Changlar deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami 3...70 mkm oralig‘ida bo‘ladi. Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3...5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq xolatga kondensasiyalanish jarayoni orqali o‘tishda xosil bo‘ladi. Tumanlar suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalarining o‘lchami 0,3... 0,5 mkm ga teng. Kimyoviy texnologiyada turli jinsli sistemalarni ajratish uchun quyidagi gidromexaniq usullardan foydalaniladi: 1) cho‘ktirish, 2) filtrlash, 3) syentrifugalash, 4) suyuqlik yordamida ajratish. Filtrlash - suyuq va gazsimon aralashmalarni g’ovaksimon to’siq filtr yordamida ajratishdan iborat. Filtrlash bosim yoki markazdan qochma kuch ta‘sirida olib boriladi va asosan suspenziya hamda changlarni to’la tozalash uchun ishlatiladi. Filtrlash - suyuq va gazsimon aralashmalarni g’ovaksimon to’siq filtr yordamida ajratishdan iborat. Filtrlash bosim yoki markazdan qochma kuch ta‘sirida olib boriladi va asosan suspenziya hamda changlarni to’la tozalash uchun ishlatiladi. sentrifugalash - suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuchlar ta‘sirida yaxlit yoki g’ovaksimon to’siqlar yordamida ajratish jarayonidir. Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb gaz tarkibida bo’lgan qattiq zarrachalarni biror suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og’irlik yoki inertsiya kuchlari ta‘sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Turli jinsli sistemalarni ajratishning yuqorida bayon etilgan usullari sanoatda cho’ktirish, filtrlash qurilmalari, tsiklonlar, elektrofiltrlar, tsentrifugalar, skrubberlar va shu kabi qurilmalarda olib boriladi. Cho’ktirish usuli, cho’ktirish qurilmalari. Cho’ktirish usuli, cho’ktirish qurilmalari. CHo’ktirish usuli suspenziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun ishlatiladi. Cho’ktirish tezligi kichik bo’lgani sababli bu usul asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi ajratish uchun qo’llaniladi. Cho’ktirish jarayoni changli gazlar, suspenziya va emulsiyalar tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og’irlik kuchi ta‘sirida qurilma tubiga cho’kishiga asoslangan. Cho’ktirish jarayonlari tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |