Turon zamin ziyo


-§. Jismoniy tarbiya nazariyasining


Download 0.92 Mb.
bet10/92
Sana07.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1175879
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI

3-§. Jismoniy tarbiya nazariyasining


ilmiy-tadqiqot metodlari

“Metod” so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Falsafa lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari»1 deya sharhlangan. Demak, har bir metodda har xil usullar mavjud. Bu usullar faqatgina bayon etib qolmasdan, balki o‘quvchilarga, bolalarga o‘rgatish sifatida ham qo‘llaniladi. O‘rgatish jarayonida o‘qituvchi berayotgan bilim o‘quvchilar tomonidan har xil qabul qilinadi. Biri tez o‘rganadi, ikkinchisiga ko‘proq vaqt talab etiladi. Shuning uchun o‘rgatish samaradoligi o‘qituvchining to‘g‘ri usullarni tanlash va ishlata bilishiga bog‘liq. Bu metodlarni tanlashda vazifalar, tarbiyalashni ta’minlovchi o‘rgatish xarakteri, o‘quv materiallariga, ularning imkoniyatlari, mashgulot sharoitlari hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya fanlari tizimi rivoji muayyan muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini tushunish ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni



  1. Sh.Qurbonov, A.Qurbonov Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari. T.,”O’AJBNT” markazi 2003. 8 b.




  1. Философский словарь. 5-изд. // Под ред. Р.Т.Флорова. – Москва, 1987. С.- 278.




    • 37 -

belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Jismoniy tarbiya sohasidagi izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir. Ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish prinsiplari, ob’ektiv va sub’ektiv omillarini aniqlovchi jismoniy tarbiya jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:



  1. muammoning to‘g‘ri qo‘yilishi va ish mazmunining aniq belgilanganligi;




  1. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;




  1. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;




  1. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi bolalarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;




  1. tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashoratlash;




    1. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Jismoniy tarbiyada ikki guruh metodlar qo‘llaniladi.




-38-
Bular: umumpedagogik (og‘zaki bayon qilish va ko‘rgazmalilik) hamda xususiy ya’ni jismoniy mashqlar metodi.

Xususiy metodlarning 3 xil tipik shakllari mavjud bo‘lib, ularni:





  1. qat’iy reglament(tartib) asosidagi mashqlar;




  1. o‘yin;




  1. musobaqa shakllariga ajratamiz.

Birinchi navbatda xususiy metodlarning mohiyati bilan tanishamiz.





Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling