Turon zamin ziyo
Jismoniy reabilitatsiya –
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
Jismoniy reabilitatsiya – jismoniy madaniyat vositalari orqali, inson organizmi ish faoliyatining to‘liq yoki qisman tiklanish jarayoni hisoblanadi. U asosan turli xil kasalliklar yoki jismoniy zo‘riqishlar natijasida paydo bo‘ladigan patologik holatni bartaraf etishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti hamda uning mazmuni, uning mohiyatini ochishga yordam beradigan tushunchalar va atamalar, insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida o‘zgarib, doimiy ravishda takomillashib, chuqurlashib, ilm-fan taraqqiyoti asosida aniqlashtirib boriladi.
Umuminsoniy madaniyat tizimi Jismoniy madaniyat
Harakat faolligi Maxsus jismoniy tayyorgarlik Har tomonlama rivojlanish, ommaviy va bolalar sporti -34- 2-§. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining boshqa fanlar bilan aloqadorligi Bolalar rivojlanishi, jismoniy tarbiyasining nazariyasi va metodikasi fani bir qator fanlar bilan aloqaga ega. Ulardan bir guruhi jismoniy madaniyatni tashkil etish va rivojlantirishning ijtimoiy qonuniyatlari, jismoniy mashqlarning bola psixikasi va organizmiga ta’siri, shuningdek, pedagogik ta’sir metodlari va vositalarini o‘rgansa(umumiy jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, umumiy va maktabgacha pedagogika, jismoniy tarbiya psixofiziologiyasi, bolalar psixologiyasi, yosh davrlar psixologiyasi, sport psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya), ikkinchi guruhi (tibbiy-biologik sikl fanlari: fiziologiya, anatomiya, tibbiyot, biologiya, jismoniy mashqlar biomexanikasi, neyropsixologiya, gigiena) bola rivojlanishining biologik qonuniyatlarini o‘rganadi. Tibbiy-pedagogik hamda psixopedagogik tarmoqqa kiruvchi fanlar bola rivojlanishininig alohida tomonini o‘rganadi. Bola rivojlanishi, jismoniy tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti- pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosi sifatida jismoniy tarbiyaning yuksak natijalarga erishishini ta’minlaydi. O‘quv predmetining metodologik asosini mahalliy hamda xorijiy olimlar, mutaxassislarning falsafa, psixologiya, tibbiyot, biologiya, fiziologiya sohasidagi faoliyati asosida bola psixikasi hamda harakat faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi ta’limotlari, g‘oyalari, qarashlari tashkil yetadi. Mazkur nazariyaning tabiiy-ilmiy hamda psixopedagogik -35- asosini I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati to‘g‘risidagi ta’limoti tashkil yetadi. Bu ta’limot harakat ko‘nikmalarini shakllantirish qonuniyatlarini tushunish, harakat tuzilishi hamda ruhiy-jismoniy xususiyatlar rivojlanishining o‘ziga xosligi asosida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va oqilona tashkil etish imkoniyatini beradi. Yosh fiziologiyasi hamda neyropsixologiya fani yutuqlariga tayangan holda bola organizmi yaxlit o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim sifatida qaraladi. Bu tizimda oliy asab faoliyati orqali boshqariladigan fiziologik, psixologik, funksional jarayonlar o‘zaro bir butun sifatida uyg‘unlikda ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, bolaning psixik faoliyati shartli reflektiv xarakterga ega bo‘lib, tarbiyaviy ta’sir natijasida yoshlik davrida shakllanadi. Psixolog olimlar L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, F.Davletshin, E.G‘oziyevlarning izlanishlari natijasida inson psixikasining hech bir xususiyati (iroda, xotira, tafakkur, ijod va x.k.z) bolaga tug‘ilishidan tayyor holda berilmasligi aniqlangan. Bu xususiyatlar bolalarda o‘zlaridan oldingi avlod tomonidan to‘plangan boy tajribaning o‘zlashtirilishi natijasida shakllanadi. Hayotiy zarur bo‘lgan harakat faoliyati va faolligi ham nasldan naslga berilmagan. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan bola hech qachon joyidan turib, yurib keta olmaydi, hatto shunga ham uni o‘rgatish lozim bo‘ladi. Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o‘rin tutadi. Chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo yetadi. Bunday bog‘lanish inson paydo bo‘lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo‘lib, evolyutsion yo‘l bilan -36- mustahkamlangan. Shu sababli harakat faqat yashash uchun kerak bo‘lib qolmasdan, barcha tashqi va ichki a’zolarning me’yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan2. Shunday qilib, inson bioijtimoiy mavjudot – tabiatdagi yagona tirik organizm sifatida nafaqat atrof-muhitni anglash va o‘zgartirish balki o‘z-o‘zini o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling