Turon zamin ziyo
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l muskullari uchun.
- Gavda mashqlari.
- Saflanish va qayta saflanish.
- Chiniqtirish.
Emaklash va tirmashish. 3-4 m masofaga emaklash 30-40 sm to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga tirmashib chiqishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Muvozanat saqlash. Bunda to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab yurish, eni 20 sm, uzunligi 2-3 m, ilon izi yo‘lakchadan, doira bo‘ylab tashlab qo‘yilgan arqonchadan qiya taxtachadan yurish yoki emaklash, xalqadan – xalqaga, doiradan-doiraga o‘tishga, shuningdek, 10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan hatlab o‘tishga, balandlikda qo‘llarni yonga qilib turishga, aylanishga, oyoq uchida ko‘tarilishga o‘rgatish nazarda tutiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l muskullari uchun. Qo‘llarni yuqoriga va yonga uzatish. Bukish va cho‘zish, qo‘llarni orqaga yashirish, chapak chalish bosh ustida chapak chalish (predmetlar bilan). Oyoqlar uchun. Turgan joyida yurish, oldinga, orqaga yon tomonga qadam tashlash, bir oyoqda turgan holda ikkinchi oyoqni bukish va yozish, o‘tirib turish, oyoq uchida ko‘tarilish tovon bilan turish. Oyoq barmoqlarini qimirlatish, yotgan holda oyoqlarni velosiped qildirish. Gavda mashqlari. O‘ng va chapga burilish, oldinga va -128- yon tomonda engashish, tizzalab o‘tirish, tovonda o‘tirish va turish, qorin bilan yotgan holda qo‘llarni uzatish va oyoqlarni ko‘tarish yon boshdan yonboshga ag‘darilish. Saflanish va qayta saflanish. Doira bo‘lib saflanish, ketma-ket saflanish, bir-birini ketidan turish. Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida 4-5 daqiqa davomida o‘yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini o‘stirish, harakatli o‘yinlarda ishtirok etishga hamda o‘yin topshiriqlarini bajarishga o‘rgatib borish nazarda tutiladi. har kuni ertalab badantarbiya qilish; harakatlarni namunaga muvofiq bajarish; badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida). Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo‘lishlari, so‘ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko‘paytirishlari mumkin. Bolalarni yuz qo‘llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to‘g‘ri foydalanish, badanini xo‘l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish, cho‘milishga, dushdan foydalanishga o‘rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish 129 - (gigiena talablariga amal qilgan holda). Cho‘milish davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho‘milish ertalabki sayrdan so‘ng tushlikdan oldin o‘tkaziladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling