Turon universiteti


Energiya va yoqilgl resurslaridan foydalanish muammosi


Download 95.7 Kb.
bet6/9
Sana10.11.2023
Hajmi95.7 Kb.
#1763360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijtimoiy taraqqiyotning xozirgi davri va umumbashariy muammolar yangi

Energiya va yoqilgl resurslaridan foydalanish muammosi. Davrimizning yana bir muhim belgilaridan biri jahon iqtisodiyotining sur’atini belgilaydigan energiyani iste’mol qilish kolami muttasil kengayib borayotganligidir. Agar jahon iqtisodiyoti hozirgi sur’atda davom etadigan bolsa, u vaqtda sanoat va xalq xo‘jaligining energiyaga bolgan ehtiyoji uchun yaqin yillar ichida yiliga 20 mlrd. tonna yoqilgl talab qilinadi. Bu ko‘rsatkich 2025- yilda 35—40 mlrd., XXI asr oxiriga borib 80—85 mlrd. tonnani tashkil etislti taxmin etilmoqda. Vujudga kelayotgan bu holatdan chiqib ketishning yoli esa bitta, u ham bolsa, yoqilglning organik moddalar (neft, ko‘mir, gaz va h.k.)dan olinadigan energiya salmoglni kamaytirib, noorganik yoqilgl manbalar (GESlar, AES, shamol elektrostansiyalari, Quyosh energiyasi, vodorod, geliy va h.k.)dan olinadigan energiya miqdorini muttasil oshirib borish. Quyosh energiyasi, GES va shamol elektrostansiyalari 2025-yilda bu ehtiyojning 60%ini qondirishi mumkin. Yaqin kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tez sur’atlar bilan ko‘paytirib borish ko‘zda tutilmoqda. Butun jahonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining qariyb 34% ana shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Elektr energiyasining shu qadar tez sur’atlar bilan ishlab chiqarilayotganligi yon atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhitga ta’sir etmasdan iloji yo‘q. Masalan, gigant GESlarning qurilishi. 194 0 ‘z navbatida ana shu regionning iqlim sharoitiga, yon atrofdagi shahar va qishloqlarda xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi (masalan, ekin maydonlarining qisqarishi, mavjud maydonlarning sho‘rlanishi va ishdan chiqishiga olib kelishi) mumkin. Atom elektrostansiyalarining chiqindilarini bartaraf etishning ekologik xavfsizlik masalalari hozirgi davrning yechilishi murakkab muammolariga aylandi. Ayniqsa, 1986-yil 26-aprel kuni Chernobil AES IV blokining ishdan chiqishi natijasida juda katta miqdordagi radiatsiyaning havoga tarqalishi mazkur regionning yashashga mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi. Insoniyat oldida jahon iqtisodini o‘stirish uchun energiyaga bolgan ehtiyojni qondirishdan o‘zga chora yo‘q. Biroq bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabiiy muhitga ta’sir darajasini kamaytirgan holda energiyani ko‘proq ishlab chiqarish masalasi ko‘ndalang bolib turibdi. Shuning uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini belgilab beradigan eng muhim omillardan biri sifatida jahonshumul ahamiyatga molik muammolar sirasiga kiritilishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Download 95.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling