Individ (lot.individium - bo‘linmas) – ayrim bo‘linmaydigan yakka, mustaqil mavjudot.
|
Individ
|
Individual
|
Individualizm (lot.individium - bo‘linmas) -inson individual hayotining alohidaliligini ta’kidlovchi falsafiy-axloqiy tamoyil. Individualizm tarixda bo‘lgani kabi hozir ham volyuntarizm, anarxizm, egoizm, avtoritarizm kabi keskin ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘lmoqda. Umuman olganda, shaxs xulqi, faoliyati, erkinligi, haq-huquqlari ustuvorligi va avtonomiyasi muayyan me’yor doirasidagina ijobiy xarakterga ega bo‘ladi. Undan tashqarida esa individning shaxs sifatida barbod bo‘lishiga zamin yaratadi, g‘ayriinsoniy mohiyat kasb etadi.
|
Individualizm
|
Individualism
|
Induktiv xulosa chiqarish yokiinduksiya (lot. inductio – juz’iydan umumiylikka) – xulosa chiqarishning asosiy usul va tadqiqot metodlaridan biri. Induktiv xulosa chiqarish bilimning juz’iy muhokamalardan (hukmlardan) umumiy mulohazalar, qoidalarga qarab harakat qilishidir. Uning to‘liq va to‘liqsiz induksiya turlari mavjuddir.
|
Induksiya
|
Induction
|
Integratsiya –birlashish, birikish, yaxlit bir butunlikning shakllanishi.
|
Integratsiya
|
Integration
|
Introvertiv – o‘ziga xos ichki dunyosiga qarab mo‘ljal oluvchi.
|
Introvertivniy
|
introvertiveness
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |