: Husnixat darslarini tashkil etish
metodikasi.
Boshlang‘ich ta’lim eng ma’suliyatli va mashaqqatli davrdir. Bu ma’suliyatli davrda
o‘quvchi ruhiyatini to‘g‘ri anglab, uning bilan do‘stona munosabat o‘rnata olgan
ustozgina haqiqiy ustoz sanaladi.
Boshlang‘ich ta’lim davlat standarti talablarini hayotga tadbiq etishda muhim
bosqich hisoblanadi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limning barcha fanlarini chin
dildan o‘rgatish maqsadga muofiqdir. Boshlang‘ich ta’limda ona tili o‘qitish,
shuningdek chiroyli yozuvga o‘rgatish ham sabr-matonat, mahorat, izlanish va
tajriba talab qiladi. Husnixatga o‘rgatish o‘ta murakkab fiziopsihologik, lingvistik
hodisadir. Bu ishni o‘quvchi ilk maktabga qadam qo‘yib, qo‘liga ruchka olgandan
boshlash kerak.
Bu jarayonda o‘qituvchi o‘zi avvalo xushxat bo‘lishi lozim. 1-sinf o‘qituvchisi 6-7
yoshli bolalarning fiziologik rivojlanishdagi psihologik holatini, aql-iqtidor
chamasini ilmiy jihatdan atroflicha o‘rganmog‘i va esda tutmog‘i darkor. Har bir
o‘quvchida chiroyli va tez yozishga havas, muhabbat, ishtiyoq uyg‘ota olish
birinchi qadam hisoblanadi. Alifbe davrida yozuv darslarini izchil va tartibli yo‘lga
qo‘yish kerak.
Husnixatga o‘rgatish harf-tovushlarni o‘rgatishdan ko‘ra qiyinroq. Har yili
o‘zgaradigan yozuv daftarlari tajriba va mustahkam irodani talab qilmoqda.
Nafaqat chiroyli yozuvga o‘rgatish balki xatosiz yozuvga ham o‘rgatish zarurdir.
Husnixatga o‘rgatish harf-tovushlarni o‘rgatishdan ko‘ra
qiyinroq. Har yili o‘zgaradigan yozuv daftarlari tajriba va
mustahkam irodani talab qilmoqda. Nafaqat chiroyli yozuvga
Do'stlaringiz bilan baham: |