Turon yakka kurashi


Download 41.47 Kb.
bet4/6
Sana06.02.2023
Hajmi41.47 Kb.
#1170860
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
реферат спорт

Abu Ali Ibn Sino - odam gavdasining mutanosibligi va uning harakati mexanikasini o`rgandi. U jismoniy tarbiyaning kishi organizmiga ijobiy ta’sir ko`rsatishini nazariy jixatdan isbotladi (kishi organizmiga ijobiy ta’sir ko`rsatishi) va uni qo`llash yo`llarini ishlab chiqdi. Ibn Sino badan tarbiyani ikiga bo`ladi.
Birinchi turi- odam ish jarayonida qiladigan harakatlari
Ikkinchi turi- maxsus badan tarbiya mashqlari harakatlari.
Besh jilddan iborat «Tib» qonunlarida kishi tanasi tuzilishining tavsifi, kasalliklari etimologiyasi, sog`lom hayot kechirish haqida, kasalliklarini tabiat kuchlarini va dori darmonlar bilan davolashga doir ko`rsatmalar beriladi. Ibn Sinoning profilaktikaga doir ko`rsatmalari xaqida fikri aloxida ahamiyatga ega. U odamlarga butun xayoti davomida sog`lom yashash va sog`liqni mustahkamlash uchun zarur bo`lgan rejasini taqsim etadi. U yosh va sog`lom yashash , sog`liqni mustahkamlash uchun zarur bo`lgan rejani o`rganadi. Sog`lom hollarda mos keladigan ovqat tanlab iste’mol qilish me’yori bilan ovqatlanish, suyuq narsalar iste’mol qilish, me’yori bilan ovqatlanish,turar joy va tanani toza tutish, shuningdek jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shugullanish uzoq umr ko`rish vositalari deb xisoblaydi.
Ibn Sino turli mashqlar orasida me’yori bilan uzoq va tez yurish, kurash tushish, turli xil ko`rinishdagi mashqlar va ot minishni aloxida ta’kidlagan edi Ibn Sinoning fikricha, mashqlardan ko`zda tutilgan asosiy maqsad, qon aylanishi, nafas olish va organizmda moddalar almashinuvini yaxshilashdan iborat. U jismoniy mashqlar bilan erkin va zo`riqmasdan shugullanishni, bunda organizmlar faoliyatida paydo bo`lgan nafas olishni tezlashtirmasligi va yurak faolitini keskin ravishda ketmasligiga erishishni tavsiya qiladi. Ibn Sino jismoniy mashqlar qo`llash uslubiyatiga doir etarlicha ko`rsatmalar bera olgan edi. Jismoniy tarbiyaning miqdorini belgilashga jiddiy e’tibor bilan qarash lozim. Jismoniy tarbiya organlarning turli xolatlariga qarab, turlicha bo`ladi. Agar organlar juda mo’tadil bo`lsa, ular uchun mo`’tadil badan muvofiq keladi. Kuchsiz organlarni quvvatli qilmoq va zarur bo`lsa, o`sha organga muvofiq keladigan va maqsadga loyiq bo`lgan jismoniy tarbiya tayinlanadi.

Ibn Sinoning jismoniy tarbiya masalalari xaqida chuqur ilmiy fikrlari asrlar osha tarbiyachilar uchun dastur amal bo`ldi. Ko`rinib turibdiki xalq baxodirlari, paxlavon , jangchilar, qo`rqmas dovyuraklar qadim zamonlardan buyon katta jismoniy kuch, chidamlilik, mardlik, oliyjanoblik bilan ajralib turgan.


Ular vatan himoyasiga otlanganlar, xaqiqatni himoya qilganlar. Xalq qaxramonlari xaqidagi ko`pgina narsalarni biz o`tmish adabiyotlaridan bilib olamiz. Masalan Abdulqosim Firdavsiy o`zining "Shoxnoma" dostonida xalq baxodirlarni uluglaydi va xalqni chet el bosqinchilariga qarshi kurashga chaqiradi. O`tmishdagi va hozirgi kundagi bahodirlar nomi, jasorati tarix saxifalarida va xalq xotirasida abadiy saqlanadi.

Download 41.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling