Turon Zarmed universiteti pedagogik ta’lim va sport fakulteti


Download 1.28 Mb.
bet4/16
Sana19.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1032678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
cf,hbyf

Eksperiment metodi- tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlariga bo’linadi. Tabiiy eksperiment- ( birinchi marta 1910 yilda A.F.Lazurskiy taklif etgan) mo’ljallanganiga ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo’ladigan zo’riqishga yo’l qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga ( dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko’chirishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to’g’risidagi ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo’la oladi. Labaratoriya eksperiment- ko’pincha individual ( goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi.

Longityud metodi- boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, o’zbek psixologi E.Goziev va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli ( Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki aralash jinsli Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatiladi

Test metodi-

  • “Test”inglizcha so’z bo’lib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qo’llaniladi. 1905 yildan fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qo’llanila boshladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling