Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Shaxsni ijtimoiylashtirish


Download 42.61 Kb.
bet21/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash - aniq jarayonlami raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Ekologik madaniyat - o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ulami muhofaza etish borasidagi tushunchalaming ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat - o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya - o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlami berish, ulaming mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalami shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Estetik tarbiya - o‘quvchilami tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E’tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlaming takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch.
Empirik - hissiy tajriba asosidagi bilimlar va ulaming yagona manbaini hissiy tajriba deb tushunish.
Yakuniy nazorat - ta’lim oluvchilaming chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Yakka ta’lim - ikki xil shaklda bo‘ladi: 1) bir o‘quvchini bir o‘qituvchi o‘qitishi - ta’limning juft shakli; 2) mustaqil ta’lim olish - ta’Iimning yakka shakli.
Yakunlovchi davlat attestatsiyasi - bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling