Tushunchasi


Download 77.03 Kb.
bet2/5
Sana02.05.2023
Hajmi77.03 Kb.
#1423120
1   2   3   4   5
Bog'liq
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI (1)

«Soliq huquqi» fanining predmeti — bu soliq to‘lovchilarning majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat budjeti bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarining nazariy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Ushbu keltirilgan ta'rifdan ko‘rishimiz mumkinki, fan o‘z pred metini o‘rganishda turli usullar o‘zaro aloqasining nazariy jihatlarini o‘rganar ekan. Jumladan, soliq to‘lovchilar va uni o‘zlashtiruvchi, davlat budjeti, majburiy to‘lovlar, moliyaviy munosabatlar kabi elementlarning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonlarining nazariy jihatlari, qirralari keng ko‘lamda o‘rganiladi.
Fanning mohiyati shu o‘rtadagi moliyaviy munosabatni, ya'ni soliq to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi munosabatni chuqur o‘rganish, soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e'tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda, tomonlar adolatlik tamoyiliga amal qilishlari zarur. Tushunarliroq qilib aytilsa, budjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishdan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez-tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e'tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu yerda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi.
«Soliq huquqi» fani, shuningdek, o‘z predmetini o‘rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil — bu o‘rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish bo‘lsa, sintez esa, o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo‘l bilan o‘rganiladi.
Fan o‘z predmetini o‘rganishda makro va mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‘shib olib borishi muhim o‘rin tutadi. Soliqlarning nazariy masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‘rganishda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar nuqtayi nazaridan, ular bilan davlat budjeti o‘rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, davlat miqyosida, ya'ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy darajada o‘rganiladi.Shuningdek, fan o‘z predmetini o‘rganishda taqqoslash, statistik, grafik usullardan ham foydalanadi. Jumladan, soliqlarni davrlar bo‘yicha taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‘zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga ta'sirini grafik usulda tasvirlash va shu kabilardir. Masalan, soliqlar o‘zgarishining yalpi talab va taklifga ta'sirini shu usul bilan ifodalash mumkin.

1.2. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi


U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.


Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, professor Q. Yahyoyev soliqlarning umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi:

  1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan

$oliq kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi.

  1. Soliqlar xazinaga, davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.

  2. Soliqlar qat'iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat'iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi.

  3. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya'ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir1.

Rus
Download 77.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling