Tushuntirish


-mavzu: Yirtqich sutemizuvchilar turkumi. (1 soat, A2+: 1 soat)


Download 1.13 Mb.
bet32/62
Sana24.12.2022
Hajmi1.13 Mb.
#1052601
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Bog'liq
Biologiya Dastur 2021-2022 o\'quv yili

55-mavzu: Yirtqich sutemizuvchilar turkumi. (1 soat, A2+: 1 soat)
Bo‘risimonlar oilasi tuzilishining asosiy xususiyatlari. Bo‘rilar va tulkilarning hayot kechirishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Mushuksimonlar, suvsarsimonlar, ayiqsimonlar oilalari tuzilishi va hayot kechirishi, asosiy vakillarining hayot kechirishi.
56-mavzu: Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Tyulenlar va dengiz mushugining tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi va hayot kechirish xususiyatlari. Kitsimonlar turkumi, tishsiz va tishli kitlar, ko‘k kit, delfinlar va kashalotlarning ko‘payishi va hayot kechirishi.
57-mavzu: Tuyoqli sutemizuvchilar. (1 soat, A2+: 2 soat)
Juft tuyoqlilar turkumi, kavsh qaytaruvchi va kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar tuzilishining asosiy xususiyatlari, asosiy turlarining hayot kechirishi, tarqalishi va ahamiyati.
58-mavzu: Primatlar turkumi, sut emizuvchilarning ahamiyati. (1 soat, A2+: 1 soat)
Primatlarning yuksak tuzilishi belgilari tarqalishi va hayot kechirish xususiyatlari. Tor va keng burunli maymunlar. Odamsimon maymunlar, tarqalishi va hayot kechirishi. Sut emizuvchilarning ahamiyati.
59-mavzu: Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. (1 soat, A2+: 1 soat)
Chorvachilik va uning ahamiyati. Qoramolchilik, asosiy qoramol zotlari. Qo‘ychilik, qo‘ychilikning ahamiyati, jun, teri va go‘sht yo‘nalishidagi qo‘y zotlari. Yilqichilik, yilqilarning asosiy zotlari.
Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: it, mushuk, yoki boshqa sut emizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi, skeleti, muskullari, sut emizuvchilarning kelib chiqishi va embrional rivojlanishi, ularning asosiy turlarini aks ettiruvchi rasmlar, sut emizuvchilar skeleti, mulyaji, tulumlari kolleksiyasi, uy hayvonlari zotlarini aks ettiruvchi rasmlar va slaydlar, yovvoyi sut emizuvchilar hayotiga bag‘ishlangan kinolavhalar.
60-mavzu: Ekskursiya. (1 soat, A2+: 1 soat)
“O‘lkamiz qushlari va sut emizuvchi hayvonlarining xilma - xilligi, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida tabiat, tabiat muzeyi, hayvonot bog‘iga yoki “Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning inson hayotidagi ahamiyati” mavzusida chorvachilik fermalariga ekskursiya.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling