Turon zarmed universiteti


Ma’ruzaning tuzilishi, ma’ruza tashkil etish shakllari


Download 1.89 Mb.
bet13/17
Sana04.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1078357
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xalimova Dilnora Kurs ishi

2.2 Ma’ruzaning tuzilishi, ma’ruza tashkil etish shakllari
Jahon pedagogikasi tajribasi shuni kо‘rsatadiki, tahlil fikr yuritadigan talabalardan muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.
Pedagoglarning muhim vazifasi, maqsadi aynan turli uslublar orqali talabalarni bilim, axborot olishni turli shakllariga tezda moslashishga, о‘z dunyoqarashini kengaytirish uchun harakat qilishga talabalarni qiziqtirish va uni amalga oshirishdir.
Agar о‘qituvchi talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa uning borgan sari о‘qishdan kо‘ngli sovib, shu darajaga yetishi mumkin-ki, fanni umuman о‘qigisi kelmay qolishi mumkin. Aksincha, butkul biron talaba yoktiradigan usul bilan dars berilsa, unda fikrlashning qzgaruvchanligi yо‘qoladi. О‘z imkoniyatini tо‘la ishga sola olmaydi. Bu degani kelgusida о‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish imkoniyati cheklanadi. Ba’zi talabalar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talabalar kо‘rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, boshqalari munozara qilganda, uchinchilari о‘zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq о‘rganadi.
Olimlarning hisob-kitobiga kо‘ra aholining 40% i kо‘rish orqali tezrok о‘rgansa, 30%i esa eshitishni ustun qо‘yadigan bо‘lib, birovdan eshitganlari orqali tezroq о‘rganar ekan, qolgan 30%i aralash, о‘zi qatnashsa tezroq о‘zlashtirar ekan.
Umuman olganda, ta’lim-tarbiya berishning uslublari qotib qolgan emas. Vaqt о‘tishi bilan о‘zgaradi. Talabalarni bilim olishi va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli tuman uslublarni о‘ylab topib qо‘llash mumkin. Ayniqsa xozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda kо‘p sohalarga bilishning turli usullarini qо‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik uslublar qо‘llash talab etiladi.
О‘qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, о‘quv topshiriqlarini qо‘llab, о‘z talabalarida bilim olishga ishtiyoq uygotishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Kо‘chilik pedagoglarning ishonchi komilki, talabalarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga olgan holda turli uslublarni qо‘llash, albatta о‘zlashtirish natijasini kо‘taradi.
Dars о‘tishda qо‘llaniladigan uslublarni shartli ravishda an’anaviy dars о‘tish uslublari hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv uslublarga ajratish mumkin.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling