3. Qaysi gap tarkibida ikkita fe’l qatnashgan?
A) Qo’shni qabilalar o’rtasida oldi-berdi boshlandi.
B) Maslahatingni qo’y, o’rtoq, dedi-dedilardan charchab ketdim.
C) Rais hammaga bir-bir gapira boshladi.
D) Nigora birdan qo’lidagi choynakni tashlab yubordi.
4. To'tini o'z ismini aytishga o'rgatishadi. Ismni ko'p
takrorlashadi. Keyin bir kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o'z
kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so'zni aytib
yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi.
Berilgan parchada nechta fe’l tarkibida nisbat qo'shimchasi
ishtirok etgan?
A) 4 В) 6 С) 5 D) 7
5. Mudir xaltaning tugmalarini yechib yuborgan, ingichka
bo’ynidagi guldor galustugini bo’shatib qo’ygan, tez yurganida
bo’lsa kerak, yanoqlari turtib chiqqan yuzi qizarib ketgan edi.
Gapda nechta ko’makchi fe’l qatnashgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta
6. Jozibador qo'shiqlar el-elatlarnii birlashtiradi, ularni tinch-
totuv va osoyishta yashashga, Vatanni har jihatdan
yuksaltirishga, ko‘z qorachig‘iday asrashga va uni himoya
qilishya da’vat etadi.
Berilgan gapda ishtirok etgan yasama fe’llar haqidagi
noto‘g‘ri hukumni belgilang.
A) 2ta sodda yasama f e ’l ishtirok etgan.
B) 5ta yasama fe’l ishtirok etgan
C) sodda yasama fe’llarning yasalish asosi bir xil mustaqil so'z
turkumiga mansub emas
D) bitta sodda yasama fe’l tarkibida nisbat qo'shimchasi
mavjud
7. Qo’shma fe’l berilgan javobni ko’rsating?
A) hurmat qildi, keldi-ketdi, ko’rib qoldi
B) javob berdi, olib keldi, sotib oldi
C) tarqala boshladi, ko’rib qoldi, qo’l cho’zdi
D) yoza boshladi, o’qib yurdi, qo’l qo’ydi
8. “Ravishdosh+fe’l” shaklidagi ko’makchi fe’li so’z qo’shilmasi
bo’lmagan qatorni ko’rsating?
1) o’ylab turdi 2) turib gapirdi 3) yig’lab turdi 4) baqirib
chaqirdi
A) 2,4
B) 3,4
C) 1,2
D) 1,3
9. 1) olib kelmoq 2) sotib olmoq 3) javob bermoq 4) sotib
yubormoq
Do'stlaringiz bilan baham: |