23. Qaysi qo’shimchalar ham yetakchi fe’lda, ham ko’makchi
fe’l tarkibida keladi?
1) shaxs-son 2) nisbat 3) zamon 4) sintaktik shakl yasovchi
5) bo’lishsizlik 6) mayl
A) 3,4,5 B) 2,5
C) 1,3,4,6
D) 3,4,5,6
24. Orttirma nisabat shakli yetakchi fe’lga qo’shilgan gapni
ko’rsating?
A) Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi.
B) Birdan bozorboshida dod-faryod ko’tarilib qoldi.
C) Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o’tirib qolibman.
D) U eng avval malikalar-u, nabiralarini Samarqandga jo’natdi.
25. Qaysi gapda bir ko'makchi morfema, fe’lning zamon,
mayl, shaxs-son kabi uchta grammatik ma’nosini ifodalab
kelgan?
A) Akangni chaqir, bugungi qilig'i uchun javob bersin.
B) Bugun akam bilan borishga qaror qildik.
C )0lim bo'lsang, olam seniki.
D) Kabob uchun shahardan zira-piralarni olib chiqib qo'ydik.
26. Ta’ limni isloh qilishning bosqichlari ham bugun
mamalakatimizda yaxshi borayotir va tegishli idoralar
tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dasturlar asosida
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu xayrli ishlar
hozirda davlat siyosati darajasida amalga oshirilmoqda.
Ushbu gapdagi yasama so'zlar haqida berilgan to'g'ri hukmni
toping.
A )3 o'rinda yasama fe’l, 1 o'rinda ravish
B)4 o'rinda yasama fe’l,
C)4 o'rinda. yasama f e ’l, 1 o'rinda ravish
D)2 o'rinda yasama f e ’l, yasama sifat
27. Quyida berilgan nechta fe’ldan omonimlik xususiyatiga
ega qo'shimcha yordamida ot yasash mumkin?
qaytmoq, kechmoq, suzmoq, ochmoq, qiynamoq, porlamoq,
elamoq, tilmoq
A) 7 tasidan
B) 4 tasidan
C) 5 tasidan
D) Bittasi dan
28. Bu - men tug'ilgan tuproq. Ha, men tug'ilgan tuproq,
Tog‘lar, ko'm-ko'k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq. Bo'ronlar
qamchilashar, yomg'irlar tomchilashar,
Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq. (Mirtemir)
Do'stlaringiz bilan baham: |