Turon universiteti


Xomashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi


Download 95.7 Kb.
bet7/9
Sana10.11.2023
Hajmi95.7 Kb.
#1763360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijtimoiy taraqqiyotning xozirgi davri va umumbashariy muammolar yangi

Xomashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, XX asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan ko‘mirning 45%, temir rudasining 57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga tocg‘ri kelar ekan. Ana shunday holatni xomashyoning boshqa turlari to‘g‘risida ham gapirish mumkin. Tahlillarga qaraganda, o‘tgan asrning 90-yillarida ishlab chiqarilgan xomashyo miqdori 60—70-yillardagiga qaraganda 1,5—2 barobar ko‘paygan. Yer yuzida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyatni xomashyo resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, hosildor yerlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, Shuningdek boshqa xomashyo zaxiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan ekologik vaziyat tabiiy muhitning inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Boshqa tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining kolami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xomashyo resurslari, foydali qazilmalar bilan yetarli miqdorda ta’minlash muammosini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Mazkur muammoni ijobiy hal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga ko‘ra, jahon mamlakatlarining har biri o‘zi ishlab chiqargan yalpi milliy mahsulotning 3—5% miqdorida mablag‘ ajratishi zarur, deyilmoqda. Demak, har yili o‘rta hisob bilan 650—850 mlrd. dollar hajmida mablag’ ajratilishi talab etiladi. Juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarda ichimlik suvining tanqisligidan qiyinchiliklar yuzaga chiqmoqda. Ayni shu mamlakatlardan 42—45% km3 hajmida sanoatdan chiqqan iflos oqova suvlar suv havzalari, ko‘l, dengiz, okean suvini o‘zining zaharli tarkibi bilan bulg‘amoqda. XXI asr boshlariga kelib, toza ichimlik suviga bolgan ehtiyoj dunyo miqyosida o‘tgan asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3—2,5 barobar oshdi. Har yili okeanlarga 12—15 mln. tonnaga yaqin neft va neft mahsulotlari to'kilmoqda, shaharlarning kengayishi, sanoat korxonalarini qurish uchun ming-minglab gektar yer maydonlari ajratib berilmoqda, o‘rmonlar kesilib, yashil yerlar kamaymoqda. Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfli tus olmoqda. Dunyoda har yili 0,8% tropik o‘rmonlar yo'qolib bormoqda, 200 ming km2 territoriyadagi tropik o‘rmonlar kesilib, qayta tiklanmay qolmoqda. Hozirgi paytda yiliga 8,3 mln. gektar yoki minutiga 16 gektar o‘rmon yo‘qotilmoqda. Tabiiy muvozanatning dunyo miqyosida tez o‘zgarishining oqibati hozirning o‘zidayoq insonning yashashi va faoliyati uchun o‘ta zarur bolgan mo‘tadil muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Davrimizning yana salbiy belgilaridan biri shundaki, inson faoliyati kolamining miqyosi tobora biosferani tola egallab, endilikda koinotga ham ta’sir eta boshladi.

Download 95.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling