Turopereyting


Download 406.27 Kb.
bet14/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

3. Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mutanosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‘lmagunga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.

4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati ko‘p hollarda manbaning holati, xizmat ko‘rsatuvchining malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi). Mehmondo‘stlik sohasidagi xizmatlar o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Bunday o‘zgaruvchanlikning bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida ko‘rsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.

Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan farqlanadi. Turistik korxonalar ko‘rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi:

Tashishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;

Joylashtirish;

Turistlarni ovqatlantirish;

Turistik korxonalar ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlarga qo‘yidagilar kiradi:

Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;

Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar;

Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon xizmatlari;

Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha-mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda sayohat shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar;

Texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar;

Ijara bo‘yicha xizmatlar;

Valyuta ayirboshlash;

Telefon xizmati;

Pochta xizmati;

Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari;

Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k.


Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling