Tushuntirish-izoh yozuvi


Download 0.94 Mb.
bet6/6
Sana10.05.2020
Hajmi0.94 Mb.
#104629
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20160602-mbi-diyorova-b-v

> javobi uchun esa ball qo’ymang.

Agar 50 dan ortiq ball to’plagan bo’lsangiz, siz uchun sabrli va o’zini tutib tura oladigan insonga aylanish qiyin kechadi. Hamisha e’tibor berishga arzimaydigan narsalarga ham jahlingiz chiqadi. Qaysidir ma’noda hatto jahlingizni chiqarish uchun bahona ham izlaysiz, tez qiziqasiz va o’zingizni yo’qotib qo’yasiz. Faqat sizdagina emas, atrofingizdagi insonlarni ham asab tizimi borligini unutib qo’ymang.

Agar 13-49 oralig’ida ball to’plagan bo’lsangiz, siz yoqimsiz xislarni yengib o’tish uchun keragicha chidamlisiz, ularni tezda unutib yuborish qo’lingizdan keladi.

Agar balingiz 12 dankam bo’lsa, siz o’ta xotirjamsiz. Hayotga real qaraysiz, sizni tushkunlikka tushurish oson emas.



Xo’sh talabalar hamma o’zining xislatlarini bilib bo’ldimi?. Talabalar: ha juda qiziqarli ekan, to’ppa – to’g’ri chiqdi. Muslima opa mavzuni yakunladi va dars so’ngida yana bir bor davomad qildi. Keyin savol-javob o’tkazdi va bugungi ma’ruza mavzuyimiz hammaga tushunarlimi deb so’radi. Tushunmagan joylarini bemalol so’rashlaringiz mumkin, dedi. Savollar yo’q hammasi tushunarli degan javob olgandan so’ng hammaga o’qishlariga omad tilab tabassum bilan talabalar xayrlashdi.

Suvning umumiy kimyoviy tarkibiga “Veen diagrammasi” ni qo’llash.



Kislorod-juda kuchli oksidlovchidir u o'z navbatida tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini shakllanishida juda muhim rol o'ynaydi. U yuqori ximik aktivlikka ega bo'lib toza holatda eng ko'p atmosferada uchraydi, suvda esa fotosintez orqali va yer qa'rida bioximik yo'l hamda atmosfera orqali kirishi bilan hosil bo'ladi.Kislorod organik moddalarni oksidlashda hamda organizmlarning nafas olish jarayonida sarflanadi.



Barcha tabiiy suvlarda u yoki bu gazlar erigan bo'ladilar. Yеr usti suvlarida eng ko'p miqdorda erigan gazlar qatoriga kislorodni (О2) uglerod ikki oksidi (СО2) va yer osti suvlarida esa vodorod sulfidi (Н2S) hamda metan (СН4) kiradi. Ammo barcha suvlarda u yoki bu miqdorda azot ham uchraydi (N2).





Metan gazi (СН4)- rangsiz va hidsiz gaz bo'lib kelib chiqishi bioximik bo'lmaganligi uchun suvda erimaydi. Toza holatda botqoqlikda uchrab u o'simlik qoldiqlarining chirishi natijasida hosil bo'ladi. Etan, propan va butanlar o'z holicha hosil bo'lmasdan, balki metanning gomogollaridir. Ular neft konlarida metan gazining sheriklari bo'lib, uning 20-25% tashkil etadi. Umuman ular yer osti suvlarida ham juda oz miqdorda, ya'ni 1 litrda bir necha o'n milligramni tashkil etib asosan neft-gaz qatlamlari bor joyda uchraydi.



Muammoli o'qitish usuli qo'llanilmagan.

Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish” mavzusi

bo’yicha o’qitish metodikasi.
Tashkiliy qism.

Dars boshlandi. Auditoriyadagi talabalar hurmat ila o’qituvchi bilan salomlashishdi va o'quv qurollarini tayyorlab nigohlarini o'qituvchiga qaratishdi.

O’qituvchi talabalarning kiyinish madaniyatiga, o'quv qurollarining tayyorligiga nazar tashlab qo'ydi. Bir-ikki talabaga mavsumga mos holda kiyinish zarurligini uqtirib o'tdi. Kiyinish madaniyati haqida biroz to’xtalib, ya’ni ta’lim maskaniga mos libosda bo’lishlari lozimligi haqida aytib o’tdi. Keyin talabalarga xos did bilan kiyingan a'lo o'qiydigan talabalarga qarab mamnuniyat bilan quyidagi so'zlarni aytdi. Ta’lim – bu bilim olish, bilim olish- o’qish, o’qish esa o’rganish va takrorlashdir.

Kimki dilda tarbiyani olsa bisyor,

Aql yo’lidan borib yashar baxtiyor.

Aqlsizlik boshlar kishini jar tomon,

Va uqubat yo’lin aylar ixtiyor.

Tarbiya, ta’lim, taqlid, tadqiqot, tahlil, taftish, tergash va tanqid bo’lmagan joyda yuksalish ham bo’lmaydi – dedi jiddiy ohangda. Sizlar musichaning muloyimligini, musichaning ziyrakligini va burgutning o’tkir zehnini qo’shib, sokin nigohli, ziyrak va zehnli inson bo’ling. Zehn-ziyraklilar aql zakovatining o’tkir nigohi bilan, gapining ma’nosi, yurish-turishi va ko’zlarining harakatidan odamlarning pok yoki qora niyatini sezadi. Ularga g’alaba hamisha hamroh, xavf-xatar va ziddiyatlar yiroq bo’ladi. Guruhdagi talabalarning ko'pchiligi ularga havas bilan qarab qo'yishdi.



O'qitivchi ikki daqiqalar mobaynida doska oldidan auditoriya o'rtasidagi yo'lakcha bo'ylab oxirgi partagacha bordi, talabalarning xatti-harakatlarini kuzatdi va doskaning oldiga qaytib keldi. Darsda telefon apparatlarini ovozsiz rejimga qo'yib, telefonda iloji bo'lsa gaplashmaslikni va atrofdagilarning diqqatini tortmaslikni talab qildi. Shundan keyin davomatni jurnalga qayd qildi. Auditoriyada talabalar ko'p bo'lganligi bois, o'qituvchi guruh sardoriga murojat qilib, auditoriyada yo’q talabalarning ism-familyalarini va ularning kelmaslik sabablarini aytib berishni so'radi, so'ng ma'lumotlarni jurnaliga qayd qilib qo’ydi. Shu vaqtda Durdona ismli talaba darsga kirishga ruxsat so’radi. Uzr domla yo’l tirbant ekan shunga; Nega kech qolib yuribsiz? Tong soat beshda yorishadiku. Axir shunday hikmatli gaplarimni tinglamay qoldingizda –deb kulib qo’ydilar. Har doim ta’kidlayman darsga kech qolmanglar deb, “yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi”dedilar. Keyin doskaga mavzuni va rajasini yozib, qani hamma daftariga bugungi mavzuni yozsinchi. Talabalar bugun biz faqat darslik bilan ishlaymiz. Hech qanday texnik vositalar bilan ishlamaymiz. Biz darsga an’anviy usul bilan yondoshamiz. Sizlarga mavzuni tushuntirib borayotganimda, sizlar o’zingizga notanish bo’lgan tayanch so’zlarni daftaringizga qayd qilib borasiz. Dars so’ngida tushunmagan joylarini so’raysiz dedilar
Asosiy qism.
O’qituvchi avval dars materiallarini o’zaki aytib, tushuntirib berdi, kerakli joylarini aytib yozdirdi va darsni diqqat bilan tinglab kuzatib borishlarini ta'kidladi. O’qituvchi mavzuni birinchi qismini juda ham aniq tushunarli tarzda tushuntirdi va talabalar ham diqqat bilan tinglashdi. So’ng talabalarni “aqliy hujumga” tortish maqsadida savollar berdi . Xo’sh talabalar yurtimizda hozirgi kunga kelib qanday ustivor ekologik muammolar mavjud ekan? T alabalar bitta bitta turib javob berishdi. Suv muammosi, atmosfera havosining ifloslanishi, aholining o’sishi hisobiga yerlarning kamayib ketishi, o’simlik, hayvonot olamining yo’qolib borishi, aholining salomatligi. To’g’ri, siz bular qatoriga chuchuk suv muammosini kiritmadingiz. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suvning miqdori atigi 3% ni tashkil qiladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. O’qituvchi talabalar bilan savol-javob o’tqazib turgan vaqtda, Sanjar ismli bolani telefonda gaplashayotganini ko’rib qoldilar va dedi; miyangni aql zakovatga, yuragingni mehr- muhabbatga, ikkala qo’ling risqu-ro’z beruvchi mehnatga, ikkala oyog’ingni fidoyilik yo’liga, ikkala ko’zingni orzu-havas bilan saodatli kelajakni ko’rishga, ikkala qulog’ingni haqiqat va adolatga boshlovchi yaxshilikni tinglashga, tilingni donolarning ma’noga to’la qimmatli so’zlariga, tanangni doimo zafarga eltuvchi harakatga va barcha borligingni tarbiya-ta’limni hamda kasb-hunarni ijro etuvchi sidqidillikka safarbar qilgin” dedilar. Bu gaplarimdan o’zing xulosa chiqargin. Bu gaplardan so’ng Sanjarning yuzi sholg’omdek qizarib ketdi va talabalar ham ziyrak tortib qoldilar.

So’ngra ma’ruzaning ikkinchi rejasini ham tushuntirdi, ham doskaga reaksiyalarni yozib bordi. Guruh sardori Hilolani imlab chaqirdi va ma’ruzalar matnidan aytib turib yozdirishni tayinladilar. O’qituvchining o’zi esa partalarni aylanib, kim yozmasdan o’tirganini, talabalarning darsga qay tarzda yondoshayotganini tekshirib chiqdi. Raxmat qizim. O’tiring.

Aziz talabalar: po’latni qancha olovda toblab, bosqonda qayta –qayta ishlov berilsa, shunchalik mustahkam va o’tkir bo’lganidek, sizlarni tarbiyalashda ham butun kuch- g’ayratimiz va mahoratimizni ishga solib, kunlik qat’iy reja asosida sizlarni turmush tashvishi va mashaqqatlarga chidamli qilib tarbiyalasak va aql, bilim, odobni qalbingizga singdira olsak, shundagina siz har qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga erishasiz” dedilar. Keyin o’qituvchi talabalarni besh guruhga bo’ldilar va “bo’merang texnologiyasi” ni qo’llashni lozim deb topdilar. Guruhdan bir kishi o’rnidan turib javob beradilar, siz faqat mavzudan olgan tushunchalaringizni dafraringizga yozing. Sizlarga yeti minut vaqt beraman va sizlarning javobingizni o’zim umumlashtiraman. Darsga chekinish hosil qildi.

Chekinish.

Bumerang texnologiyasi”


O’qituvchi vazifalarni bo’lib berdilar.

1-chi guruhga; ozonlash qanday generetorlarda amalga oshirilar ekan, va uning sarfichi?

2-chi guruhga; suvlarni yumshatish haqida qanday tushunchalarga ega bo’ldingiz?

3-chi guruhga; suvlarni tuzsizlantirishga qanaqa uaullar qo’llanilar ekan?

4-chi guruhga; sizlarga ham xuddi shunga o’xshash savol beraman ya’ni suvni temirsizlantirish usullari.

5- chi guruhga; sizlarga biologik tozalash usuli.

Bu vaqt oralig’ida talabalar ishladilar, o’qituvchi esa kitobini ochib o’qib biroz hordiq chiqardi. Ma’lum vaqtdan so’ng tayyorlanib bo’ldingizmi? Men sizlarga tik turib ma’ruza o’qidim endi sizlar menga ma’ruza o’qiysiz ekanda; deb kulib qo’ydilar.

1-chi guruh: bu jarayon ozon gеnеratorlarida, naychali ozonatorlarda amalga oshiriladi. Tozalanayotgan suv ozon bilan absorbеrlarda aralashtirilar ekan. Bu jarayon 5-20 min. davom etadi. Ozonning sarfi 0,6-4 mg/l ga tеng bo’larkan.

2-chi guruh: yumshatish jarayonini jadallashtirish uchun suv 35-40oC-gacha isitiladi va ph-ko'rsatkichi ma'lum darajada saqlab turiladi.Tеrmokimyoviy yumshatish suvni bug' qozonlarga tayyorlashda qo'llaniladi. Bu usulda suv 100o C-gacha qizdirilib ohak bilan soda yoki ishqor bilan soda ishlatilar ekan. Yuqori tеmpеraturaning ta'sirida suvdagi zarrachlar yiriklashib cho'kmaga tushadi. Bunda koagulyantlar ishlatilmaykan.

3-chi guruh: suvni tuzsizlantirishda quyidagi usullar qo'llaniladi: suvni bug'lantirib bug'ni kondеnsatsiya qilish, ion almashish, elеktrodializ. Suvni avval distillyatsiya qilib kеyinchali bug'ni kondеnsatsiyalash jarayoni ko'p bosqichli bug'lantiruvchilarda olib bеriladi. Bug'lantiruvchining birinchi bosqichida o'tkir bug' sovitilib kondеnsatsiyalashadi va tuzsizlangan suvni hosil qiladi.

4-chi guruh: suvni tеmirsizlantirish uchun quyidagi usullar qo'llanilar ekan: aeratsiyalash va filtrlash; koagullash, tindirish va filtrlash; ohaklash, tindirish va filtrlash; xlorlash, ohaklash va filtrlash. Tеmir birikmalari ko'pincha yеr osti suvlarda mavjud bo'lib, ular aeratsiya usuli bilan tozalanarkan.

5- chi guruh: biologik tozalashdan so'ng suvni chuqur dеzinfеktsiya qilish uchun xlorlash, ozonlash va ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantirish jarayonlari qo'llanilarkan. Aerob biologik tozalashda esa tabiiy va sun'iy sharoitda olib borilishi mumkin ekan. Tabiiy sharoitda esa oqova suv sug'orish dalalarida yoki filtrlash dalalarida tozalanadi.

Raxmat talabalar meni juda xursand qildingiz. Barcha guruhimizning javoblari menga ma’qul bo’ldi. Talabalar yodingizdan chiqmasin har doim, har qanday usul bilan tozalaganimizda suvdagi qoldiq xlor 0,5 mg/l bo'lganda zararsizlantirish samarasi 100 %-gacha bo'lishi mumkin.


Keyin o’qituvchi mavzuning uchinchi rejasini tushuntirdilar va mavzu orasida doska bilan ishladi ya’ni “klaster” usulidan foydalandi.
Klaster” usuli.

tеmir

mis




rux







og'ir mеtallar



xrom



Suvlar tarkibidagi zaharli elеmеntlar

nikеl



surma







qo'rg'oshin


bor




alyuminiy

mishyak



Suvlardagi kislota, ishqor, qo’rg’oshin, mis, simob, molibden, rux va shu kabi boshqa metallar, yiliga korxonalar hisobidan suvga oqib ketayotgan ming-ming tonnalab qimmatli metallar bilan bir qatorda tabiat in’omi – suv tarkibining ham o’zgarib boryotganligini tushuntirib berdi.

Mamlakatimizda yirik kimyo korxonalarida oqava suvlardan tuz, metall, kislota, ishqor va boshqa moddalarni tutib qoluvchi filtrlar, katalitik moslamalar, apparat, yondirish pechlari ishga tushirilib katta muammolarning oldini olish yo’lga qo’yilgani: yana metanol va glikollarni ushlab qoluvchi qurilmalar ishga tushishi bilan suv havzalari zararli moddalar ta’siridan halos qilinganini aytib o'tdi.

Hozirda kam suv ishlatuvchi texnologik jarayonlarni ishga solish, oqova suvlarni toza saqlagan holda ulardan ko’p sikllarda foydalanish yo’llari ishlab chiqilgan. Oqova suvlar alohida tozalash kolonnalariga yuboriladi. Ulardan tuzlar, sement shixtasi komponentlari va boshqa mahsulotlar olinyotgani, bu ishlar korxonaga yiliga millionlab iqtisodiy samara berayotganini ko’rishimiz mumkinligini gapirib berdi.

Yakuniy qism.
O’qituvchi darsni yakunladi va dars so’ngida yana bir bor davomad qildi. Keyin savol-javob o’tkazdi va bugungi ma’ruza mavzuyimiz hammaga tushunarlimi deb so’radi. Tushunmagan joylarini bemalol so’rashlariz mumkin, dedi. Savollar yo’q hammasi tushunarli degan javob olgandan so’ng o’qituvchi bu dars semestrdagi oxirgi dars ekanligini aytib, endi hamma 2-oraliq nazoratga tayyorlanib kelishsin, dedi va va uni bajarish tartibini tushuntirib o’tdi. Amaliyot darsida ham faol qatnashing. Men amaliyot ustozingizdan olgan ballaringizni nazorat qilib turaman. Darsda davomat yaxshi bo’lsin. Ma’ruzani daftaringizga qayd qilib boring. Daftaringizni ko’rib, baho chiqaraman. Oraliq nazorat vaqtida sizlarga tayyor shpargalka bo’ladi deb kuldilar. So’ng talabalar bilan xayrlashib auditoriyani tark etdi.

Muammoli o'qitish usuli qo'llanilmagan.
Bitiruv malaka ishining mavzusi aynan "Suv kimyosi" fani mavzularini muammoli o'qitish usulida o'qitishga yo'naltirilgan. Shu sababli muammoli o'qitish usullarini keltirish kerak. Bu yerda keltirilgan interfaol usullar - muammoli o'qitish usuli emas. Nazariy qismni yaxshilab o'qib, shuning asosida darsni tashkil qiling.


  1. Suv kimyosi fanidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash tizimi.

Reyting nazorati jadvali




sentabr

oktabr

noyabr

dekabr

Maksimal ball

O'tish ballari

"qoniqarli"

"yaxshi"

"a'lo"

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15













JB (lab)

lab.

3




3




3




3

3






















15

8.25

10.7

13

mus.ish

1




1




1




1

1






















5

2.75

3.55

4.3

JB (amal)

amal.

























3

3

3




3

3




15

8.25

10.7

13

mus.ish

























1

1

1




1

1




5

2.75

3.55

4.3

OB (ma’r)

ma’r.



















10



















10




20

11

14.2

17.2

mus.ish



















5



















5




10

5.5

7.1

8.6

YB











































30

30

16,5

21,3

25,8

JAMI:














































100

55

71

86

Fanni o'qlashtirish ko'rsatkichi














































92

50.6

65.4

79.2

Fanning o‘quv hajmi 92 soatni tashkil qilganligi sababli fan koeffitsienti 0,92 bo‘ladi. Fan bo‘yicha o‘zlashtirishni aniqlashda talaba to‘plagan bali fan koeffitsientiga ko‘paytiriladi va butungacha yaxlitlab olinadi. YB ga kirgan talaba, unga ajratilgan ballning 55% va undan ortiq foizini to‘plagan taqdirda, olgan bali OB va JB dan to‘plagan ballariga qo‘shiladi.

Reyting baholash jadvali

Nazorat turi

Reyting baholashlar

Jami

Saralash bali

1

2

3

JB (laboratoriya mashg‘uloti, 20%)

12

8




20

11

JB (amaliy mashg‘ulot, 20%)




12

8

20

11

OB (30%)




15

15

30

16.5

YB (30%)







30

30

16.5

Jami:

12

35

53

100

55

JB ni baholash mezonlari

Amaliy mashg‘ulotlarning bajarilishi 5 marta maksimal 4 ball bilan baholanadi. Baholash talabaning faoliyatini to‘liq va yetarli darajada ifodalovchi band bo‘yicha amalga oshiriladi.



Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha baholash mezonlari

Baholash ko‘rsat-kichi

Baholash mezonlari

Reyting bali

A’lo,

86-100%


Intizomi va davomati yaxshi. Darsda faol ishtirok etadi. Uy vazifalarini to‘liq bajaradi. Amaliy mashg‘ulot daftari talab darajasida.

Ishni a’lo darajada bajargan. Ish to‘liq rasmiylashtirilgan.



4

Yaxshi,

71-85%


Intizomi va davomati yaxshi. Darsga nisbatan e’tiborli, materialni o‘zlashtirishga intiladi. Uy vazifalarini bajaradi. Amaliy mashg‘ulot daftari talab darajasida.

Ishni to‘g‘ri bajargan. Ish to‘liq rasmiylashtirilgan.



3

Qoniqarli,

55-70%


Intizomi va davomati o‘rtacha. Darsni o‘zlashtirishga harakat qiladi. Uy vazifalarini bajaradi. Amaliy mashg‘ulot daftari talab darajasida.

Ishni qoniqarli darajada bajargan. Ish qisman to‘liq rasmiylashtirilgan.



2

Qoniqarsiz

0-54%


Intizomi va davomati yaxshi emas. Darsga nisbatan e’tiborsiz. Uy vazifalarini chala bajaradi. Amaliy mashg‘ulot daftari talabga javob bermaydi.

Ishni qoniqarsiz darajada bajargan. Ish qisman rasmiylashtirilgan.



0-1

Laboratoriya mashg‘ulotining bajarilishi 5 marta maksimal 4 ball bilan baholanadi. Baholash talabaning faoliyatini to‘liq va yetarli darajada ifodalovchi band bo‘yicha amalga oshiriladi.

Laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha baholash mezonlari

Baholash ko‘rsat-kichi

Baholash mezonlari

Reyting bali

A’lo,

86-100%


Intizomi va davomati yaxshi. Darsda faol ishtirok etadi. Laboratoriya ishini to‘liq bajaradi. Laboratoriya mashg‘uloti daftari talab darajasida.

Nazariy qismni a’lo darajada o‘zlashtirgan. Ishni to‘g‘ri bajargan va to‘liq rasmiylashtirgan.



4

Yaxshi,

71-85%


Intizomi va davomati yaxshi. Darsga nisbatan e’tiborli, materialni o‘zlashtirishga intiladi. Laboratoriya ishlarini bajaradi. Laboratoriya mashg‘uloti daftari talab darajasida.

Nazariy qismni yaxshi o‘zlashtirgan. Ishni to‘g‘ri bajargan va rasmiylashtirilgan.



3

Qoniqarli,

55-70%


Intizomi va davomati o‘rtacha. Darsni o‘zlashtirishga harakat qiladi. Laboratoriya ishlarini bajaradi. Laboratoriya mashg‘uloti daftari talab darajasida.

Nazariy qismni qoniqarli darajada o‘zlashtirgan. Ish qisman rasmiylashtirilgan.



2

Qoniqarsiz

0-54%


Intizomi va davomati yaxshi emas. Darsga nisbatan e’tiborsiz. Laboratoriya ishlarini chala bajaradi. Laboratoriya mashg‘uloti daftari talabga javob bermaydi.

Nazariy qismni o‘zlashtirmagan. Ish chala rasmiylashtirilgan.



0-1

OB ni baholash mezonlari

OB ma’ruza materiallari bo‘yicha 2 marta o‘tkaziladi. 1-OB maksimal 15 ball, 2-OB maksimal 15 ball bilan baholanadi. OB yozma ish yoki test sinovlari ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. OB ni baholashda har bir savol uchun alohida ball ajratiladi va mos baholash mezoni qo‘llaniladi.



YB ni baholash mezonlari

YB ma’ruza, amaliy va laboratoriya materiallari bo‘yicha semestr yakunida o‘tkaziladi va maksimal 30 ball bilan baholanadi. YB yozma ish yoki test sinovlari ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. Talaba YB ga ajratilgan saralash balini to‘plagan taqdirda uning YB da to‘plagan bali inobatga olinadi va umumiy reytingiga qo‘shiladi. OB ni baholashda har bir savol uchun alohida ball ajratiladi va mos baholash mezoni qo‘llaniladi.



9. Xulosalar

1. "Suv kimyosi" fanining maqsadi, vazifalari, fanni o'zlashtirgan talabaning bilimi, ko'nikmasi va malakalariga qo'yiladigan talablar, fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi va aloqasi, 2-semestrdagi mashg'ulot turlari, ularning mavzulari mazmuni va ajratilgan soatlar qayta ishlab chiqildi.


2. Malakaviy bitiruv ishida yoritish uchun "Suv kimyosi" fanining 3 ta mavzusi tanlab olindi:

- Tabiiy suvlar va ularning xarakteristikasi;

- Suvning ion tarkibi;

- Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish.

Ushbu mavzular bo'yicha rejalar va ularning mazmuni qayta tuzib chiqildi, har bir reja bo'yicha tayanch so'z va iboralar, nazorat savollari, mashq va masalalar, adabiyotlar ro'yxati tuzib chiqildi.
3. O'qitish texnologiyasining nazariy asoslari o'rganildi. Bunda "Tushunchalari tahlili", "Rezyume", "Bumerang texnologiyasi", "Sinkveyn", "Aqliy hujum", "BBB jadvali", "Klasterli tahlil" kabi interfaol o'qitish usullari qo'llanildi. Har bir mavzuda 4 tadan intefaol usul qo'llanildi. Shuningdek, talabalarni faollashtirish, charchog'ini chiqarish, ma'naviy ozuqa berish maqsadida mavzudan chetlashish shaklida chekinishlarning senariylari ham ishlab chiqildi.
4. Fan bo'yicha Blum taksonomiyasining bilish, tushunish, amalda qo'llash, tahlil qilish, sintez qilish va baholash kategoriyalari bo'yicha ularning har biriga 3 tadan ta'lim natijalari rejalashtirildi.
5. Tanlab olingan 3 ta ma'ruza mavzulari bo'yicha texnologik xaritalar tuzib chiqildi. Bunda tashkiliy qism uchun 10 minut ajratildi. U o'z ichiga davomat, ma'naviy-ma'rifiy daqiqalar, takrorlash va motivatsiya kabi komponentlarni oladi. Takrorlash va motivatsiya qismida ham talabalarni darsga qiziqtirish maqsadida aqliy humuj usulidan foydalanildi. Asosiy qism 55 minutni qamrab oladi. Uning tarkibira mavzu rejalari va chekinishlar kiradi. Yakuniy qismga 15 minut ajratilgan bo'lib, mavzuga oid metodlar va uy vazifasi berish bilan cheklanilgan.
6. Mavzularni tanlashda ular semestr davomida turli haftalarda o'qitiladigan bo'lishiga qarab tanlandi.

7. Fanni o'qitishning reyting nazorat tizimi, turli nazoratlarda talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash usullari ishlab chiqildi.


8. Malakaviy bitiruv ishini ishlab chiqishda 17 ta adabiyotlardan foydalanildi. Ulardan 4 tasi Davlat Qonunlari va Prezident asarlari, 5 tasi pedagogika sohasiga tegishli adabiyotlar, 4 tasi "Suv kimyo" fani bo'yicha adabiyotlar va 4 tasi internet saytlaridir

Adabiyotlar ro’yxati
1. I.A. Karimov. “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferensiyadagi nutqi. 2012 yil, 16-fevral.
2. I.A. Karimov. Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2016 yil 16 yanvar.

3. I.A. Karimov. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir./ - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU. 2015 y. 304 b.

4. I. A. Karimov. ”O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T.O’zbekiston, 1997.

5. S.M. Turobjonov, T.T. Tursunov, K.M.Adilova. Atrof-muhit kimyosi. Toshkent 2012-yil

6. Xolliyev I., Ikromov A. Ekologiya. –T: Talqin, 2004.

7. Rustamov. R. Ekologiya. – T. 2007 yil.

8. Xojitdinova M. Suv kimyosi va mikrobiologiya. T.: Cho’lpon, 2011

9. S.Akmalova “Ta'lim nazariyasi didaktika masalalari bo’yicha o’quv qo’llanma”.

10. Uzoqova L. P. “Maxsus fanlarni muammoli o’qitish texnologiyasi. Toshkent- 2013.

11. Aliyev. I. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”.

12. N.N.Azizxo’jaеva. Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahorat.T.: TDPU-2003 yil.

13. p. f. n. Jumaniyozova M. T. “Ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni amalda qo’llash” fanidan ma’ruza matni. Toshkent-2010.

14. http://biology.krc.karelia.ru/misc/hydro/mon5.html

15. www.window.edu.ru

16. http://biology.krc.karelia.ru/misc/hydro/mon5.html

17. www.window.edu.ru




  1. Ilovalar.




1I.A. Karimov. “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferensiyadagi nutqi. 2012 yil, 16-fevral.

2 I.A. Karimov. Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza. 2016 yil 16 yanvar.

3 I.A. Karimov. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir./ - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU. 2015 y. 304 b.

4 I. A. Karimov. ”O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T.O’zbekiston, 1997.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling