20. O’rin ravishi qaysi gapda ishtirok etgan?
A) Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha
yerni o’yib yuboribdilar.
B) Sherqo’ziga nari ketishni buyurdi.
C) Yarim kechadan keyin bog’da yotgan Salmon otaning uyqusi
butunlay qochdi.
D) Jiydazordan hozirgina keldim.
21. Qaysi gapda o’rin ravishi ishtirok etgan?
A) Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda.
B) Shu vaqt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab kulib
yubordi.
C) Komandir boshliq jangchilar olg’a tashlanib, bostirib
boraverdilar.
D) Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darrov javob bera
qoldim.
22. Daraja- miqdor ravishi qo’shma fe’lga ergashib kelgan
gapni aniqlang.
A) Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak.
B) To’lagan aka zo’rg’a kelgan ekan.
C) U O’rmonjonga, Bo’taboyga, Kanizakka ko’pdan ko’p salom
aytdi.
D) Xadicha xola xiyla o’ylanib turdi.
23. Miqdor-daraja ravishi qatnashmagan gapni toping.
A) Chol va kampir behad sevinishibdi.
B) Bo’ying sal cho’zilsin, bironta duradgor usta topilsa,
shogirdlikka topshirardim.
C) Kunduzi o’ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham
qolmagan.
D) Qaddini rostlab, eshikni uch marta taqillatdi.
24. To’rt narsani berdi menga oqillarcha o’ylamoq:
Tanisihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr.
Ushbu baytda ravish qaysi bo’lakka bog’langan?
A) to’ldiruvchiga B) aniqlovchiga
C) kesimga D) egaga
25. Avval Vataningni yuragingda qur,
So’ng yerga ko’chirsin uni qo’llaring.
She’riy parchada qaysi so’z turkumi ishtirok etmagan?
A) ravish B) ot C) fe’l D) sifat
26. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga
olaman. Bolalikdagi o’ynoqi damlarni eslab quvnayman. Meni
o’tloqlarda dumalatgan, chang ko’chalarda o’ynatgan damlarni
unutolmay qiynalaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |