2
Olmosh, ravish
Test 1
1. Qanday so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlarga nisbatan
kuchliroq ohang bilan aytiladi?
A)
kishilik olmoshlari
B) so‘roq olmoshlari
C) ega vazifasida kelgan so‘z
D) kesim vazifasida kelgan so‘z
2. Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy
talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi
mumkin?
A) I shaxs ko‘plikdagi olmosh
B) II shaxs ko‘plikdagi olmosh
C) III shaxs ko‘plikdagi olmosh
D) har uchala shaxsdagi ko‘plikdagi olmoshlar
3. Gaplarning nechtasida olmosh turkumiga mansub
so’z(lar) qo’llanmagan?
1) Sardorning o'sha mahaldagi tushlarini eslatardi bu narsa.
2) Odilning shu tobda ko’chaga chiqqisi, toza havoda sayr qilgisi
keldi .
3) Qachonlardir qarshimdan o’tsang, seni derdim oddiy
yo’lovchi.
4) Mehnatsevarlik, rostgo’ylik nima, bilasizmi?
5) shu-shu -deb takrorlardi u gapini qaytarmasdan.
6) Bu gul o’zidan nur taratish xususiyatiga ega ekan.
A) 1 tasida B) 2 tasida C) 3 tasida D) 4 tasida
4. Kishilik olmoshlari turlanganda qanday fonetik hodisa
kuzatiladi?
A)
tovush almashishi
B)
tovush tushishi
C) tovush orttirilishi va tushishi
D) fonetik o‘zgarish kuzatilmaydi
5. To’g’ri, u aravani quruq olib qochadigan maqtanchoqlardan
emas.
Ushbu gap qanday so’z turkumlaridan tashkil topgan?
A) undov so’z, olmosh, ot, sifat, fe’l, sifat, to’liqsiz fe’l; modal
va taqlid;
B) modal so’z, olmosh, fe’l, sifat, to’liqsiz fe’l;
C) modal so’z, olmosh, ot, sifat, fe’l, ot, to’liqsiz fe’l; undov va
taqilid;
D) sifat, olmosh, fe’l, sifat, to’liqsiz fe’l; modal va undov;
6. O`zimni moziyning bag`riga urdim
Va shu on shukrona aytib
qaytdim men
Kimdir ko`rmay ketgan baxtni men ko`rdim
Kimdir aytmay ketgan so`zni aytdim men.