Turon xalqaro unversteti talabasi sirtqi sj22AU
Download 294.26 Kb.
|
TURON XALQARO UNVERSTETI TALABASI SIRTQI SJ 22 AU JOBIRHON
- Bu sahifa navigatsiya:
- OZBEKISTON VA YAPONIYA PRIZIDENTLARI SHAVKAT MIRZIYAYEV VA NURIHITO
TURON XALQARO UNVERSTETI TALABASI SIRTQI SJ 22 AU Jahon iqtisodiyoti fanidan mustaqil ishi Reja 1.Yaponiya aholisi yer maydoni 2.Ozbekistan Yaponiya hamkorligi 3.Yaponiya savdosi moliya iqtisod bozori 4.Yaponiya xaritasi bayrogi va gerbi 5.Yaponiya ichki yuk aylanmasiYaponiya aholisi — 128,0 million kishi. Aholisining soni boʻyicha jahon mamlakatlari orasida oʻninchi oʻrinda turadi. Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan boʻlishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi boʻlib demografik koʻrsatkichlariga koʻra 11-tipdan 1-tipga oʻta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tugʻilish 10 kishiga, oʻlim esa 7 kishiga toʻgʻri kelmoqda, bolalar oʻlimi koʻrsatkichlari dunyo boʻyicha eng pastdir. Shu bilan birga aholisi oʻrtacha 80 yoshdan ortiqroq umr koʻrmoqda. Yaponiya bir millatli davlat. Aholisining 99 % i yapon millatiga mansub. Yaponiyada aholining oʻrtacha zichligi 1 km. kv. maydonga 339 kishi toʻgʻri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonining 10 % ida yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu koʻrsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 65,8 %i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakat poytaxti Tokio shahri boʻlib, unda 35 mln. dan koʻproq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq boʻlgan yana 12 shahari mavjud. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio- Nagoya-Osaka yoʻnalishi boʻylab 600 km. dan ortiq masofaga choʻzilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri boʻlgan Tokaydo tashkil topgan.Shuningdek Yaponiya sanoatlashgan va juda rivojlangan davlatlar qatorida ham yuqori oʻrinlarda turadi. Oʻtgan yillar mobaynida ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasida koʻplab oliy darajadagi uchrashuvlar amalga oshirildi hamda rasmiy hujjatlar imzolandi. Xususan, 1994-yil, 2002-yil va 2011-yilda Yaponiyada hamda 2006-yil avgustda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi manfaatli va do‘stona aloqalarga yangicha ma’no-mazmun bag‘ishladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2002-yilda Yaponiyaga davlat tashrifi doirasida Yaponiya Bosh vaziri J.Koidzumi bilan uchrashuvida strategik sheriklik, o‘zaro do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot imzolandi. Ushbu bayonot ikki mamlakatning hozirgi zamon xalqaro munosabatlardagi ko‘plab muammolar bo‘yicha qarashlari va munosabatlari o‘xshashligi, shuningdek, ularning ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjat bo‘lib xizmat qildi. Tashrif chogʻida 15 ga yaqin shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil fevralda Yaponiyaga qilgan navbatdagi davlat tashrifi davomida ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, turli sohalarga investitsiyalar jalb qilish va diplomatik aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qiluvchi qator shartnomalar tuzishga erishildi. Bundan tashqari, 2015-yilning oktabr oyida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 mlrd. dollarni tashkil qiladigan loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi OZBEKISTON VA YAPONIYA PRIZIDENTLARI SHAVKAT MIRZIYAYEV VA NURIHITO Yaponiya savdosi qoʻshilgan qiymatyaratilgan tovarlar savdosiga asoslanadi. Mamlakat xom-ashyoni import qilib, soʻngra uni qayta ishlaydi va qoʻshilgan qiymat yaratilgan sanoat tovorlarini eksport qiladi. Yaponiya imperiyasi davrida Yaponiyada savdo yengil sanoatga ixtisoslashgan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakat, neft va yoqilgʻi mahsulotlarini import qilib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar, yugori texnologik uskunalarni eksport qila boshladi. Bu davrda savdo ogʻir sanoat va kimyo sanoati mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1980 yildan Yaponiya savdo balansi ijobiy boʻla boshladi. AQSH va Yaponiya oʻrtasida bir necha bor savdo nizolari kelib chiqa boshladi. Yaponiya kompaniyalari 1990 yillardan boshlab qator ishlab chigarish zavodlarni Osiyo mamlakatlariga koʻchira boshladi. Osiyo mamkatalrida ishlab chiqilgan tovarlarni esa import qilishga oʻtdi. Yaponiyada moliya bozori rivojlangan, xizmatlar diversifikatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Mamlakat iqtisodiyoti moliya bozorining infrastrukturasining rivojlanganligi oʻz zaxiralarini va mavjud resurslarini samarali ishlata olgan. Mamlakatda faoliyat yurituvchi eng yirik konglomeratlarham aynan markazi bank boʻlgan moliya-sanoat guruhlari. 2019 moliya yilida boshlangʻich umumiy hisoblar byudjetidan asosiy xarajatlar ijtimoiy taʼminot (34,2 foiz), davlat qarziga xizmat koʻrsatish (23,6 foiz); mahalliy ajratmalar, soliq imtiyozlari va boshqalar (16,1 foiz), jamoat ishlari (6,1 foiz), taʼlim va fan (5,4 foiz) va milliy mudofaa (5,2 foiz) uchun ajratilgan. Download 294.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling