Psixodiognostik metodikalarga qo’yiladigan talablar Psixodiagnostik metodikalar qo’llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko’rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o’tkazilishi zarur. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi- psixodiagnostik metodikaning sifati bo’lib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi. Ishonchli metodikalarni qayta o’tkazish o’xshash natijani ko’rsatishi kerak Validlik atamasi Evtopa tillaridan olingan bo’lib u quyidagi ma’noni anglatadi: “to’laqonli”, “yaroqli”, “mos”. Metodika validligi – metodika yordamida olingan ma’lumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, y’ani metodika mohiyati bilan mosligi. Qo’llanilgan metodika yordamida olingan ko’rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko’rsatkichlar bilan ya’ni ko’rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog’liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko’rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi Empirik validlik Sinaluvchining reaksiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko’rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi Ichki validlik Metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi Tashqi validlik Xuddi empirik validlikka o’xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko’rinishlarning ko’rsatkichlari bilan metodikadagi ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligiga e’tibor qaratiladi Shaxs haqida umumiy tushuncha, shaxsning dinamik strukturasi (Platonov bo`yicha)
Do'stlaringiz bilan baham: |