Turon zamin ziyo
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy xususiyatlarni tarbiyalash
- Jismoniy tarbiya inson jismoniy xususiyatlari hamda harakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirishning maqsadli yo’naltirilgan pedagogik jarayon sifatida -31
- Jismoniy mashqlar
- Harakat faolligi
- “hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. “Sport odamni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi”.
- Jismoniy rekreatsiya (tiklanish
Jismoniy tarbiya
harakat faoliyatini rivojlantirish hamda inson jismoniy xususiyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan tarbiya turi hisoblanadi. Jismoniy ta’lim Insonda harakat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish hamda maxsus jismoniy madaniyatga oib bilimlarni berish jarayoni hisoblanadi Jismoniy xususiyatlarni tarbiyalash Me’yordagi funksional yuklamalar orqali insondagi jismoniy xususiyatlarni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya inson jismoniy xususiyatlari hamda harakat ko’nikmalari va malakalarini shakllantirishning maqsadli yo’naltirilgan pedagogik jarayon sifatida -31- Jismoniy tayyorgarlik- harakat ko‘nikma va malakalari darajasining dastur me’yoriy talablariga mos kelishi hisoblanadi. Jismoniy ta’lim- maxsus bilimlar bilan qurollanish, harakat ko‘nikma va malakalarini o‘rganish, bolada tana reflektsiyasini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Jismoniy mashqlar- maxsus harakatlar tizimi bo‘lib, jismoniy tarbiya vositasi sifatida qo‘llaniladigan bola faoliyatining murakkab shaklidir. Ular hayotiy zarur bo‘lgan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun qo‘llanilib, bolaning ma’naviy o‘sishi va takomillashuviga yordam beradi. Bolalarning individual yoki jamoa o‘zaro ta’sirida bajaradigan jismoniy mashqlari, ularni tegishli ma’naviy iroda sifatlarini shakllantirishning asosi bo‘lgan axloqiy munosabatlar tajribasi bilan qurollantiradi. Mashq atamasi- harakat faoliyatini bir necha marotoba takrorlanishini anglatadi. Harakat faolligi – bola organizmining yashovchanligi hamda individual rivojlanishining asosi hisoblanadi. U salomatlikning oltin qonuni: “sarf qilib, ega bo‘lamiz”ga bo‘ysunadi. Bolaning individual rivojlanishi harakat faolligining energetik qoidasiga asoslanadi. Harakat faolligi tiklanish jarayonlari (anabolizm) funksional induksiyasining asosiy faktori hisoblanadi. Harakat faolligiga asoslanib, bola o‘zining to‘liq fiziologik rivojlanishini ta’minlaydi. Tabiat farzandi sifatida inson harakatga bo‘lgan ehtiyoji tufayli yashaydi va rivojlanadi. Bu ehtiyoj unga tarbiya tizim orqali ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, harakat faolligi bioijtimoiy holat kasb yetadi. -32- Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, tarixiy shakllangan ijtimoiy faoliyat turi hisoblanib, turli jismoniy mashqlar kompleksi orqali musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazish tizimini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi. Shuningdek, insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy xususiyatlarini shakllanishi hamda rivoj topishida beqiyos ta’sir ko‘rsatadi. Ommaviy hamda yuqori natijalarga erishish shakllari mavjud. Sport nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga etishishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishga o‘rgatadi. Inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, sog‘lom, bilimli va fidoyi farzandlari bo‘lgan xalq, albatta o‘zining buyuk kelajagini barpo yetadi. Haqiqatdan ham “hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. “Sport odamni mard, matonatli, bardoshli qilib tarbiyalaydi”. Jismoniy holat – inson hayotining u yoki bu davrida salomatligi, jismoniy va ruhiy xususiyatlari hamda qobiliyatlarining o‘zaro mutanosiblikdagi jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jismoniy rekreatsiya (tiklanish) – harakat faolligining mo‘’tadil tashkil etilgan jarayoni bo‘lib, jismoniy madaniyat vositalari orqali bir muncha pasaygan ruhiy-jismoniy ish faoliyatining tiklanishini nazarda tutadi. Jismoniy rekreatsiya shakllarga gigiyenik gimnastika, turli xil turizm shakllari, yurish, yugurish, sayr, cho‘milish va suzish, velosipedda sayr, to‘p bilan turli xil o‘yinlar, sog‘lomlashtirish guruhlaridagi -33- mashg‘ulotlar, aerobika va hk. lar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy rekreatsiya- jismoniy nagruzkalar elementlari orqali faol dam olishning turli ko‘rinishlarida organizmdagi tiklanish jarayonlarini tezlashtirish deganidir. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling