Tushuntirish xati diplom loyihasi mavzusi : ⅩⅤⅠ-ⅩⅨ asrlarda buxoro karvonsaroylari arxitekturasi


Download 1.19 Mb.
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1057390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xo`ja Kalon Masjidi

XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


Kirish
O‘zbekiston madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq boy tarixga ega. Buyuk Ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekiston hududida ko‘plab me’moriy yodgorliklar, qadimiy qal’a va qasrlar, sirli va noyob tabiat yodgorliklari va folklor elementlari joylashgan bo‘lib ularning aksariyati hozirda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari tomonidan muhofaza qilinmoqda.
Bugungi kunda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari Reprezentativ ro‘yxatiga 4 ta me’moriy majmua - Xivadagi Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi (1990), Buxoroning tarixiy markazi (1993), Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” (2001), Shahrisabzning tarixiy markazi, shuningdek Ugam-Chotqol milliy bog‘i (2016) va 9 nomoddiy meros ob’ektlari kiradi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda nafaqat yodgorliklarni tiklash ishlari orqali madaniy merosni saqlashga, balki milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlashga va jahon madaniyatida tan olinishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Mavzuning dolzarbligi. O`rta Osiyoning ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalari tizimida markaziy o`rin tutib kelgan O`zbekistonning haqqoniy tarixini yaratish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega masalaga aylanadi. O`zbekiston hududining ulkan Yevroosiyo mintaqasi markazida, muhim tranzit yo`llari kesishgan chorrahada joylashganligi tarixan belgilangan bo`lib, bu uning Sharq va G`arb dunyosi o`zaro muloqotga kirishadigan joy sifatidagi ahamiyatini oshiruvchi muhim omillardan edi. Shu tufayli ham, O`rta Osiyoning karvon yo`llarida xizmat ko`rsatish tizimining shakllanishi va rivojlanish omillarini, uning o`ziga xos xususiyatlarini, qonuniyatlarini o`rganish, qo`lga kiritilgan tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilish va bugungi davr uchun ahamiyatli ilmiy xulosalar chiqarish zamonaviy tarixshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Ming yillar mobaynida, minoralar va qadimiy gumbazlar ko‘plab shaharlarning tashrif qog‘ozi, shahar manzaralari, ularning diniy va ma’rifiy muassasalari - masjid va madrasalarining go‘zal aksiga aylandi.
Mustaqil O‘zbekistonda, qadimiy me’morlarning ushbu noyob asarlari, bebaho madaniy meros ob’ektlari sifatida maxsus maqomga ega bo‘ldi va ular davlatning alohida muhofazasi ostida.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling