Tursunaliyev xasanboy shavkatjon o‘G‘li o‘zdjtsu. Magistr


Download 68 Kb.
bet4/6
Sana16.04.2023
Hajmi68 Kb.
#1358513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maqola.TURSUNALIYEV XASANBOY SHAVKATJON O‘G‘LI

NATIJALAR
Mushaklar “xotirasida” koordinatsion elementlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlash xajmi va ko‘lami sport o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilardan salmoqliroq bo‘ladi. Bunday sportchilarda to‘pning og‘irligi, uning shakli, uchish tezligidan tashqari maydon chegarasi, to‘r va antenna oralig‘i, ularning balandligi, o‘z jamoadoshlari oralig‘i xam nerv–mushaklar xotirasida saqlanadi. Bundan tashqari masalan, basketbolda sheriklar o‘rtasidagi oraliq, ulardan biriga to‘p uzatish vaqti, to‘pni savatga tashlashda joylashgan pozitsiya va savat oralig‘i xis qilinadi. Voleybolda, to‘pni o‘yinga kiritishda to‘rning balandligi, yon chiziqlar, o‘yinchilarning joylashish oraliqlari, to‘pni kiritishga sarflanadigan kuchlanish chegarasi mushak to‘qimalari xotirasida saqlanadi. Albatta, mushaklar to‘qimalarida, shu jumladan bo‘g‘imlarning bukilish – yozilish, supinatsion va pronatsion harakatlarni xis qilish eng avvalo bosh miya yarimsharlarida joylashgan muvofiq nerv markazlari (qo‘zg‘alish – tormozlanish nisbati va reaksiyasi, eslab qolish – xotira, ong, diqqat, idrok, tafakkur va x.) ning integrativ funksiyasi tomonidan boshqariladi. Inson hayoti, uning kasbiy faoliyati, shu jumladan sportchi faoliyatiga taalluqli har bir harakat P.K. Anoxinning “ funksional sistema” deb nomlangan konseptual nazariyasiga binoan faol shartli refleks sifatida amalga oshirilib, foydali natijaga erishishga qaratiladi. Ushbu harakatni ijro etishda uni “ishga tushiruvchi” funksional sistemaning qisqa muddat ichida kechadigan to‘rt pog‘onali tarkibiy mexanizmlari o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi: afferent sintezi (bosh miyada vaziyatni tahlil qilish) , qaror qabul qilish, harakat akseptori (qiyosiy nazorat va taqqoslov), amaliy yechim (yoki qayta takrorlov). Afferent sintezi o‘z ichiga 4 ta funksional jarayon asosida kechadi: dominantli motivatsiya, vaziyatli afferentatsiya, xal etishga qaratilgan afferentatsiya va bajarilgan ishni xotirada saqlash. Qaror qabul qilish – bashorat qilingan dastur asosida amalga oshiriladi. Harakat akseptori – bu ma’lumot va vaziyatni taqqoslash asosida belgilangan vazifani aniqlashtirishga qaratiladi. Qayta afferentatsiya – agar bajarilgan ish – harakat natijasi foydali bo‘lmasa, inson – sportchini qoniqtirmasa , u yana boshqa yo‘llar bilan foydali natijaga erishishga intiladi. Sport o‘yinlarida shu jumladan gandbol mashg‘ulotlari va musobaqalar davomida xam, bunday funksional mexanizmlarga asoslangan harakatlar ko‘p martalab takrorlanadi. Demak, yuklamalar hajmi va shiddati orta borgan sari toliqish alomatlari kuchayib boradi, natijada harakat koordinatsiyasi “buzila boshlaydi”, uning aniqligi tushib boradi, xatoliklar soni ortadi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling