Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash
va ularning mexanik xossalari
Download 1.66 Mb.
|
Metallarresiklingi5-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy uzayish, % Qattiqligi (NV), kG/mm 2
- 5.2-jadval. Puxtaligi yuqori cho‘yanlar markalari va mexanik xossalari
- Cho‘yanning markasi Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi, kG/mm 2
- Zarbiy qovush-qoqligi, kG/mm 2
- Po‘latlarni tasnifi
va ularning mexanik xossalari
Po‘lat markasidagi KCH harflari bolg‘alanuvchan cho‘yanni bildiradi. Puxtaligi yuqori cho‘yanlarning strukturalari perlit bilan sharsimon mayda grafit donalardan iborat bo‘ladi. Bunday cho‘yan olish uchun amalda suyuq cho‘yanni qolipga quyish oldidan unga ozgina magniy qo‘shiladi, natijada ajralib chiqqan grafit shar shakliga kiradi. Puxtaligi yuqori cho‘yanlar mexanik xossasiga ko‘ra turli markalarga bo‘linadi. Bunday cho‘yanlarning Davlat standartlariga binoan markalari va mexanik xossalari 5.2-jadvalda keltirilgan. 5.2-jadval. Puxtaligi yuqori cho‘yanlar markalari va mexanik xossalari
Po‘latlarni tasnifi Po‘latlarni dunyo bo‘yicha yagona tasniflash sistemasi mavjud emas. O‘zbekistonda va sobiq ittifoq davlatlarida po‘latlarni tasniflash va ularni tarkibi, hamda sifatiga talablar tegishli davlat standartlari va texnikaviy shartlar bilan belgilanadi. U yoki bu usul bilan olingan po‘latlar o‘z xususiyatlari bilan favqulodda rang-barang bo‘ladi. Ular quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadi. A) Ishlatish maqsadi bo‘yicha po‘latlarni quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin: yonish (topochnuyu) va qozonxona po‘latlari, temir yo‘l transporti uchun po‘latlar (relslar, temir yo‘l g‘ildiraklarini belbog‘i (bandaj) uchun po‘lat va boshqalar), konstruksion po‘lat (binolarni, ko‘priklarni, turli xil mashinalarni va boshqalarni qurish uchun turli metall konstruksiyalarini yasashda ishlatiladi), zoldirli podshipnik po‘latlari, asbobsozlik po‘latlari (turli xil asboblar, qirqichlar, prokat qilish stanoklarini valiklarini, temirchilik-shtampovkalash uskunalarini detallarini va boshqalarni yasashda ishlatiladi), ressor-prujina po‘latlari, transformator po‘latlari, zanglamaydigan po‘latlar, qurolsozlik po‘latlari, truba ishlab chiqarish po‘latlari va boshqalar. Po‘latlar sifati bo‘yicha ko‘p hollarda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: oddiy sifatli va yuqori sifatli. Bu guruhlarning bir-biridan farqi – ularning tarkibidagi ruhsat etilgan zararli aralashmaning (birinchi navbatda oltingugurt va ftor), hamda alohida talab qo‘yilganda nometallik moddalarini va boshqa metallarini miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, oddiy sifatli po‘latlarda oltingugurt va fosforni ruhsat etilgan miqdori 0,055-0,06 foizgacha, sifatli po‘latlarda 0,02-0,03 foizgacha bo‘lishi kerak. V) Po‘latlar kimyoviy tarkibi bo‘yicha uglerodli (o‘z navbatida past, o‘rta va yuqori uglerodlashgan), past-, o‘rta- va yuqori ligerlangan (o‘z navbatida, xromlangan, marganetslangan, xromnikellangan va boshqalar). Sobiq ittifoq respublikalarida po‘latlarni kimyoviy tarkibini belgilashning quyidagi yagona belgilash bilan belgilangan: Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling