Turopereyting


-MAVZU: TUROPEREYTINGDA XIZMAT KO‘RSATISHNI TASHKIL QILISH


Download 406.27 Kb.
bet12/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

3-MAVZU: TUROPEREYTINGDA XIZMAT KO‘RSATISHNI TASHKIL QILISH

Reja:

3.1. Turistik xizmatlar va ularning xususiyatlari.

3.2. Joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari.

3.3. Transport xizmatlarini tashkil etish.


3.1. Turistik xizmatlar va ularning xususiyatlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti tashqarisida bo‘lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‘lib moddiy mahsulot, aniqrog‘i uning torgina qismi – xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi munosabatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi. Chet elda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotida xizmatlar ulushi 60 foizdan ham oshadi. O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish uchun, avvalo turistik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur.

Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu tushuncha o‘z tarkibiga qo‘yidagilarni qamrab oladi:

Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri;

Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum ishlarni bajarish);

«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi ushbu faoliyat natijalari.



Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha turistik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistik korxonaning ishi barcha sayohatlarni tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham mumkin. Boshqa xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlarini shartli ravishda «To‘rtta S» bilan belgilasak, quyidagi holatda bo‘ladi:

Sezilmaslik. Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, etnik-intellektual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘z bilan ko‘rish yoki ushlab ko‘rish mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi (turist) hisoblanadi.


Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling