Turopereyting


O‘zbekistonda turizm bozori rivojlanishining


Download 406.27 Kb.
bet10/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

2.3. O‘zbekistonda turizm bozori rivojlanishining

me’yoriy-huquqiy asoslari

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan, dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini egallamoqda. Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi obektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, dam olish-davolanish, tog‘-chang‘i, golf sportlari bilan shug‘ullanish turlari ham mavjud.

Mamlakatimizning siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritishi, bozor munosabatlariga asoslangan ochiq iqtisodiyot asoslarining shakllantirilishi turizm sohasini O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biriga aylantirish uchun real shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Biroq respublikalararo xo‘jalik aloqalarining buzilishi, inflyasiyaning yuqori darajasi, murakkab siyosiy vaziyat va boshqa bir qator omillar ta’sirida XX asr 90-yillarining boshlarida turizm tarmog‘i boshqa tarmoqlar singari qiyin ahvolga tushib qoldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bozor munosabatlariga asoslangan turizm esa mamlakatimizning turistik imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun zamin yaratadi. Mustaqillik yillarida dastavval turizm rivojlanishining institutsional va me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 27 iyuldagi 447-sonli Farmoniga muvofiq “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi. Shuningdek, 1993 yilda O‘zbekiston Butunjahon Turistik Tashkilotining a’zosiga aylandi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm rivojlanishini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik va Soliq Kodekslari, 1999 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 30 iyundagi “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi, 1999 yil 15 apreldagi “2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risidagi” Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyundagi 210-sonli, “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish to‘g‘risida”gi, 1998 yil 8 avgustdagi 346-sonli, “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2002 yil 2 sentyabrdagi 310-sonli “O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2003 yil 17 yanvardagi 33-sonli ushbu Qarorni qisman o‘zgartirish to‘g‘risidagi, 2003 yil 11 noyabrdagi 497-sonli “Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli, “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-sonli “Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorlari tashkil etadi.

Respublikamizda turizmni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy o‘rinni egallaydi. Mazkur me’yor barcha xo‘jalik yuritish sub’ektlari, shu jumladan, turizm subektlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni turizm faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Unda turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi masalalar o‘z aksini topgan.


Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling