Turon zarmed universiteti


II BOB. Ma’ruza o’qishga qo’yiladigan talablar


Download 1.89 Mb.
bet12/17
Sana04.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1078357
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xalimova Dilnora Kurs ishi

II BOB. Ma’ruza o’qishga qo’yiladigan talablar .
2.1 Ma’ruza turlari: Kirish, axbarot, muamolik, binary

Ma’ruza - bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (о‘qituvchi) tomonidan о‘rganilayotgan bilimlar, malakalar, kо‘nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma’ruzalar bayon etilish joyiga qarab har xil bо‘lishi mumkin, ya’ni tegishli fanlarga oid (iqtisod, marketing, menejment, tadbirkorlik, huquq, iqtisodiy informatika va hokazo), ijtimoiy xarakterga ega ma’ruzalar, texnika-texnologiyalarga oid ma’ruzalar, ilmiy pedagogik markazlar, badiiy ijodiyotga oid ma’ruzalar (adabiyot, san’at), diniy dunyoviy ma’ruzalar va boshqalar. Biz uchun hozirda iqtisodiyot fanlariga oid ma’ruzalar xarakterlidir.
Ma’ruza bayon etilishi jarayonida unga quyidagi talablar quyiladi: 1) Berilayotgan materiallar ilmiy xarakterga ega bо‘lishligi.
2) Ma’ruza sistemali (tizimli) bо‘lishligi.
3) Materiallar, ma’lumotlar talabalar kuchiga mos va xos bо‘lishligi. 4) Ma’ruza siyosiy jihatdan talabga javob berishligi.
5) Ma’ruzada nazariy masalalar amaliyot bilan bevosita bog‘langan bо‘lishligi.
6) Ma’ruza mavzuga oid Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy voqea, hodisalarning eng sо‘nggi statistik ma’lumotlari bilan boyitilgan bо‘lishligi lozim.
Ma’ruza - о‘quv jarayonining ilg‘or usullaridan biri bо‘lib, dastlab u о‘rta asrlarda biron bir kitobni о‘qish yoki uni izohlash yо‘li bilan namoyon bо‘lgan. Jamiyat rivojlanishi mobaynida og‘zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirilgan. XVIII asr о‘rtalariga kelib ma’ruzalar rus tilida о‘qiy boshlandi. Uni ilg‘or namoyondalaridan biri M.V.Lomonosovdir.
Ma’ruzada odatda kо‘prok bayon qilish yetakchi rol о‘ynaydi. Talabalar darsda passiv rol о‘ynashadi. Seminar darsida esa talabalar aktiv rol о‘ynashadi. Darsda turli uslublarni qо‘llab, ularni faolligini ta’minlash imkoniyati keng.
Ma’ruza darsi asosan monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi turli tuman dialog asosida olib boriladi. Odatda seminar darsida talabalarning bilimi, о‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi va nazorat qilinadi.
Seminar (lot.seminarium-manba, kо‘chmama’noda –maktab) – о‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy ukuv yurtlarida ilmiy tо‘garak anjumanlarida qо‘llaniladi.
Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bо‘lgan. Keyinchalik /arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan
Bu univesitetlarda asosan seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini о‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol о‘ynay boshlagan.
Seminarning asoan uch turi bor.
1. О‘rganilayetgan fan yoki kursni chuqur о‘rganishga yordam beradigan darslari.
2. Ayrim muammo, asoiy yoki muhim mavzuni о‘rganish uchun о‘tkaziladigan seminarlar. 3. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.
О‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida о‘rin tutadi. Seminar talabalarning bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatini namoyon qiluvchi о‘quv jarayoni shaklidir.
Seminar mashg‘ulotlarinig maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayetda qayta qо‘llashdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot о‘tkazish, taqqoslash xulosa chikarishni bilishi kerak. Bunday mahoratga ega bо‘lishga kо‘p jihatdan seminar darsi yordam beradi.
Seminar darsining oldiga qо‘yilgan bosh maqsadni amalga oshirish uchun darsni olidiga kuyilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda о‘z ifodasini topadi.
Seminar darsi kator funksiyalarni bajaradi;
1. Talabalarga proffesional ta’lim berish va tarbiyalash; 1. Mustaqil ishlash malakasini о‘stirish;
2. Talabalarni mantiqiy fikrlashga о‘rgatish;
3. Nutq, sо‘zlash, ilmiy munozaralar olib borishga о‘rgatish; 4. Mustaqil fikr yuritish va fikrini о‘rtoklashishga о‘rgatish;
5. О‘rtoklari fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga о‘rgatish;
Seminar darsini о‘tkazishda qо‘llaniladigan uslublar turli tuman bо‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, avvolo о‘rganilayotgan fanninng xususiyatiga, ikkinchidan, о‘tilayotgan mavzuga, uchinchidan, seminar darsida qо‘yilgan maqsadga, nihoyat, tо‘rtinchidan, tanlangan uslubni qо‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Ayni paytda iqtisodiy ta’lim jarayonida nisbatan keng qо‘llaniladigan uslublardan ekspres-savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, masala, mashq, test va ularning natijasini muhokama qilish va boshqalarni kо‘rsatish mumkin. Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bо‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzudagi ayrim savollarni ma’ruzada kо‘rilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda shunday tajriba amal qiladiki, ma’ruzada kо‘rilgan mavzu albatta seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, mustaqil о‘rganish uchun turli adabiyotlar, boshqa axborot manbalari mavjud bо‘lsa, seminarda mustaqil о‘rganilgan mavzusi muhokama qilish mumkin. Ayniqsa mavzuni о‘rganish uchun vaqt yetishmagan paytda bunday usul qо‘l keladi.
Seminar darsini muvaffaqiyatli о‘tkazish uchun eng avvalo asosiy va qо‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan о‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni о‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bо‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida о‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa, auditoriyada jonlanish, muhokama qilish munozaraga sabab bо‘ladigan savollar qо‘yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq о‘rganishga yordam beradi.
Shuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning mazmunini о‘zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yо‘li bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga о‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bu esa qо‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni о‘rganib, uni yechish imkonini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh masalasi nima? degan savol qо‘yilgan. Bu yerda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi-resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojni qondirish muammosi-deb javob berishi mumkin. Ana shu savolni boshqacha savollar tizimi asosida qо‘yish mumkinki, natijada talabalar qо‘yilgan masalani chuqurroq tushunishiga yordam beradiMavzuni о‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini о‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik, Yuqorida berilgan savolni boshqacharoq qilib, iqtisodiyotning bosh muammosi nima va uni nimaga bosh muammo deb qarash kerak?- deb о‘zgartirish mumkin.
Talabalarni mavzuni u yoki bu katigoriyani qay darajada tushunganlarini sinash uchun ularga ushbu mavzu bо‘yicha berilgan savollarga olingan javoblari asosida muhokama qilish usulini qо‘llash mumkin yoki mavzu bо‘yicha testlardan foydalanish mumkin bо‘ladi.
Seminar darsining talabalar tamonidan bilim, iqtidor, nutq, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan munozara bо‘lib, u murakkabdir. Bunday usul bilan dars о‘tish о‘qituvchidan katta tayyorgarlik kо‘rish, mahoratni talab etadi. Umuman olganda seminar darsi turli uslublar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga va ohir oqibat qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi.
Oliy о‘quv yurtlarida talabalar ma’ruza darslarida olgan bilimlarini chuqurlashtirishi, ularni kengaytirishi maqsadida о‘quv yurtining о‘quv rejasida har bir fan (kurs)lar uchun seminar mashg‘ulotini talabalar uchun mustaqil ish sifatida qarash mumkin. Chunki talaba ma’ruzada olgan bilimini о‘zlashtirgani holda, seminar mashg‘ulotiga boshqa adabiyotlar, keraklimanbaalardan, darsliklardan foydalanib ma’lumotlar axtaradi va ularni bо‘lg‘usi seminar mashg‘ulotiga о‘zlashtirib boradi. Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik talabalarga izlanishga, fikrlashga, kelajakka tayyorlashda muhim vosita hisoblanadi.
Seminar mashg‘uloti darslarida ham talabalar tomonidan mashg‘ulotga tayyorlanish davomida I.Karimov asarlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida qisman aytib о‘tilganidek seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ham mustaqilishlar tarkibiga kiradi.Shu bilan birga mustaqilishlarga,referat yozish, kursishini tayyorlash, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, diplom ishini tayyorlashlar ham shular jumlasidan. Bularga tayyorlanishda I.Karimov asarlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, asarlar iqtisodiy mavqega ega ekanligi bilan ilmiy ishlarni erkin bayon etishida asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi. (+. Shamsiyev. «Darslarni zamonaviy tashkil etishning shakl va uslublari». T., 2005.(B.M.I.))
Biz yuqorida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari haqidagi nazariy fikrlarimizni bayon etdik. Shu ma’noda savol tug‘iladi. Xо‘sh, iqtisodchi-pedagog kadrlarni tayyorlashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari qanday ahamiyat kasb etadi? Mashg‘ulotlarni tashkil etishda asosan nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Ma’lumki, iqtisodchi-pedagog kadrlar tayyorlashda ma’ruza va seminar darslari alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’ruzada olingan nazariy bilimlar bevosita seminar darslarida amaliy nuqtai nazardan tegishli savollar asosida tahlil etiladi. Bu esa iktisodchi-о‘qituvchi kadrlar uchun amaliy tajriba vazifasini о‘taydi. Ular bir vaqtning о‘zida bilim olayotgan bо‘lsalar, bir vaqtning о‘zida olingan bilimlarini amaliyotga joriy etishni о‘rganadilar. Shu bilan birga ma’ruza va seminar darslarini tashkil etayotgan о‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini doimiy kuzatib boradilar. Ulardan о‘zlariga kerakli xulosalar chiqaradilar.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagogika fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri shuki, ta’lim jarayonidatalabaobyektdan subyektgaaylanishilozimvaungaerishishdaalbattafan о‘qituvchilarining rolikatta. Shu ma’noda, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tibor an’anaviy dars о‘tishga emas, balki noan’anaviy darslarga qaratilishi lozim. Bunga erishish uchun esa о‘qituvchi dars о‘tish uslubiyotini tо‘g‘ri tanlay olishi lozim. Bas, shunday ekan iqtisodchi-о‘qituvchi kadrlar tayyorlash mobaynida quyidagi no’ananaviy usul va uslublardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Har kanday mavzuni о‘ganishda turli uslublar qо‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars о‘tishda turli uslublarni qо‘llash uni qiziqarli bо‘lishiga, talabalarni diqqatini о‘tilayotgan darsni о‘zlashtirishga qaratiladi.
Bir xil uslubda dars о‘tilishi talabalarni zeriktiradi hamda darspaytida diqqati boshqa narsalarga qaratiladi. Psixologlarning tadqiqotlariga kо‘ra har qanday mohir о‘qituvchi ham bir xil uslubda dars berar ekan, aytaylik , ma’ruza о‘qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, sо‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani
diqqat bilan eshitar, qolgan paytda hayoli qochar ekan.
Ikkinchidan, talabalarning darsni о‘zlashtirish, eshitganlari, yangi bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil talabalar tomonidan nisbatan tо‘lik о‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, olgan bilimni о‘zlashtirish jarayonida bir xil talabalarga bir uslub mavzuning mazmunini tezrok anglashga yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradiShuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yо‘li, dars о‘tishni turli uslublarini qо‘llash degan fikr tarafdori bо‘lib, aynan qaysi uslub qaysi toifadagi talabalar uchun qо‘llanilishi ma’qulligi bо‘yicha yagona fikr yо‘q.


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling