Tushumlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi reja


Tovarlarni (mahsulotlarni) sotishdan daromad


Download 42.25 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi42.25 Kb.
#1738248
1   2   3   4
Bog'liq
3- MAVZU. TUSHUMLARNI HISOBGA OLUVCHI STANDARTLARINING TAVSIFI (1)

Tovarlarni (mahsulotlarni) sotishdan daromad quyidagi shartlarning hammasi bajarilganda tan olinishi kerak:
(a) tashkilot tovarlarga egalik qilish bilan bog’liq risklar va mukofotlarning ancha qismini xaridorga o’tkazganida;
(b) tashkilot odatda egalik huquqiga hos bo’lgan darajada sotilgan tovarlarni endilikda boshqara olmaganda va ularni samarali darajada nazorat qila olmaganda;
(v) daromadning summasini ishonchli darajada baholab bo’lganda;
(g) tashkilot tomonidan operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy nafning olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida; va
(d) operatsiya bo’yicha amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan xarajatlar ishonchli darajada baholana olganda.
Mulkka egalik qilish huquqi bilan bog’liq risklar va mukofotlarning ancha qismi tashkilot tomonidan xaridorga o’tkazilishi paytini aniqlash uchun operatsiyaning jihatlarini o’rganish talab etiladi. Aksariyat hollarda, egalik huquqi bilan bog’liq risklar va mukofotlarning o’tkazilishi xaridorga yuridik egalik qilish huquqi yoki tasarruf qilish huquqining o’tishi paytiga to’g’ri keladi. Bu aksariyat chakana savdo operatsiyalariga hosdir. Boshqa hollarda, egalik huquqi bilan bog’liq risklar va mukofotlarning o’tkazilishi yuridik egalik qilish huquqi yoki tasarruf qilish huquqining o’tishi paytiga to’g’ri kelmaydi.
Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklarning ancha qismini saqlab qolsa, bunday operatsiya sotish bo’lib hisoblanmaydi va daromad tan olinmaydi. Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklarning ancha qismini turli holatlarda saqlab qolishi mumkin. Tashkilot mulkka egalik qilish bilan bog’liq risklar va mukofotlarning ancha qismini saqlab qoladigan holatlarga misollar quyidagicha:
(a) tashkilot mahsulotning oddiy kafolat shartlari bilan qoplanmagan yomon ishlashi uchun javobgarlikni saqlab qolganida;
(b) muayyan sotishdan daromad olish xaridor tovarlarni sotishi natijasida daromad olishiga bog’liq bo’lganida;
(v) o’rnatishni talab qiladigan tovarlar sotilib, o’rnatish tashkilot tomonidan oxirigacha bajarilmagan shartnomaning muhim qismi bo’lganida;
(g) xaridor oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan sababga ko’ra xaridni bekor qilish huquqiga ega bo’lganda va tashkilotni daromad olishiga ishonchi komil bo’lmaganida.
Tashkilot egalik qilish bilan bog’liq riskning faqat ahamiyatsiz qismini saqlab qolganida, operatsiya sotish bo’lib hisoblanadi va daromad tan olinadi. Masalan, sotuvchi tovarlarga egalik qilish huquqini olinishi lozim bo’lgan summaning undirilishini ta’minlash maqsadidagina saqlab qolishi mumkin. Bunday holatda, agar tashkilot egalik huquqi bilan bog’liq risklar va mukofotlarning ancha qismini o’tkazgan bo’lsa, operatsiya sotish bo’lib hisoblanadi va daromad tan olinadi. Tashkilot egalik qilish bilan bog’liq riskning faqat ahamiyatsiz qismini saqlab qolishining yana bitta misoli bo’lib xaridor xarid bilan mamnun bo’lmaganida unga pullari qaytarilishi taklif qilingan chakana sotuv hisoblanishi mumkin. Bunday hollarda daromad sotish paytida tan olinadi, agar sotuvchi kelgusida tovarlarning qaytarilishini ishonchli darajada bahola olsa hamda oldingi tajriba bilan boshqa tegishli omillar asosida qaytariladigan tovarlar uchun majburiyatni tan olsa.
Daromad operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganidagina tan olinadi. Ba’zi hollarda, bunday ehtimol, tovon olinmaguncha yoki noaniqlik bartaraf bo’lmaguncha, mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, chet el hukumati sotishdan olingan tovonni xorijga o’tkazilishiga ruxsat berishi noaniq bo’lishi mumkin. Bunday ruxsat berilganida, noaniqlik bartaraf bo’ladi va daromad tan olinadi. Biroq, daromadga kiritilgan summaning undirib olinishi to’g’risida shubha (noaniqlik) to’g’ilganida, undirib olib bo’lmaydigan yoki qoplanishi ehtimoli bo’lmagan summa oldin tan olingan daromad summasining tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha operatsiyaning natijasini ishonchli baholab bo’lsa, operatsiya bilan bog’liq bo’lgan daromad operatsiyaning hisobot davri oxiridagi tugallanishi darajasiga bog’liq ravishda tan olinadi. Operatsiyaning natijasini quyidagi shartlar bajarilganda ishonchli baholash mumkin bo’ladi:
(a) daromadning summasini ishonchli darajada baholash mumkin;
(b) operatsiya bilan bog’liq iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud;
(v) operatsiyaning hisobot davri oxiridagi tugallanish darajasini ishonchli baholash mumkin; va
(g) operatsiya bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlarni hamda operatsiyani oxiriga yetkazish uchun zarur xarajatlarni ishonchli baholash mumkin.
Daromadlarning operatsiyaning tugallanishi darajasiga bog’liq ravishda tan olinishi, ko’pincha, tugallanish darajasi (foizi) usuli deb yuritiladi. Bu usul bo’yicha, daromad xizmatlar ko’rsatilgan hisobot davrlarida tan olinadi. Daromadning ushbu usul bo’yicha tan olinishi davr davomida ko’rsatilgan xizmatlarning hajmi va faoliyat natijalari to’g’risida foydali ma’lumot beradi. BHXS 11 ham daromadlarning ushbu usul bo’yicha tan olinishini talab etadi. BHXS 11ning talablari odatda xizmatlarni ko’rsatishni qamrab oladigan operatsiya bo’yicha daromadlarni va ular bilan bog’liq xarajatlarni tan olishda qo’llanilishi mumkin.
Daromad operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganidagina tan olinadi. Biroq, daromadga kiritilgan summaning undirib olinishi to’g’risida shubha (noaniqlik) tug’ilganida, undirib olib bo’lmaydigan yoki qoplanishi ehtimoli bo’lmagan summa oldin tan olingan daromad summasinining tuzatilishi emas, balki xarajat sifatida tan olinadi.
Tashkilot operatsiyada ishtiroq etuvchi boshqa tomonlar bilan quyidagilar bo’yicha kelishganidan so’ng, odatda, daromadni ishochli bahola oladi:
(a) ko’rsatiladigan va operatsiyaning tomonlari tomonidan qabu qilinadigan xizmat yuzasidan har qaysi tomonning yuridik kuchga ega huquqlari;
(b) xizmatlar evaziga olinadigan tovon; va
(v) hisob-kitoblarning shakli va shartlari.
Tashkilot uchun, shuningdek, samarali ichki moliyaviy rejalatirish va hisobot tizimiga ega bo’lish muhimdir. Tashkilot, zaruriyat to’g’ilganda, baholangan daromadlarni xizmatlar bajarilishi sari qayta ko’rib chiqadi. Bunday qayta ko’rib chiqishlar zarurati mavjudligi operatsiyaning natijasini ishonchli baholab bo’lmaydi degani emas.
Operatsiyaning tugallanishi darajasi bir nechta usullar bilan aniqlanishi mumkin. Tashkilot ko’rsatilgan xizmatlarni ishonchli darajada baholaydigan usuldan foydalanadi. Operatsiyaning xususiyatidan kelib chiqib, bu usullarga quyidagilar kiritilishi mumkin:
(a) bajarilgan ishlarning nazorat o’lchovini o’tkazish;
(b) ma’lum sanagacha ko’rsatilgan xizmatlarning jami ko’rsatiladigan xizmatlarga nisbatini (foizlarda) aniqlash; yoki
(v) operatsiya bo’yicha ma’lum sanagacha amalga oshirilgan xarajatlarning operatsiya bo’yicha jami baholangan xarajatlarga nisbatini aniqlash. Ma’lum sanagacha amalga oshirilgan xarajatlarga faqat o’sha sanagacha ko’rsatilgan xizmatlarni aks ettiradigan xarajatlar kiritiladi. Operatsiya bo’yicha jami baholangan xarajatlarga ko’rsatilgan yoki ko’rsatilishi kerak bo’lgan xizmatlar bo’yicha xarajatlar kiritiladi.
Buyurtmachilar tomonidan xizmatlar ko’rsatilishi sari amalga oshiriladigan to’lovlar va olingan bo’naklar ko’pincha xizmatlar ko’rsatilishi darajasini ko’rsatmaydi.
Tashkilotning foizlar, royalti va dividendlar ko’rinishidagi daromadlarni keltiruvchi aktivlaridan boshqa tomonlar foydalanishi natijasida hosil bo’ladigan daromad quyidagicha tan olinishi kerak:
(a) operatsiya bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan olinishi ehtimoli mavjud bo’lganida; va
(b) daromadning summasini ishonchli darajada baholab bo’lganda.
Daromad quyidagi asosda tan olinishi lozim:
(a) foizlar BHXS 39da belgilanganidek effektiv foiz stavkasi usulida tan olinishi kerak;
(b) royalti tegishli shartnomaning mohiyatiga ko’ra hisoblash usuli bo’yicha tan olinishi kerak; va
(v) dividendlar, hissador tomonidan to’lov olinishi huquqi kuchga kirganida, tan olinishi kerak.



Download 42.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling