Xulosa:
So’nggi besh yil ichida blokcheyn Bitkoin kursining 20 marta o’sishi bilan vujudga kelgan shov-shuvni ham, innovatsionlikning ajralmas xususiyati bo’lishni ham boshidan kechirishga ulgurdi, unga hattoki jahon moliya-kredit tizimining kelajagini ham bashorat qilishdi.
Uning ketidan yorilgan pufak keldi, va texnologiya na davlat tomonidan haqiqiy qo’llab-quvvatlandi, na yuridik jihatdan tan olindi.
Investorlarning ixlosi qaytdi, pragmatiklar esa – aynan nimani tan olish, tartibga solish kerakligini va umuman ular kerakmi degan fikrlarni ifodalashga ham ulgurmay qoldi. Ushbu tushunmovchiliklar sababli turli blokcheyn-assotsiatsiyalar va ko’pi bilan ikki marta to’plangan turli darajadagi yig’ilishlar tuzildi. Ammo, shunga qaramasdan, shu vaqt ichida kriptovalyutalarning samaradorligi va amaliy tatbiq etilishi nazorat qilinmaydigan muhitda real ishlatilishi tajribasi bilan tasdiqlandi. Blokcheynning yuz martalab tatbiq etilishlari ochiq tarmoqdagi ommaviy ishlatilishi jahannami sharoitida amalga oshirildi va ularning barchasi, ko”plab birjalar tura olgani singari, oyoqda tura oldi. Chunki bu texnologiyaning salohiyati hali ancha yillar davomida ancha qo’l kelishini hamma his qilib ulgurgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |