Tushunchasi


Download 77.03 Kb.
bet5/5
Sana02.05.2023
Hajmi77.03 Kb.
#1423120
1   2   3   4   5
Bog'liq
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI (1)

Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» kitobida (1776-yil) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
Soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. $oliqlar davlat organlarini ta'minlash va ular oldida turgan vazifalarning bajarilishini moddiy ta'minlashning manbayi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi. «Soliqlar, deb yozadi D. Rikardo, hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mam- lakat daromadi hisobidan to‘lanadi»1. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z nav- batida, A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma'lum darajada rivojlantirgan.



1 Д. Puкapao. Couинeния. T.1. Hauaлo пoлитиueckoй Эkoнomиkи и нaлoFoboFo oблoжeния. Mep. c aнF. M., «Focпoлитиздaт», 1990, cтp. 360.
S. Pepelyayevning ta'rifiga ko‘ra, «$oliq — ommaviy hoki- miyat subyektlarining to‘lov qobiliyatini ta'minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda, xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta'minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontribuyetsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»1.Professor D. Chernikning fikricha, «Soliqlar — davlat tomonidan xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi»2.
Professor B. Boldrev boshchiligida yozilgan «Kapitalizm moliyasi» o‘quv qo‘llanmasida soliqlarga quyidagicha ta'rif berilgan: «Soliqlar — davlat tomonidan undirib olinadigan, jismoniy va huquqiy shaxslarning majburiy to‘lovlari»3.Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar, davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.Biz soliqlarning iqtisodiy mohiyatini to‘liq tushunishimiz uchun, dastavval, soliq so‘zining tarixan mavjud bo‘lgan iqtiso- diy ma'nosini to‘g‘ri tushunib, tahlil qilib olishimiz lozim.
Soliq tushunchasi — iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘rinni egallaydi. Uning xarakterli tomoni shundaki, u tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan ularga mulkchilik, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqida tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini davlat va munitsipal tuzilmalarni moliyaviy ta'minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovlarni aks ettiradi, ya'ni soliq — davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolardan majburiy qonuniy tartibda belgilangan stavkalar bo‘yicha, soliq to‘lovchining bun-



1 G.I. Menenяeв. Ocнoba нaлoFoboFo пpaba. M., 1995, cтp. 24
2 Д.I. 7epnuк. HaлoFи b pынouнoй Эkoнomиke. M., «Финaнc», 1992, cтp. 19.
3 B. Бonapeв. Финaнc kaпитaлизma. M., «Финaнc», 1987, cтp. 21.
dan biron-bir muayyan manfaat ko‘rishi bilan bevosita bog‘lanmagan tarzda undiriladigan pul yig‘imi.
Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning bilvosita quroli hisoblanadi.Yuqoridagi ta'riflarni tahlil qilgan holda quyidagilarni ifoda- lash mumkin:

  1. soliqlarni belgilash huquqi faqat davlatning qonun chiqaruvchi Oliy organi — Parlamentga beriladi;

  2. soliqni fuqaro emas, mulkdor to‘laydi;

d)soliq davlat budjetiga daromad olish uchun belgilanadi;

  1. soliq to‘lash majburiy xususiyatga ega.

Demak, soliqlar — bu budjetga tushadigan pul va qonunda belgilangan majburiy munosabatlardir. Soliqlarning majburiyligi Oliy Majlis bilan tasdiqlangan huquqiy va me'yoriy qonunlar bilan ta'minlanadi. Shunday ekan, soliqlarni to‘lamaslikka, soliq obyektini yashirishga, soliq summasini kamaytirib ko‘rsatishga na huquqiy, na jismoniy shaxslarning haqqi yo‘q.Soliq to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biron-bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay:

  • mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;

  • ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga;

  • raqobatbardosh mahsulot hissasini ko‘paytirishga;

  • kichik biznesni rivojlantirishga;

  • xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga;

  • umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va boshqalarga xizmat qiladi.

Jamiyat rivojlanishi tarixida hali biror davlat soliqlarsiz mav jud bo‘lgan emas. Bozor iqtisodiyotida ham davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora- tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning
asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ular- ning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta'sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi. Imtiyozlar yordamida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi va h.k. Shuning uchun soliqlar orqali shakllangan mablag‘larning eng kam miqdori davlat vazi- fasi bajarilishiga taalluqli eng kam xarajat hajmi bilan bog‘liq bo‘ladi va shu hajm bilan chegaralanadi.Soliqlar rivojlangan tovar ishlab chiqarishning muhim kate- goriyasi bo‘lib, albatta, yanada kengroq kategoriya — davlat budjeti bilan chambarchas bog‘langan. Chunki soliqlar budjet- ning shakllanishida ishtirok etadi1.Soliqlar moliyaviy resurslarning davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta'minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI.
1.«Soliq tizimi» fani nima uchun iqtisodiy fanlar tarkibidan o‘rin olgan?
2.Fanni o‘rganishdagi umumiy usullar haqida tushuncha bering.
3. Soliqlarga ta'rif bering.
4. Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring.
5.Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi?
6. Soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalardan iborat?
7. Soliqlarning xususiyatlari borasida ma'lumot bering.
8. Soliqlarning belgilari mohiyatini tushuntirib bering.
9. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud?
10.Soliqlarning funksiyalari va vazifalarini farqlab bering.





1 A. Vahobov, Z. Sirojiddinova. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti. T., TMI, 2002, 36, 115-betlar.








Download 77.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling