Tursunova durdonaxonning


EKSPERT TIZIMLAR STRUKTURASI


Download 0.88 Mb.
bet2/11
Sana08.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1442969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Genetik algoritmni amalga oshirish

EKSPERT TIZIMLAR STRUKTURASI


Reja:

  1. Ekspert tizimlar sun’iy intellektning yo’nalishlaridan biri.

  2. Ekspert tizimlarning tarkibi.

  3. Ekspert tizimni yaratishning bosqichlari.

Tayanch iboralar: ekspert, bilimlar bo’yicha injener, interpretatorlashgan va interpretatorlashmagan ekspert tizim.
    1. Ekspert tizimlar sun’iy intellektning yo’nalishlaridan biri.


Sun’iy intellektning amaliy tizimlarining yaratilishida ekspert tizimlar birinchi qadamdir. Ekspert tizimlar bu texnika, tibbiyot, geologiya, fizika, kimyo va shu kabi sohalar haqidagi turli xil axborotlarni EHM xotirasida saqlovchi tizimdir. U nafaqat biron - bir dalil haqidagi axborotni foydalanuvchining so’roviga yetkazib berish, balki maslahat berish, keragidan ortiqcha o’xshash hodisalarni o’tkazib yuborish, o’z xulosalarini asoslash, kasallikni aniqlash yoki texnologik jarayonni eng maqbul yo’lini tanlash imkoniyatiga ham ega. Ekspert tizimlar xohlagan soha uchun moslab qurilgan bo’lib: interpretasiya, tashxis(diagnostika), loyihalash, rejalashtirish, boshqarish, kuzatish, to’g’rilash, oldindan aytish, qaror qabul qilish kabi ilgari ekspert tizimlar yordamida yechilgan masalalar ro’yxatini to’la tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda bunday tizimlarni yaratish – bilimlarni yaratish usuli bo’lib xizmat qilmoqda. Bu bilimlardan shaxsiy EHMlar yordamida minglab kishilar foydalanmoqdalar va kelajakda millionlab kishilar foydalanishlari mumkin.Ekspert tizimlar sun’iy intellekt g’oyalari va usullariga asoslanib, bilimlar, ma’lumotlar yig’indisi va ular yordamidagi boshqaruv tizimlari hamda mantiqiy qidiruv, assosiativ, hisoblash amallari, hozircha juda oz miqdordagi ijodiy jarayonga o’xshatilgan bilimlar manbai aniq bir ko’rinishda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt (SI) sohasidagi tadqiqotlarda olti yo’nalish ajratilgan:

  1. Bilimlarni taqdim etish.

  2. Bilimlarni boshqarish.

  3. Muloqot.

  4. Idrok qilish.

  5. O’rgatish.

  6. Hatti harakat.

«Bilimlarni taqdim etish» yo’nalishi doirasida IT xotirasidagi bilimlarni formallashtirish va taqdim etish bilan bog’liq masalalar yechiladi. Buning uchun bilimlarni taqdim etishning maxsus modellari va bilimlarni tavsiflash tillari ishlab chiqariladi, turli xil bilimlar ajratiladi. IT bilim olishi mumkin bo’lgan manbalar o’rganiladi, IT uchun bilim olish mumkin bo’lgan proseduralar yaratiladi. ITlar uchun bilimlarni taqdim etish masalasi juda aktual hisoblanadi, chunki IT shunday tizimki, uning ishlashi tizim xotirasida saqlanayotgan muammoli sohaga oid bilimlarga

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling