Tushunchasining mazmun mohiyati


qiyos etgulik. So‘lim bog‘ni, yetilib pishgan ne’matlarni ko‘rganda ko‘z


Download 251.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.12.2022
Hajmi251.53 Kb.
#1041886
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zaro yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlar

qiyos etgulik. So‘lim bog‘ni, yetilib pishgan ne’matlarni ko‘rganda ko‘z 
quvonadi. Bahri dilingiz ochiladi. Sog‘lom oila jamiyatning mustahkam 
poydevori. Ma’naviyat, salomatlik nuqtai nazaridan aytsak, oila insoniyat 
naslini pok saqlovchi, sha’ni va odamiyligini ta’minlovchi asosiy vositadir. Oila 
rishtasining asosida mehr- muhabbat turadi. 
Zero, Qur’oni karimning Rum surasinig 21- oyatida quyidagicha xabar 
beriladi: Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun 
o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo 
qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir. 
Oila qurish o‘ta noziklik bilan puxta o‘ylab bajariladigan vazifa! Zero, Amir 
Temur bobomiz kelin tanlash vazifasini davlat ishlari bilan teng qo‘yganligini 
ta’kidlab o‘tganlar. Kelajakda baxtni qo‘ldan boy bermaslik, atrofdagilarga va 
o‘ziga zahmat yetkazmaslik uchun oilain to‘g‘ri o‘zanga qo‘yish muhimdir. Zero, 


oila mustahkam bo‘lar ekan jamiyat mustahkam, oila tinch ekan jamiyat tinch 
bo‘ladi. 
Hozirgi kunda ba’zilarni yaqin qarindoshlar bilan quda-anda bo‘lishga 
intilishi 
kuzatilmoqda. 
Buning 
sababi 
qarindosh-urug‘chilikni 
yanada 
mustahkamlash va mol-mulkni begonalar qo‘liga o‘tib ketishidan muhofazalash deb 
ko‘rsatilmoqda. Lekin, tibbiyot olami olimlari yaqin qarindoshlar bilan oila 
qurishning salbiy oqibatlari ko‘pligini ta’kidlashadi. Uning asosiy sababi turli irsiy 
kasalliklarning kuchayib ketishidir. Uning oldini olish katta ahamiyatga ega. Eng 
asosiysi qon yangilanadi. 
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda 
shaharlarda qarindoshlar o‘rtasida oila qurish hollari o‘n foyizga, qishloq joylarida 
yigirma-yigirma besh foyizga yetayotgan ekan. 
Zero, olimlarning ta’kidlashicha, yaqin qarindoshlar nikohi tufayli saksonga 
yaqin kasalliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Jumladan, yo‘ldosh gematomasi, 
temir moddasining oshib ketishi, vaznning keskin kamayib ketishi aqliy o‘sishda 
yoki jismoniy rivojlanishida salbiy holatlar yuzaga kelishi kuzatiladi. Amerika 
genetiklari yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda irsiy kasalliklar va tug‘ma 
nuqsonlar qon bir bo‘lganligi uchun oila qurganda keskin darajada oshib ketishini 
ta’kidlashadi. Begonalar oila qurganida esa kuchli gen kuchsiz genni yengadi. Ya’ni 
immuniteti kuchli bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa tomonni o‘sha kasalligiga qarshi tura 
oladi. 
Shu vaqtgacha mingdan ortiq bemorlarning kasallik anketalari bilan 
tanishdim, yuzlab irsiy kasalliklarga chalingan odamlarning o‘zi bilan suhbatlashib, 
irsiy kasalliklarning tarqalishi bevosita qorindosh -urug‘chilikka daxldor ekanligini 
kuzatdim. Chunki, deyarli o‘ttiz yildan beri tashhis apparatida ishlayman, ilmiy 
tadqiqotlarim ham shu mavzuda. Huzurimga ko‘plab homiladorlar keladi. 
Homilasini skringda tekshirganida, nogironligini aytishganini yana bir marta 
qaytadan tekshiruvdan o‘tish niyati borligini ta’kidlashadi. Ular orasida uchinchi 
marta mutaxassisga qayta tekshiruvga kelayotganlari ham topiladi. Ular najot, umid 
istashadi. Ularga rahmim ham keladi. Surishtirsam, ko‘pincha yaqin qarindoshlar 
orasidagi nikoh rishtasi oqibati bo‘lib chiqadi. Ba’zi birlari baribir ishonishmaydi. 
Vaqti soati kelib farzandni dunyoga keltiradi. Ammo.. Uch farzandi voyaga 
yetmasdan irsiy kasallik tufayli vafot etganlarni bilaman. Lekin, ular baribir umid 
qilishadi. Yangi oila qurishga majbur bo‘lishadi. Shuni ham unutmaslik kerak, yaqin 
qarindoshlar orasidagi nikoh rishtasi tug‘ilajak farzandlarning bo‘y va vazn jihatidan 
pastlab ketishiga ham olib keladi. 
Mutuxassislarning aytishicha, yaqin qarindoshlarning nikohi yetti avloddan 
keyin ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin ekan. Shuning uchun AQShning 
ayrim shtatlarida yaqin qarindoshlar o‘rtasdagi nikoh qonunan ta’qiqlangan. 


Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida va tibbiy 
maslahatxonalarda, mahallalarda bu borada olib borilayotgan tushuntirish ishlari 
yaxshi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay, salbiy holatlar hamon tez-tez uchrab turibdi. 
“Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarga alohida e’tibor berishdan maqsad
ularning kelgusi farzandlar va avlodlar hayotida og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi 
mumkinligini va uning zararini yana bir bor ilmiy asosda aholining keng qatlamiga 
yetkazishdan iboratdir. Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 
qarindosh-urug‘ bilan turmush qurish bo‘lajak farzand sihat-salomatligiga yomon 
ta’sir ko‘rsatar ekan. Olimlarning fikricha, qavm-qarindoshlardan tashkil topgan 100 
ta oiladan 60 tasida tug‘ma irsiy kasallikka chalingan farzand tug‘ilishi kuzatiladi. 
Nosog‘lom farzand tug‘ilish xavfi qarindoshlar qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik 
yuqori bo‘ladi. O‘zaro qarindosh er-xotin sog‘lom bo‘lishi mumkin, ammo ularning 
naslida irsiy kasalliklar uchrash xavfi yuqori bo‘ladi. Chunki, go‘dakka genning 
yarmi onadan, yarmi esa otadan o‘tadi. Irsiy kasalliklar irsiy axborotlarni nasldan-
naslga tashuvchi genlarning o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladi. Ba’zi irsiy 
kasalliklar genlardagi yashirin zararlanish o‘choqlari oqibatida paydo bo‘ladi. 
Shunday o‘choqlari mavjud genga ega qarindoshlarning o‘zaro nikohi natijasida 
ushbu kasallik belgilarining yuzaga chiqish “imkoniyat”i ortadi va oqibatda nogiron, 
mayib-majruh bola dunyoga keladi. Genlardagi o‘zgarishlarning barchasini ham o‘z 
vaqtida aniqlash va davolashning imkoni yo‘q. Gen bilan bog‘liq ayrim 
kasalliklarning yashirin davri ikki-uch avlod o‘tib ham yuzaga chiqishi tibbiyotda 
o‘z isbotini topgan.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qarindoshlar orasidagi nikoh nasliy va tug‘ma 
kasalliklar xavfini ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan eng asosiy omillardan biri bo‘lib, 
yaqin qarindosh-urug‘larning oila qurishi tug‘ma nuqsonli va nasliy kasal bolalarni 
tug‘ilishiga, homilani bevaqt nobud bo‘lishiga yoki o‘lik tug‘ilishiga olib keladi. 
Shu sababli farzandlarning sog‘-salomat dunyoga kelishi va barkamol voyaga 
yetishi 
uchun 
bunday 
nikohlarning 
oldini 
olish 
lozim. 
Yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning ayanchli oqibatlaridan yana biri 
homiladorlikning og‘ir kechishi, ko‘p qon yo‘qotish, homilaning tushishi, 
go‘dakning nimjon, nogiron yoki o‘lik tug‘ilishidir. Bunday hollarda ona ham
go‘dak ham jabr ko‘radi.
Oramizda faqat yaqin qarindoshlarigagina qiz berib, qiz oladigan odamlar 
yo‘q emas. Ular yillar davomida o‘z urug‘ining “udum”lariga asoslanib, shunday 
yo‘l tutishadi. Ammo o‘zimiz o‘ylab topgan ana shu “udum”lar necha-necha 
oilalarning barbod bo‘lishiga, qarindoshlarning yuz ko‘rmas bo‘lib ketishiga olib 
kelayotganini, qancha murg‘ak go‘dak yelkasiga umrbod nogironlikni 
yuklayotganligini unutmaylik!



Download 251.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling