Turli eritish agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash


Download 1.66 Mb.
bet6/18
Sana29.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1733414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Metallarresiklingi5-bob

Mahsulot


Cho‘yandan quyulgan qismlarning, mashinalarning butun og‘irligiga nisbatan ulushi, %

1.

Metall qirquvchi stanoklar

80

2.

To‘qimachilik mashinalari

72

3.

Prokatlangan trubinalar

68

4.

Bug‘li trubinalar

63

5.

Traktorlar

58

6.

Ekskavatorlar

56

7.

Yuk avtomobillari

45

8.

Engil avtomobillar

40

Cho‘yanning mashinasozlikda keng ishlatilishi, uning ko‘pgina qimmatli xususiyatlariga bog‘lanadi. Cho‘yanning ijobiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: quyma olish texnologik jarayonining nisbatan oddiyligi, yaxshi quyuluvchanligi va ishqalanishning kamaytirish (antifriksion) xususiyati, eyilishga chidamliligi, davriy qovushqoqlik va toliqishdan mustahkamlik ko‘rsatgichlarining yuqoriligi, ishlov berishni osonligi, tebranishni yutish xususiyati, quyushning nisbatan arzonligi.


Hozirgi vaqtda cho‘yanni ikkilamchi eritish uchun turli xil eritish agregatlari qo‘llanilmoqda. Bu eritish agregatlarining tasnifi 5.2-rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, cho‘yanni asosiy qismi vagrankalarda eritiladi. Vagrankalar konstuksiyasini oddiyligi, ishlatishni qulayligi, turli xil markadagi cho‘yanlarni kerakli miqdorda olish mumkinligi; eritishni to‘xtovsizligi va boshqa bir qancha yutuqlari sababli cho‘yan ishlab chiqarishni asosiy agregati hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, yirik mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va boshqa korxonalarda ishlab chiqarish unumdorligi turli xil bo‘lgan cho‘yanni qayta eritadigan minglab vagrankalar o‘rnatilgan. Yuqori sifatli, mexanik xususiyatlari oshirilgan, strukturasi va oquvchanligi yaxshi bo‘lgan cho‘yan olishni asosiy omili cho‘yanni o‘ta qizdirishdir. Bunga 1480-15000C haroratda erishiladi va vagrankaga havo purkab yuborilishi kerak.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling