilgan. 14—15-asrlarda Temuriylar davri meʼmorligiga xos mahobatli va peshtokli binolar qurila boshladi. 19-asr 2yarmida Krasnovodsk, Ashxobod, Chorjoʻy, Bayramali, Qizilarvot kabi yangi shaharlar paydo boʻldi. Ammo koʻchmanchi qabilalar hamon kigiz oʻtovda yashar edi.
20-asrning oʻrtalaridan turkman meʼmorlari uyjoy qurilishida issiq iklim sharoitini qisobga ola boshlagan boʻlsalar, 1948-yil Ashxobod zilzilasidan soʻng shaharsozlikning T. uchun alohida usullarini ishlab chiqdilar. 60—70-yillar meʼmorligida sodda shakllarga intilish kuchaydi, 70— 80-yillarda meʼmorlik bilan bezak sanʼatini birga qoʻshib, atrofdagi manzaraga moslashuv tamoyillari ustunlik qila boshladi (A. Ahmedov va F. Ahmedov rahbarligida ijodiy jamoalar loyihalagan „Ashxobod“ mehmonxonasi, „Ayna“ restorani, Davlat banki, Qurilish banki binolari).
Badiiy hunarmandlikda kulollik (8-asrdan qolipaki naqshlangan sirsiz sopol idishlar), badiiy toʻquv, zargarlik, gilamdoʻzlik rivojlangan. Ayniqsa, 18—20-asrlarda geometrik shaklli naqshlar bilan bezatilgan kizil, jigarrang, taka, salor, yovmut gilamlari badiiy kimmati bilan mashhur boʻlgan.
Zamonaviy tasviriy sanʼat T.da 19-asrning 2yarmida paydo boʻla boshladi. N.N.Karazin, K.S.Mishin, Nazar Yovmutiy turkmanlar turmushining ijtimoiy jihatlarini ifodalashga harakat qildilar. 20-asrning 20-yillarida „Sharq sanʼati zarbdor maktabi“ ochilgach, T.da professional badiiy taʼlim yoʻlga qoʻyildi. Shu maktabda tahsil olgan B. Nurali, S.N.Beklarov, keyinchalik ularning safiga qoʻshilgan Yu.P.Daneshvar, I. Klichev, A. Hojiyev, A. Quliyev, N. Xoʻjamuhamedov, A. va Ch. Omongeldiyevlar tasviriy sanʼatni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshdilar. 20-asrning 2yarmida turkman badiiy sanʼatida grafika, dastgoh gravyurasi, natyurmort, avtoportret, teatr va kino bezakchiligi kabi janrlar rivoj topdi.
Istiklol yillari T. tasviriy sanʼatida milliylikka eʼtibor kuchaydi. Dastgoh rangtasviri, grafika, maxrbatli haykaltaroshlik rivojlandi. Keksa avlod vakillaridan I. Kdichev, A. Almamedov, shuningdek, Sh. Akmuhammedov, A. Muhammedov, Ya. Bayramov, J. Amandurdiyev, Ch. Amandurdiyev, G. Guseynov, A. Murodaliyev, K. Nurmurodov va boshqa samarali ijod qilmoqdalar. Chunonchi, Sh. Akmuhammedov ijodida oʻtmish bilan hozirgi kunning uzviy bogʻliqligini koʻrsatish, milliy estetik tamoyillarni ifodalash, Ya. Bayramov ijodida dadil novatorlik, atrof muhitni, umuman hayotni falsafiy talqin qilishga intilish seziladi. 1939-yil T. Rassomlar uyushmasi va 1994-yil Milliy Badiiy akademiya tashkil etilgan.

Download 247.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling