Tursunov Bunyod


Download 9.9 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi9.9 Kb.
#1244456
  1   2   3
Bog'liq
Tursunov Bunyod-fayllar.org (2)


Tursunov Bunyod

Toshkent Davlat Agrar Universiteti


Termiz filiali
Agrologistika va Agrobiznes fakulteti
Agrobiznes va investitsion faoliyat yo’nalishi
3-kurs 309-guruh talabasi
Tursunov Bunyod ning
Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish fanidan “Agrobiznesda kooperatsiyaviy munosabatlarni rivojlantirish
mavzusida tayyorlagan
T A Q D I M O T I

AGROBIZNESDA KOOPERATSIYAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH



Reja:
Kirish
1. Kooperatsiya tushunchasi, turlari.
2. Agrobiznesda kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning mohiyati, o‘rni va ahamiyati.
3. Kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
4. Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kooperatsiya tushunchasi, turlari.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni isloh qilish borasida keng ko‘lamlidasturning amalga oshirilishi kooperatsiyaning zamonaviy tizimini yaratish, jahon amaliyotida yuqori samaradorlikka olib boruvchi kooperatsiyaning turlarini qo‘llash zaruriyatini taqozo qilmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi kooperatsiya yangi dehqonni tarbiyalaydi, uni tashabbuskorlikka va o‘z-o‘ziga yordam berishga o‘rgatadi, uning ijtimoiy hislarini rivojlantiradi va uni aqliy madaniyatga jalb etadi.
Kooperatsiya bu - ma’lum sohada o‘z mablag‘lari va harakatlarini birlashtirib kooperativ a’zolarini yirik xo‘jalik tashkilotining turli afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishidir
Kooperatsiya, tarixan yuzaga kelgan va doimiy ravishda takomillashib boruvchi ijtimoiy-xo‘jalik faoliyati shakli sifatida, jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ushbu jamiyatning ma’lum qatlamlari yoki guruhlarining ehtiyojlarini qondirish usuli bo‘lib yuzaga keladi. Kooperativ muassasalar shaxsiy xo‘jalik manfaati ta’siri ostida emas, jamoa farovonligi maqsadlarida ish yurituvchi faoliyat yurituvchilarning yangi turini yaratadi. Kooperatsiya yo‘li bilan iqtisodiy motivatsiya qayta tuziladi va jamoatchilik asosida takomillashgan iqtisodiy tizim elementlari tayyorlanadi.
Kooperativ asosda tashkil etilgan xususiy sektorning tadbirkorlik faoliyati turli ijtimoiy boyliklarni yaratishga hissa qo‘shadi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda milliy darajada kooperatsiyalashgan birlashmalarning roli yildan yilga ortib bormoqda. Ularning maqsadi o‘z tarkibiga kiruvchi kooperatsiyalashgan xo‘jaliklar manfaatlarini himoya qilishdan iborat bo‘lib quyidagilar bilan izohlanadi:
- boshqa huquqiy shakllardagi korxonalarning yirik birlashmalari tomonidan raqobatni oshirish;
- mayda xo‘jaliklar va xususiy tadbirkorlar foydalana olmaydigan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatini oshirish;
- kooperatsiyalashgan xo‘jaliklarning xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirish va rejalashtirish, axborot almashish, xodimlar malakasining darajasini oshirishga majbur etuvchi xo‘jalik yuritish shart- sharotlarini yaratish;
- jamoaviy o‘zini o‘zi moliyalash uchun kooperatsiyalashgan banklarni tashkil etish yo‘li bilan kredit – moliya sohasida kooperatsiyalashishni amalga oshirish.
Agrar tarmoqda kooperatsiyalarni rivojlantirish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini istiqbolini belgilovchi omil hisoblanadi.
Kooperativ – ixtiyoriy tashabbuskor va o‘z-o‘zini boshqaruvchi jamoat tashkiloti bo‘lib,tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun hissadorlik asosida shaxslarning ixtiyoriy birlashuvi orqali tashkil etiladi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish asosida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z oldiga a’zolarining hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish maqsadini qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonida qatnashish darajasiga qarab kooperativlar uch turga ya’ni ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va istemolchi kooperativlarga bo‘linadi.

Download 9.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling