Tush tasavurning bir turi


Download 1.87 Mb.
bet3/5
Sana17.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1096699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tush tasavurning bir turi

Uyg’onishlar vaqtida talabalar xotira reaksiyasi tezligiga, kayfiyat va o’ziga baho berish testidan o’tgan. Olimlar aniqlashicha, sog’lom talabalarga qaraganda, depressiya va bezovtaligi yuqori bo’lgan talabalar ko’proq agressiyali va o‘zi bilan olishishli tushlar ko’rgan. Biroq shu bilan bir qatorda, tezkor uyqu (REM) dan so’ng, depressiya va bezovtalik darajasi pastroq bo’lgan.

E’tibor bersangiz, ba’zilar tushni umuman tan olmaydi. Ba’zilar esa hamma narsani tushga bog‘lab qo‘yadi. Islomda esa uning haqiqati o‘rganilib, shariat asosida ish yuritiladi va hukm chiqariladi.

  • 1.Allohdan bo‘lgan ilhomiy tushlar. Ularga ushbu suradagi tushlar misol bo‘ladi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘rgan tushlari ham shu turdagi tushlardan hisoblanadi.
  • Ma’lumki, Payg‘ambarliklarining dastlabki olti oyida ko‘rgan tushlari xuddi tong yog‘dusidek aniqlik bilan voqelikda ham takrorlanib turgan. Yana solih insonlarning ko‘rgan tushlari ham ilhomiy tushlar sirasiga kiradi.
  • 2. Bir inson hayotida bo‘lib o‘tgan narsalarni xotirlab, esga olib, so‘ng uxlagandan keyin o‘sha narsalarning tushga kirishi. Bu tushning e’tibori yo‘q.
  • 3. Shayton ta’siri ostida ko‘riladigan alg‘ov-dalg‘ov tushlar. Buning ham hech qanday e’tibori yo‘q.
  • Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarining birida: “Agar birortangiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini tushida ko‘rsa, boshqalarga aytsin. Yomon ko‘radigan narsasini tushida ko‘rsa, chap tomoniga(elkasiga) uch marta tuflasin hamda boshqa tomonga yonboshlab olsin. Allohdan uning yomonligidan saqlashini so‘rasin. Birovga bu tushni aytmasin. Shunda bu tush unga zarar qilmaydi”, – deganlar.
  • Qur’onda zikr qilinganidek, tushlarni ta’bir qilish joiz. Lekin tushni har qanday inson ta’bir qilaverishi mumkin emas. Ta’bir qilish uchun Qur’oni karim va Sunnati Nabaviyning ta’limini olgan bo‘lishi hamda shular asosida ta’bir qilishi shart bo‘ladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling