Tursunaliyev xasanboy shavkatjon o‘G‘li o‘zdjtsu. Magistr


Download 68 Kb.
bet3/6
Sana16.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1358513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maqola.TURSUNALIYEV XASANBOY SHAVKATJON O‘G‘LI

ADABIYOTLART TAXLILI
Basketbol bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari, BO‘SM lar, xatto klub va terma jamoalarda olib borilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish davomida shu narsa ko‘zga tashlanadiki, aksariyat trener-o‘qituvchilar to‘pni urib o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish, qulay joyda turgan yoki harakatlanayotgan o‘z jamoadoshiga to‘pni uzatish, taktik kombinatsiyalarni tashkil qilishda asosan “ko‘rish faolligiga” urg‘u beriladi. Biroq, bu borada taktik jihatdan o‘ta muhim bo‘lgan atrofdagi o‘yinchilar “ko‘z qiri” bilan ko‘rib (boshni burmasdan raqibni chalg‘itib) to‘pni “fint” bilan uzatish usullariga ustunlik berish holatlari kuzatilmaydi. “Nima uchun o‘yinchilarda ko‘rish kengligi, ko‘rish chuqurligi va ko‘rish o‘tkirligi kabi qobiliyatlar maxsus mashqlar yordamida alohida shakllantirilmayapti”-deb e’tirof etilgan savolga ko‘pchilik trenerlar ham, sportchilar ham bunday qobiliyatlar tajriba ortgan sari o‘z-o‘zidan shakllanib boraveradi-degan javobni olish mumkin ekan. To‘g‘ri, ko‘rish analizatorining bunday funksiyalari tajriba ortgan sari shakllanib borishiga shubxa yo‘q, lekin mazkur qobiliyatlarni basketbolga dastlabki o‘rgatish bosqichidan boshlab maxsus vositalar (masalan, oyoq ostini ko‘rsatmaydigan ko‘zoynak, faqat yon tomonlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘zoynak va x.) va muvofiq mashqlar yordamida shakllantirib borish afzalligi mutaxassislar va tajribali trenerlar tomonidan ta’kidlanadi. [A.Ya. Gomelskiy, 2016; L.V. Kostikova, 2003; D.A. Nesterovskiy, 2010; Nik Sortel, 2005 N.V. Sonina, 2007; A. Kirilenko, 2018]. Bu borada bir qator mualliflar ko‘z boylog‘ich bilan o‘tkaziladigan turli harakatli o‘yinlardan foydalanish samarali natijaga olib kelishini ta’kidlaydilar [T.S. Usmonxo‘jaev, A.A. Pulatov, S.S. Tojiboev, G‘.A.Pulatov, 2018].
Ammo afsuski, respublikamiz bo‘ylab basketbolga ixtisoslashgan sport maktablari, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, xatto klub va terma jamoalarda ham o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda raqib qarshiligi ta’sirida to‘pni urib yugurish, uni o‘z sherigiga uzatish usullarini takomillashtirishda ko‘rish analizatorining qayd etilgan funksiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmasligi kuzatiladi. Extimol qilish joizki, yurtimizda basketbol eng ommalashgan sport turlaridan biri bo‘lsada, biroq o‘zbek basketbolchilarining saloxiyati xalqaro maydonlarda “oqsayish” shu va shunga o‘xshash muammolar yoki kamchiliklarga jiddiy e’tibor qaratilmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vaxolanki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz bo‘ylab jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish zarurligi Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda ta’kidlab o‘tilgan. Demak, Respublikamizda yuqori malakali basketbolchilar tayyorlash amaliyotida o‘z yechimini kutib kelayotgan o‘ta muhim muammolar bilan bir qatorda biz tomondan urg‘u berilayotgan va tadqiqot predmeti sifatida tanlangan mavzu ham nihoyatda dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga loyiq masala-deb ta’kidlash mumkin.[2]
Sport o‘yinlarida, ayniqsa bugungi basketbolda raqibning zich qarshiligida xujum yoki ximoya harakatlarini ijro etish samaradorligi nafaqat yuksak darajada shakllangan texnik-taktik mahorat bilan belgilanadi, balki ma’lum jihatdan shunday harakatlar davomida chalg‘ituvchi fintlar va improvizatsion harakatlardan foydalanish qobiliyatiga bog‘liqdir. Sport o‘yinlari nazariyasi va amaliyoti, shu jumladan chop etilayotgan o‘quv qo‘llanmalarida, xatto mutaxassis-trenerlar o‘rtasida ham bunday fintlar va improvizatsion harakatlar, ularning moxiyati, mazmuni va ahamiyati xaqida so‘z yuritilsada, amaliy mashg‘ulotlar davomida ularni avtonom va integral tartibda o‘rgatish yoki shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilmaydi. [A.I.Bondar,2007; N.N.Safronov,2018; M.A.Sergazinova, 2021; N.V.Sonina, 2007]. Ushbu mualliflarning ta’kidlashicha, sport o‘yinlarida va xususan basketbolda texnik-taktik harakatlarni ijro etishda ham, chalg‘ituvchi fintlar va improvizatsion harakatlarni qo‘llashda ham koordinatsion qobiliyatlar ustuvor ahamiyatga egadir. Ushbu harakatlarning koordinatsion qobiliyatlarga asoslanishi va ularning bir-biriga uzviy bog‘liqligini izoxlashdan avval ushbu atamalar moxiyati xaqida tasavvurga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, “fint” atamasi aslida italyancha finta so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “aldov”, “chalg‘ituv” xarakati ma’nosini anglatadi. Masalan, basketbolda to‘p urib yugurish vaqtida raqibga duch kelganda, chap tomonga bir qadam “aldov” harakat taqlidini bajarib, raqibni chalg‘itgan holda to‘pni urib o‘ng tomonlama yugurib ketish variantini qo‘llash mumkin. “Improvizatsiya” tushunchasi fransuz va lotinchadan kirib kelgan bo‘lib (lot.improvisus) o‘zbek tilida “noan’anaviy harakat”, “e’tiborni tortuvchi harakat”, “kutilmagan harakat” kabi ma’nolarni anglatadi. Bunday harakatlarni mahorat bilan ijro etish har sportchining orttirgan tajribasi, undagi mavjud harakat zahirasi va ijodiy yondashuv boyligiga bog‘liqdir. Lekin, V.I.Lyax [2006] ning ma’lumotlariga asoslangan holatda shuni ta’kidlash muhimki, mazkur chalg‘ituvchi harakatlar, fintlar, “improvizatsion” harakatlarning samarali ijro etilishi sportchining bir qator noyob koordinatsion qobiliyatlari bilan belgilanar ekan. Masalan, “mushaklar xissiyoti”. Bunday qobiliyat – bir marta bajarilgan harakatni maksimum o‘xshatib takrorlash, vaziyatni baholash, oraliq va vaqtni farqlash – xis qilish, zarur bo‘lgan kuchlanish chegarasini farqlash kabi koordinatsion xislatlar xar bir sportchining qaysi bir sport turi bilan shug‘ullanishiga qarab turlicha darajada sayqal topgan bo‘ladi. Mazkur qobiliyat - “mushaklar xissiyoti” har bir sport turiga xos texnik harakatlarni ko‘p martalab takrorlash natijasida muvofiq mushaklar tolalari va to‘qimalarida ana shu harakatlarning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar “xotira” shaklida saqlanib qoladi. Jumladan, sport o‘yinlarida sportchida to‘pni xis qilish, suzuvchilarda suvni xis qilish, og‘ir atletikachilarda shtangani xis qilish va xokazo. [1]

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling