Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi:


Nosog’lom turmush tarzi – axloqsiz yashash va nopok turmush kechirishdir


Download 50.58 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi50.58 Kb.
#1604181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sog\'lom turmush tarzi

Nosog’lom turmush tarzi – axloqsiz yashash va nopok turmush kechirishdir.
Nosog’lom turmush tarzida yashashning oqibati inson mohiyatining yuzaga chiqmasdan yopiqligicha qolib ketishidir, jamiyatning esa iste’dodlardan mahrum bo’lishidir, shaxs dunyoqarashining chegaralanganligi, o’z salomatligiga qadriyatlar pillapoyasidan munosib o’rin ajratolmaslik, uni oliy qadriyat sifatida qadrlash darajasiga ko’tara olmasdan yashab o’tish tarzidir.
Komil inson g’oyasi – ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g’oyadir.
Bu g’oya butun xalqlarni yuksak taraqqiyot etaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida milsiz yutuqlarga ilhomlantirgan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga etkazish haqida qayg’armagan xalqning va millatning kelajagi yo’q.
Komil inson g’oyasi azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelgan. Shu sababli yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodngi tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajasiga ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga etkazishga muhim e’tibor berilmoqda.
Sharq falsafasida va ma’naviyatida birinchilar qatorida komil inson tushunchasini ta’riflab bergan ulug’ donishmand va faylasuf olim Jaloliddin Rumiy bo’lib hisoblanadi. Rumiy sog’lom va barkamol shaxs g’oyasini ta’riflab, komil insonlar shunday insonlarki, ular o’zlarida dunyoviy va diniy ilmlarni mushtarak qilib o’zlashtirib, millat manfaatini, vatan manfaatini o’zinikidan ustun qo’ya oladilar. Ular yolg’iz o’z manfaat va ehtiyojlari bilan band bo’lib, tirikchilik tashvishlaridan zir yugurib, ulardan baland ko’tara olmagan va o’zining insoniy mohiyatini anglash darajasiga etmagan odamlardan farqli o’laroq, o’z mohiyatini chuqur anglagan mukammal insonlardir, shu boisdan ularni – komil inson deb ataydilar.
Respublikamizning buyuk kelajagi ana shunday komil insonlarni tarbiyalab, etishtirish darajasi bilan belgilanadi.

Download 50.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling