oila a’zolarining ozik-ovkat maxsulotlari bilan ta’minlanishi:
uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash;
kiyim-kechak sotib olish;
madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga obuna bulish va boshkalarni sanab o’tish mumkin.
-Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin.
-Odamlarning yashash sharoitlari — mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi.
Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaktining davomiyligi, salomatlik kursatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi.
Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning uzidir. Inson o’zi uchun ijod kiladi, yashashi uchun sharoit yaratadi.
Tibbiyot ilmining otasi Gippokrat “Insonning faoliyati kanday bulsa,uning uzi xam,tabiati xam,kasalliklari xam shunday” deb ta’kidlab, insoniyatning sog’ligi va kasalligini uning turmush tarzi, fikrlash doirasi, o’zini tuta bilishi kabilarni o’rganish orqali bilib olish mumkin ekanligini ko’rsatib o’tgan edi.
Turmush tarzi inson faoliyatining shunday – “tayanch nuqtasiki”, tibbiyot ilmi unga tayangan holda, odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga yul topadi.
Sog’lom turmush tarzi — shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak.
Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib,uz ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan yashashini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati — bilan yaratiladi va har bir kishi uchun individualdir. Bir kishiga foydali bo’lgan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi, mehnat qilish va uxlash davomiyligi, qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir inson tomondan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qarab tanlab olinishi zarur. Shuning uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb karash kerak. Insonni uning o’z xohishiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologik va ijtimoiy tamoyillarni mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |