Turli xom-ashyodan tayyor mahsulot chiqish miqdorini hisoblash
Download 3.55 Mb.
|
2-amaliy retseptura
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli xom ashyodan tayyor maxsulot chiqish miqdorini hisoblash
2-amaliy mashg’ulot Turli xom-ashyodan tayyor mahsulot chiqish miqdorini hisoblash Konserva sifati organoleptik, texnik-kimyoviy va bakteriologik tadqiq asosida aniqlanadi. Sifat ko’rsatkichlari retseptga bog’liq. Konserva retseptlari oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy konservalarga konservalangan natural sharbatlar, pyure, meva kompotlari va natural sabzavot konservalari, hamda ikki komponentli: Meva va sirop, sabzavot va nomokobdan iborat konservalar kiradi. Murakkab konserva retseptlariga sabzavot gazak konservalari, tushlik konservalar kiradi. Ular sabzavotlar, tomat qaylasi, ziravorlardan iborat. Retsepturadagi tarkib konserva hidi, mazasi, rangi, tashqi ko’rinishini yaxshilaydi va standartga kiritiladi. Retseptura qanchalik murakkab bo’lsa standartda shunchalik ko’p ko’rsatkich bo’ladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan hamma konservaga xom ashyo va material sarf me’yori ishlab chiqazilgan. Me’yor bilan retsept bir xil bo’ladi. Chiqit bu xom ashyoning yeyilmaydigan qismi. Ular urug’, po’st, ildiz, baliqni bosh qismi, suzgichlari, ichkarisi; go’shtda suyak, pay, ulash, to’qimalari va boshqalar boTishi mumkin. Xom ashyo yo’qolishi asosan uning namligi bug’lanishi hisobiga, sharbati (go’shtni seli) oqishi hisobiga, bir texnologik apparatdan ikkinchisiga o’tishda qolishi (quvurda, apparatda, nasosda, transporterda) hisobiga hosil bo’ladi. Sarf miqdorini belgilash katta ahamiyatga ega. Sarf miqdori asosida konserva sanoatida xom ashyo bilan ta’minlash, korxona finans ko’rsatgichlari, maxsulot tan narxi rejalashtiriladi. Hisobot tuzishda sarf me’yori va aslida sarflangan xom ashyo miqdori solishtiriladi va xom ashyoning tejalish yoki ortiqcha sarflanishi aniqlanadi. Agar texnologiya yoki retseptura buzilgan bo’lsa kamchilik bartaraf qilinadi. Yangi maxsulot chiqarish taklif qilinganda ham sarf miqdori belgilanadi. Turli xom ashyodan tayyor maxsulot chiqish miqdorini hisoblash Konservalash texnologiyasini o’rganishda, kurs va bitiruv ishi bajarishda, mashina va apparatlarning yangi konstruktsiyasini yaratishda, ilmiy tadqiqot ishlari bajarishda va bevosita ishlab chiqarishda turli xom ashyodan tayyor mahsulot chiqish miqdori xom ashyo dastlabki va oxirgi namligiga karab, retsept bo’yicha xom ashyo va material miqdori qo’shilishiga qarab hisoblanadi. Bu hisobni o’z uslubi bor va uni yaxshi o’zlashtirish zarur. Misol uchun xom tomat pulpasidan tomat pasta chiqish miqdorini hisoblab topamiz. Quyidagi belgilarni qabul qilamiz: B- bug’latishgacha bo’lgan tomat pulpasi miqdori, kg; B- bug’latishgacha bo’lgan tomat pulpasi miqdori, kg; B1- tayyor tomat mahsuloti chiqish miqdori, kg; c - bug’latishgacha tomat pulpasida bo’lgan quruq modda kontsentratsiyasi, % (refraktometr bo’yicha); c1 – tayyor mahsulotdagi quruq modda miqdori, % (refraktometr bo’yicha). Agar tomat mahsulotini boshlang’ich va oxirgi miqdori ma’lum bo’lsa litrda, ularni zichligini bilgan holda kg yoki tonnaga hisoblash mumkin. Uning uchun 4-jadvaldan foydalanamiz. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling