Turli mamlakatlarda sunʼiy yoʻl bilan olingan plazmaning temperaturasi 100-150 mln gradus atrofida. Biroq bu temperatura oʻz-oʻzidan davom etuvchi turgʻun termoyadro jarayonlari uchun kamlik qiladi


Download 17.25 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi17.25 Kb.
#1638550
Bog'liq
Sistemada temperatura juda yuqori boʻlganda modda

Sistemada temperatura juda yuqori boʻlganda modda (deyteriy)ning koʻpgina atomlari batamom ionlashgan, yaʼni elektron qobiqlari batamom yoʻqolgan, goʻyoki ikki xil gaz — erkin elektronlar va deyteriy yadrolaridan iborat gaz aralashmasiga aylanadi. Moddaning bunday holati plazma deyiladi. Agar deyteriy yadrolari ichida kinetik energiyasi bir necha oʻn keV boʻlgan yadrolar yetarli boʻlsa, bunday yadrolar toʻqnashuvi natijasida qoʻshilish reaksiyasi roʻy beradi deyish mumkin. Umuman aytganda, moddani plazma holatiga oʻtkazish uchun u bir necha yuz mln. gradusga qadar qizishi kerak. Shunday trada qoʻshilish reaksiyasining dastlabki alomatlari pay do boʻla boshlaydi. Bu reaksiyalarning termoyadro sintezi (yadro — issiqlik) reaksiyalari nomi bilan atalishining sababi ham shunda. Termoyadro reaksiyalari energetik jihatdan foydali boʻlishi uchun plazma temperaturasi oʻta yuqori boʻlishi kerak. Quyosh va yulduzlar ichki sohalarining temperaturasi shunday yuqori boʻlib, ularda koʻp mlrd. yillardan beri jadal (intensiv) ravishda termoyadro reaksiyalari davom etmoqda. Shunday qilib, termoyadro reaksiyasida ajralib chiquvchi yadro energiyasidan foydalanish uchun yerda quyosh modeliga oʻxshash qurilma vujudga keltirish kerak boʻladi.

Turli mamlakatlarda sunʼiy yoʻl bilan olingan plazmaning temperaturasi 100—150 mln. gradus atrofida. Biroq bu temperatura oʻz-oʻzidan davom etuvchi turgʻun termoyadro jarayonlari uchun kamlik qiladi. Uzluksiz sintez reaksiyasi ketishi uchun sintez qilinuvchi moddalar plazma temperaturasida yetarlicha uzoq vaqt ushlab turilgan va plazmaning hajmi oʻzgartirilmay saqlangan taqdirdagina juda koʻp yadro reaksiyada ishtirok etib, turgʻun yadro sintezi jarayoni vujudga keladi. Plazmaning zichligi yetarli boʻlmasa, yadro sintezi borayotganda energiya juda kam ajralib chiqadi, bunday reaksiya tajriba uchun befoyda boʻlib qoladi. Reaktorda magnit maydon hosil qilinadi, shu magnit maydon tufayli plazma reaktor devoriga tegib sovumaydi. Zaryadlangan zarralarni magnit maydonda ushlab turib, plazma atrofiga toʻplash mumkin, shunda plazmaning temperaturasi yana ham ortadi.


XULOSA
Dunyoda yadro sintezi bilan ishlaydigan bir necha tajriba qurilmalari mavjud. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining koʻpchiligi termoyadro reaksiyalarini boshqarishni oʻrganishga qaratilgan. BTS xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarini uzoq davr mobaynida zarur miqdorda energiya bilan taʼminlab turish imkoniyatini beradi. Biroq BTSga energiya olishning eng soʻnggi manbai deb qarash xato, chunki fizika fani ixtiyorida boshqa baquvvatroq energiya manbalari ham mavjud.

Shuni qayd qilish kerakki, tadqiqotchilarning Yerda sunʼiy yulduz moddalarini hosil qilish ustidagi koʻp yillik ilmiy tadqiqot ishlaridan hozircha arzigulik natija olinmagan, biroq har bir yangi amaliy yoki nazariy natija BTSni amalga oshirish kunini yaqinlashtiradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzME dagi aksar maqolalar Sovet davrida chop etilgan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.



Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000—2006-yillar da nashr qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. OʻzMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabogʻini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. OʻzME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar oʻrin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat Oʻzbekistonga tegishlidir.
Download 17.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling