Turkmaniston haqida 100 ta fakt Turkmanistonda faqat bitta uyali aloqa operatori mavjud


Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 247.59 Kb.
bet9/15
Sana03.12.2023
Hajmi247.59 Kb.
#1797272
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Turkman

Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]


1918-yildan havaskor teatr toʻgaraklari tuzila boshladi. 1926-yil dastlabki millim drama studiyasi tashkil etildi. Unda dramaturglar K. Burunov, A. Kaushutov, rejissor Yu. Alimzoda dare berdilar, Suray Murodova, A. Qulmamedov, K. Berdiyev, O. Durdiyeva, K. Qulmurodov va boshqa aktyorlar tahsil oldilar. 1929-yil shu studiya negizida turkman teatri (xoz. Mullanafas nomidagi drama teatri) barpo etildi. Unda B. Kerboboyevning „Yuksalish“, A. Karliyevning „Ayna“ pyesalari va chet el dramaturglarining asarlari sahnalashtiriddi. Mari, Karki, Qizilarvot va boshqa shaharlarda yangi teatrlar ochildi. 20-asrning 2yarmida turkman teatrlarida G. Muxtorov, K. Seytliyev, B. Omonov, Q. Quliyev, A. N Ostrovskiy, U.Shekspir pyesalari qoʻyildi. Teatr jamoalari orasida Ashxoboddagi yosh tomoshabinlar teatri, Maridagi Kamina nomli drama teatri, Turkmanoboddagi musikali drama teatri, sanʼat arboblaridan B. Omonov, A. Durdiyev, M. Cherkezov, M. Kirillov, S. Otayeva, T. Gʻafurova, N. Suyunova, M. Aymedovalar mashhur.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]


1926-yil kinofabrika tashkil etildi, keyinchalik u „Turkmanfilm“ga aylantirildi (hozirgi A. Karliyev nomidagi kinostudiya). Shu yerda dastlabki hujjatli filmlar — „Oq oltin“ (1929, rejissor A. Vladichuk), „Choʻlda birinchi“ (1932, rejissor M. Bistritskiy), „Misli koʻrilmagan voqea“ (1936) yaratildi. Dastlabki badiiy filmlar — „Unutib boʻlmaydi“ (1931, rejissor D. Poznanskiy), „Yetti yurak“ (1935, rejissor N. I. Tixonov), „Men qaytaman“ (1935, rejissor A. Ledashchev), „Dursun“ (1940, rejissor Ye. IvanovBarkov) ekranga chiqarildi. 40—50-yillarda yaratilgan filmlar („Olisdagi kelin“, „Keksa Ashirning hiylasi“, „Oila nomusi“, „Birinchi imtihon“) muvaffaqiyat qozonmadi va tanqidga uchradi. 60-yillarda voya ga yetgan X. Narliyev, K. Yazxonov, M. Qurbonklichev, Ya. Saidov, M. Suyunxonov kabi yosh rejissorlarning ijodi kinematografiyani jonlantirdi. B. B. Mansurovning „Musobaqa“ filmi (1964) goyaviy yetukligi, ifoda vositasining taʼsirchanligi bilan ajralib turadi. Unda murakkab insoniy muammolar tarixiy voqealar asosida hal etilgan boʻlsa, oʻsha rejissorning „Chanqovni bosish“ filmida (1967) mazkur muammolar zamonaviy voqeliqda ifodalab berilgan. „Mahtumquli“ (1968) va „Maqom sirlari“ (1974) filmlari tarixiy shaxslarga bagʻishlangan. X. Narliyevning „Qoraqum, soyada 45°“ (1983) filmida gazchilarning hayoti tasvirlangan. Yosh rejissor X. Kakaboyevning „Otam qaytsinchi, kurasan“, X. Narliyevning „Jamol daraxti“ filmlari turkman kinematografiyasining soʻnggi yillardagi yutuqla]ei jumlasiga kiradi.

Download 247.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling