Tursunov Bunyod


Agrobiznesda kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning mohiyati, o‘rni va ahamiyati


Download 9.9 Kb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi9.9 Kb.
#1244456
1   2   3
Bog'liq
Tursunov Bunyod-fayllar.org (2)

2. Agrobiznesda kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning mohiyati, o‘rni va ahamiyati.
Kooperativlar agrar soha xodimlarining kasbiy ta’limi va ishlab chiqarishga o‘rgatish masalasiga ham e’tibor beradi. Ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlari, o‘quv-ishlab chiqarish markazlari, fermerlar malakasini oshirish kurslarida faoliyat olib boradi..
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya tizimini tashkil etib moddiy-texnika resurslari «zavod-kooperativ-fermer» tizimida fermerlarga etkazilsa, qo‘shimcha xarajatlar miqdori birmuncha qisqartirilib, mahsulotlar sifati ortadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida fermerlik kooperatsiyasi davlat siyosati doirasida rivojlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, ularni qayta ishlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar o‘rtasida mamlakat (milliy) va mintaqa miqyosidagi kooperatsiyalar faoliyat olib borayapti. Kooperatsiyaning bu shakli asosan paxta va g‘alla etishtiruvchilar o‘rtasida tashkil qilingan. Kooperatsiyaning bu shakli paxta va g‘alla etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi
3. Kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
Kooperatsiya bir necha ustunliklarga ega bo‘lib, ulardan eng muhimi kapital tarkibining mayda shaklidan katta miqyosda ishlab chiqarishni hech bo‘lmaganda iqtisodiy maqsadga muvofiq sohalarda (saqlash, qayta ishlash, sotish, jamg‘arish, servisda) faoliyat yuritishni tashkil qilish imkonini yaratadi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Kooperativlar faoliyat ishlab chiqarishning boshqa shakllaridan qator omillar bo‘yicha farq qiladi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘z tashabbuslari bilan tashkil etiluvchi va ular tomonidan tavakkalchilik asosida boshqariluvchi kooperativlar jamoa mulkining bo‘lishini tavsiflaydi. Kooperativning asosiy vazifasi o‘z a’zolariga xizmat ko‘rsatuvchi va tovar ishlab chiqarish, uning faoliyat natijasida olinuvchi daromad esa asosan rezerv va birlashmaning boshqa fondlarini to‘ldirishga ketadi. Qolgan daromad qismi kooperatsiya bo‘yicha sheriklar o‘rtasida ularning ulushiga proporsional ravishda taqsimlanadi.
Kooperativlarni ilmiy asosda shakllantirish tizimi zamon talabiga javob bera oladigan xo‘jalik yuritishning yangicha shakllariga o‘tishni, balki kompleks agroxizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi uchun kooperativlarning asosiy ahamiyati nafaqat ularning ijtimoiy intilishlaridangina emas, balki kooperativlar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish va butun agrosanoat majmuining konsentratsiyalanish vositasi hisoblanadi.
Kooperatsiyalashda tarixiy yuzaga kelgan mayda qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchisi va ta’minot-sotuv tizimli iqtisodiy asoslangan yirik qayta ishlash sanoati korxonalari o‘rtasidagi qulay uyg‘unlik ta’minlanadi. Bularning barchasi yirik birlashmalar tashkil etilishida, konsentratsiya jarayoniga ko‘maklashadi.
Uning xususiyati shundaki, fermer xo‘jaligi mustaqilligini saqlab qolgan holda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlashga imkon beruvchi yirikroq iqtisodiy tuzilmalarga kiradi. Bu tuzilmalar alohida qishloq xo‘jalik korxonalari hal eta olmaydigan masalalarni hal qiladi.
Fermerlik kooperatsiyasining rivojlanishi jahon amaliyotida faoliyat turlari bo‘yicha kooperativlarning : mahsulotni qayta ishlash, sotish, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash, kreditlash va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantiradi. Bunday kooperativlar fermerlarga sotuv bozorlarini va barqaror narxlarni kafolatlaydi.

Download 9.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling