Turtle yordamida ajoyib shakllar chizamiz. Assalomu alaykum, men ushbu maqolamda turtle moduli yordamida ajoyib shakllar chizish haqida yozmoqchiman. Sevimli turtle


Download 452.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.01.2023
Hajmi452.56 Kb.
#1136072
Bog'liq
Turtle yordamida ajoyib shakllar chizamiz. Assalomu alaykum, men



Turtle yordamida ajoyib shakllar 
chizamiz. 
 
Assalomu alaykum, men ushbu maqolamda turtle moduli yordamida ajoyib shakllar chizish 
haqida yozmoqchiman.
Sevimli turtle 


Turtle yordamida bitta aylana chizamiz: 
import turtle
Turtle modulini chaqiramiz 
t= turtle.Pen()
Turtleni nomlaymiz 
t.width(2)
Chizma qalinligini belgilaymiz 
t.circle
(100)
Aylana diametrini belgilaymiz 
t.left(360)
Burilish burchagi belgilaymiz 
import turtle 
t= turtle.Pen() 
t.width(2) 
t.circle(100) 
t.left(360) 
Endi aylanalar sonini ikkitaga ko'paytiramiz: 
import turtle 
t= turtle.Pen() 
t.width(2) 
for x in range(2): 
#t.pencolor(colors[x%3]) 
t.circle(100) 
t.left(180) 


Aylanalar sonini belgilashda range()  funksiyasidan foydalanamiz. Keling ayalalar sonini 5 taga 
ko'paytiraylik: 
import turtle 
t= turtle.Pen() 
t.width(2) 
for x in range(5): 
t.circle(100) 
t.left(72) 


E'tibor qilgan bo'lsaniz yuqorida yozgan uchta kodda aylanalardagi burilish burchagi biror 
qonuniyatga asoslangandek. Haqiqatdan ham burilih burchagi aylanalar soniga bog'liq, ya'ni 360 ni 
aylanalar soniga bo'lamiz. 
Keling endi aylanalarni turli xil ranglarda chiqaraylik: 
import turtle 
t= turtle.Pen() 
t.width(2) 
colors=['red','blue','green'] 
for x in range(6): 
t.pencolor(colors[x%3]) 
t.circle(100) 
t.left(60) 
Ajoyib shakllar deb nomlangan oyna yaratamiz. Bu oyna orqali aylanalar sonini kiritib ajoyib shakllar 
yaratamiz: 


O'zgaruvchiga tayinlaymiz number_of_circle  orqali bir vaqtning o'zida ikkita funksiyadan 
foydalanamiz. Turtle kutubxonasini birinchisida oynani nomlaymiz, ikkinchisida aylanalar sonini 
kiritamiz, agar kiritmasak dasturda yozilgan aylanalar sonini oladi: 
import turtle 
t= turtle.Pen() 
t.width(2) 
colors=['red','blue','green'] 
number_of_circle= int(turtle.numinput('Ajoyib shakl', 
'doiralar soni',6)) 
for x in range(number_of_circle): 
t.pencolor(colors[x%3]) 
t.circle(100) 
t.left(360/number_of_circle) 
Turtle moduli orqali biz bundanda ajoyib shakllar chizishimiz mumkin. 
Maqola muallifi: Muhabbat Suvonova 

Download 452.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling