Tushuntirish xati diplom loyihasi mavzusi : ⅩⅤⅠ-ⅩⅨ asrlarda buxoro karvonsaroylari arxitekturasi


Download 1.19 Mb.
bet4/10
Sana24.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1057390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xo`ja Kalon Masjidi

Loyiha ob’yekti: Buxoro tarixiy markazidagi Barra Ko’yna va Karvonboshi karvonsaroylari

KARVONSAROYLAR TARIXI HAQIDA MA’LUMOTLAR



KARVONSAROY — karvonlar toʻxtab, tunab oʻtadigan rabot, saroy. Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye shaharlari savdo yoʻlida barpo etilgan. Karvonsaroylar, odatda, oʻrtada katta hovli, atrofi bir-ikki qavatli hujralar bilan oʻralgan, minorali qalʼaband istehkom shaklida boʻlib, savdo manzillarida va shahardagi bozor (tim, toq)lar qatoriga qurilgan. 9—18-a. larda shaharlarning oʻsishi va karvon savdosining kuchayishi natijasida Karvonsaroylar koʻplab bunyod etilgan. Arab sayyohlari Istahriy va ibn Xavqallarning maʼlumotiga koʻra, 10-a. da savdo markazi hisoblangan Movarounnahrda 10 mingdan ortiq Karvonsaroylar boʻlgan (yana q. Rabota Malik, Doya xotin karvonsaroyi xarobalari, Ollaqulixon karvonsaroyi va timi). Temir yoʻl va b. zamonaviy transport rivojlanishi natijasida Karvonsaroylar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.


Karvonsaroylar savdogarlar uchun vaqtinchalik yashash maskani bo'lsa, shu yerlik mahalliy aholi uchun esa tirikchilik manbai xisoblangan. Karvonsaroylar nafaqat istikomatgoh, balki o'ziga xos savdo majmualari edi. Karvonsaroylarning barpo etilishi bevosita yirik davlatlar paydo bo'lishi va ular o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy aloqalarning yo'lga qo'yilgani bilan bog'liqdir. Davlatlarning bordi-keldi alokalari boshlangach, chet el vakillarining istiqomat qilishi, dam olishi, savdo extiyojlarini qondirishi zarurati bunday inshootlar kurilishiga zamin xozirlagan. Buxoroning X asr tarixchisi Narshaxiy o'zining “Tarixi Buxoro” asarida xukmdor Ismoil Somoniy shaxarning Samarkand darvozasi atrofida bir necha karvonsaroylar qurilganligi, ular shaxar rivojiga beqiyos hissa qo'shganligini ta'kidlaydi. Karvonsaroylar o'rta asrlar savdo munosabatlarini yaxshi Sharif ta.\ar yo(k'or.1ik.1ari yo'lga qo'yishda muhim omil bo'lib xizmat kilgan. Sababi, qaysi shaxarda karvonsaroylar ko'p va xo'p qurilgan bo'lsa, o'sha yerga savdogar tijoratchilar kelgan va savdo ishlarini amalga oshirgan. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoroda karvonsaroylar kurilishi kuchayib, XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Buxoro shaxrining markaziy bozori atrofida 4 ta yana karvonsaroy qurilgan. 1820 yilda Buxoroga savdo ishlari bilan kelgan rus savdogari o'sha davrlarda bu yerda 13 ta g'ishtin karvonsaroylar bo'lganligidan guvoxlik beradi. 1840-1842 yillarda Buxoroga kelgan N.Xanikov shaxarda jami 38 karvonsaroy bo'lib, shundan 24 tasi pishiq g'ishtdan, 14 tasi yog'ochdan qurilganligini yozib koldiradi. Buxoro karvonsaroylarining qurilishi oddiy bo'lib, juda kam xollarda ikki qavatli binolardan iborat bo'lgan. Ammo barcha karvonsaroylar atrofi devorlar bilan o'rab olingan, savdogarlar o'z savdo yuklari va ot-ulovlarini shu yerda saqlaganlar. XX asr boshlarida Buxorodagi jami karvonsaroylar soni 70 dan ortiq bo'lgan. Jannat-Makon karvonsaroyi, Domli Sher karvonsaroyi, Hakim Oyim karvonsaroyi, Xoja Kalon karvonsaroyi, Qushbegi yoki Qozi kalon karvonsaroyi, Sandiksozlar karvonsaroyi, Badriddin karvonsaroyi, Rashid karvonsaroyi, Jo'rabek karvonsaroyi, Hindular karvonsaroyi, No'g'ay karvonsaroyi, Ulug'bek karvonsaroyi, Tamaki karvonsaroyi va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek, Buxoroda kishloq xo'jaligi maxsulotlari bilan savdo kiluvchi karvonsaroylar bo'lgan. Bularga Mayiz karvonsaroyi, G'alla karvonsaroyi, Zig'ir karvonsaroyi, Anor karvonsaroyi, G'o'za karvonsaroyi, Jun karvonsaroyi, Sabzi karvonsaroyi, G'o'lin karvonsaroyi, Anjir karvonsaroyi, Tarosha karvonsaroyi, Guruch karvonsaroylarini misol keltirish mumkin. Buxoro karvonsaroylari xamma davrlarda xam davlat va shaxarlar rivojini ta'minlovchi muxim vosita bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, karvonsaroyga ega bo'lgan amaldorlar shaxarning boy kishilari sanalgan. Misol uchun, Ubaydullaxoja karvonsaroyining bir kunlik daromadi 15 ming rublni l tashkil etgan. Amirlikning No'g'ar karvonsaroyida Kori Ismatkalla sudxo'rlik bilan shug'ullanib, uning bir kunlik tushumi 1000 rublga yetgan. Bu karvonsaroyda 30 ta savdogar joylashgan. Har bir xujraning o'z xo'jayini bo'lgan. Karvonsaroyning bir kunlik daromadi esa taxminan 5000 rublni tashkil l etgan. G'ulomjon karvonsaroyiga bir necha Muqimovlar egalik « kilishgan. Karvonsaroy savdosida choy maxsuloti muxim o'rin dy tutib, u Afg'oniston va Xitoy o'lkalaridan keltirilgan. Paxta I karvonsaroyi yog'ochdan kurilgan bo'lib, bir kavatli qurilgan va ayvoniga ham ega. Bu yerda paxtalarni o'lchash uning 14 juft tarozi qo'yilgan. 40 ta o'lchov pallalari usti pillalar bilan band bo'lib, 150 ta yuk tashuvchilar xizmatga xoziru nozir turishgan. Pashm karvonsaroyi esa amir tomonidan Abulvaxab Sami- 1 boy va Abdukayum Samiboylarga ijaraga berilgan. Ularga olti nafar o'lchovchilar yordamlashib, matolarni o'lchash va ular savdo- l sini amalga oshirishgan. Eьtiborlisi, ommaviy savdo xududlari va karvonsaroy ] boshliqlarining tabiblar uchun ajratilgan maxsus joylari bo'lgan. Tabiblar o'zlarining bemorlarini kabul kilish uchun karvonsaroylar bilan bevosita xamkorlik kilib turishgan. Mirzo Gul, Qozi-kalon va boshqa karvonsaroylar jular jumlasidandir. Tarixda karvonsaroylar savdoni jonlantirish, tijoratni rivojlantiruvchi muxim markazlar sifatida dong taratgan. Y Xalqlar u yerlardan nafakat mol ayirboshlash yo savdo qilish, balki, madaniyatlar almashinuvini ado etishgan. Karvonsaroylar bora-bora Buyuk ipak yo'lining o'z ahamiyatini yo'qotishi, temir yo'l va boshka zamonaviy transport rivojlanishi natijasida faoliyati to'xtagan. Bugungi kunda Buxoroda saqlanib qolgan karvonsaroylar shaxarning savdo aloqalari, pul va moliya masalalar tarixidan xabardor etib, avlodlarni ajdodlarining boy savdo-sotiq ■ tajribasidan vokif etmoqda.



Buxoro karvonsaroylari


1. Jannat-Makon karvonsaroyi
2. Domlo Sher karvonsaroyi
3. Hakim Oyim karvonsaroyi
4. Xoja Kalon karvonsaroyi
5. Qushbegi yoki Qozi kalon karvonsaroyi
6. Taroksozlar karvonsaroyi
7. Mirzogul karvonsaroyi
8. Qarshi karvonsaroyi
9. Sandiqsozlar karvonsaroy
10. Mamatillo karvonsaroyi
11. Badriddin karvonsaroyi
12. Chit bilan savdo qiluvchilar karvonsaroyi
13. G'ulomjon karvonsaroyi (saklangan)
14. Matox karvonsaroyi
15. Sayfiddin karvonsaroyi (saqlangan)
16. Rashid karvonsaroyi (saqlangan)
17. Jo'rabek karvonsaroyi (saqlangan)
18. Xo'jaqul karvonsaroyi
19. Hindular karvonsaroyi
20. Barriqul karvonsaroyi (saqlangan)
21. Qushbegi karvonsaroyi
22. Sindil yoki Hind karvonsaroyi
23. No'g'ay karvonsaroyi (saqlangan)
24. Kapkoz karvonsaroyi
25. Abdullajon karvonsaroyi
26. Uchganch karvonsaroyi
27 G'ishtkor karvonsaroyi
28 Sandik karvonsaroyi
29 Avezbadal karvonsaroyi
30 Chinni karvonsaroyi
31 Ulug'bek karvonsaroyi (saklangan)
32 Ahmadi Kalla karvonsaroyi (saqlangan)
33 Ayoz karvonsaroyi (saqlangan)
34 Fatxullaxon karvonsaroyi (saqlangan)
35 Badalbek karvonsaroyi
36 Tamaki karvonsaroyi
37 Mayiz karvonsaroyi
38 G'alla karvonsaroyi
39 Zig'ir karvonsaroyi
40 Anor karvonsaroyi
41 G'o'za karvonsaroyi
42 Jun karvonsaroyi
43 Sabzi karvonsaroyi
44 G'o'ling karvonsaroyi
45 Anjir karvonsaroyi
46 Tarosha karvonsaroyi
47 Guruch karvonsaroyi
48 Pushaymon karvonsaroyi
49 Shakar karvonsaroyi
50 Qozikalon yoki choyr karvonsaroyi
51 Mullo Oston karvonsaroyi
52 Urganji karvonsaroyi
53 Zoxidjon karvonsaroyi
54 Mirzo Fozil karvonsaroyi
55 Ushturxon karvonsaroyi
56 Rajabbek karvonsaroyi
57 Buzg'unch karvonsaroyi
58 Poyi Ostona karvonsaroyi (saklangan)
59 Mesh karvonsaroyi
60 Ko'xna kovush karvonsaroyi
61 Po'stin karvonsaroyi
62 Xo'rokin karvonsaroyi
63 Attorlik karvonsaroyi
64 Qolin karvonsaroyi
65 Sarrofon karvonsaroyi
66 Shoyi karvonsaroyi
67 Zargaron karvonsaroyi

Buxoro viloyati hududida saqlanib qolgan 14 ta karvonsaroy Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqalararo davlat inspektsiyasi ro'yxatiga kiritilgan. Turistik marshrutda joylashgan mazkur karvonsaroylar hozir rekonstruktsiya va kapital ta'mirga muhtoj.


Aniqlanishicha, karvonsaroylarning aksariyati qarovsizlikdan nuray boshlagan. Ayrimlarining yon-atrofi, hovlisi chiqindixonaga aylantirilgan. Devorlariga har xil kimyoviy bo'yoqlar bilan xorijiy so'zlar yozib tashlangan. Boshqa texnogen ta'sirlar sabab, asl ko'rinishini yo'qotayotgan karvonsaroylar ham bor. Misol tariqasida “Rashid”, “Fathullaxon”, “Jo'rabek” va “No'g'ay” karvonsaroylarini tilga olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, XX asr boshigacha Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashgan Buxoroda 67 ta karvonsaroy bo'lib, ular yirik savdo-sotiq va tijorat markazi sifatida xizmat ko'rsatgan. 1920 yili, Mixail Frunze bosqini davrida, ularning ko'pi buzib tashlangan va bizgacha yetib kelmagan. Ma'lumot uchun: Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqalararo davlat inspektsiyasi tomonidan Buxoro viloyatida 660 ta moddiy-madaniy meros ob'ekti ro'yxatga olingan. Shundan 231 tasi arxeologiya ob'ekti, 364 tasi arxitektura yodgorligi, 19 tasi monumental san'at asari, 22 tasi arxitektura ansambli va 24 tasi diqqatga sazovor joylardir. Hozir hududda 8 ta maqbara, 47 ta masjid, 14 ta karvonsaroy, 39 ta madrasa saqlanib qolgan.

Karvonsaroylar qurish jarayoni ayniqsa orta asrlarda jadal tus oladi. Rivojlangan orta asrlar, xususan, IX-X asrlardagi rabotlar, ularning me’moriy tuzilishidan kelib chiqsak, ular mustahkamlangan va qoriqlanadigan karvonsaroylar vazifasini bajarishga xizmat qilganligini korishimiz mumkin. XII asrga kelib ular ozlarining harbiy istehkom sifatidagi ahamiyatini yoqotadi. Lekin ularning qurilishi butun orta asrlar davomida toxtab qolmadi. Ilk islom davrida Movarounnahrning har bir qishlogi aholisi yirik shaharlarda rabotlar qurgan. Bu inshootlar dastlab goziylar (islom dini uchun kurashuvchilar) uchun barpo etilib, ayniqsa islom dini yoyilgan chegara hududlarda katta orin tutgan. Karvonsaroylar va rabotlar savdo yollarini nazorat qilishda katta orin tutgan harbiy istehkom sifatida ham ahamiyatlidir. Orta asrlarda yolboyi inshootlari barpo etishda savdo-sotiq rivojidan manfaatdor bolgan hukmdorlar katta orin tutgan. Umuman olganda, islom davrida turli ijtimoiy binolar – masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, kopriklar, rabotlar, karvonsaroylar, sardobalar va boshqalar barpo etish adolatli hukmdorning muhim xislatlaridan bolgan. Manbalarga murojat qilsak, Orta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolalar vakillari bu masalaga katta e’tibor qaratganligini koramiz. Zamondoshlarini Karvon yollarining va umuman savdo-sotiqning eng muhim elementlaridan bolgan karvonsaroylarning tuzilishini organish, xalqimizning boy me’morchilik tarixini organishga ham katta hissa qoshadi. Karvonsaroylar odatda savdo markazlari bolgan shaharlarda, muhim karvon yollari boyida barpo etilgan bolib, ular tuzilishiga, hajmiga va ayrim hollarda bajaradigan funktsiyasiga kora ham bir-biridan farqlanadi. Arxeologik tadqiqotlar va yozma manbalar ma’lumotlarini tahlil qilib, ayrim karvonsaroylar tuzilishi haqida ma’lum xulosalarga kelish mumkin. Masalan, Zomindan Fargonaga va Toshkentga ketuvchi yolda topilgan X-XII asrlarga oid Tortkoltepa karvonsaroyi togri tortburchak (tomonlarining uzunligi 106 x 106 m.) shaklida bolib, shimol tomondan balandligi 5 metrni tashkil qiladigan asosiy arkasimon darvozaga ega bolgan.


Orta asr karvonsaroylari tuzilishi haqida Poykentdagi rabot hamda Buxoro – Qarshi savdo yolida joylashgan Qorovulbozordagi karvonsaroy (XVI asr) haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib ham muhim xulosaga kelish mumkin. Qorovulbozordagi karvonsaroy tomonlari uzunligi 100 metrga yaqin bolib, uning janubiy va shimoliy qismida balandligi 8 metrdan iborat katta darvozalari bolgan va XIX asr manbalarida, garchi bu davrda u xaroba ahvolga kelib qolgan bolsada, mahobatli saroyga qiyoslangan129. 1878-1879 yillarda Rossiya elchilik missiyasi tarkibida Buxoro va Qarshi orqali Afg`onistonga borgan I.A.Yavorskiy bu karvonsaroyning otxonasida 300 tagacha ot-ulovlarni saqlash mumkinligini qayd etadi. Bu yerdagi karvonsaroy XX asr boshlarida, aniqrogi, 1916 yilda bu yodgorlik TKLA (Turkestanskiy krujok lyubiteley arxeologii) a’zosi I.A.Kastane tomonidan maxsus organib chiqiladi. U bu karvonsaroyning tola tarhini chizib, tuzilishini batafsil ta’riflab otadi. Bu tarhga kora, bu inshoot Orta Osiyoda orta asrlarda koplab bunyod etilgan bir qatorli qilib qurilgan yolakli-sektsiyali karvonsaroylar turkumiga kirgan. Qiyos uchun aytadigan bolsak, Buxoro – Qarshi yolidagi Bozachi raboti tuzilishiga kora sektsiali inshootlar turkumiga mansub bolgan Umuman olganda, orta asrlarda karvon yollarida va savdo markazlari bolgan shaharlarda bunyod etilgan karvonsaroylar tuzilishi oxshash bolib, ular tortburchak shakldagi ichki hovliga (ba’zi karvonsaroylar ikkita hovliga ega bolgan) va uning atrofida joylashgan yashash xonalariga ega bolgan. Karvonsaroylardagi ichki hovli boylab ayvonlar ham qurilgani, yirik karvonsaroylarda savdogarlarning mahsulotlari saqlanadigan maxsus xonalar va hatto masjid ham bolgani ma’lum. Shu bilan birga karvonsaroylar tuzilishiga ayrim hollarda bir-biridan biroz farqlanishini, shaharlardagi karvonsaroylar hajmi, me’moriy bezaklari va boshqa xususiyatlari bilan karvon yollari boyida qurilgan karvonsaroylar va rabotlardan farq qilganini ham aytib otish kerak.
Agar savdo yollari boyida qurilgan karvonsaroylar va rabotlar ichida ulovlar uchun moljallangan maxsus otxonalar ham bolgan bolsa, yirik shaharlardaasosiy ulov vositalari karvonsaroydan tashqarida, ayrim hollarda hatto ozodalikni saqlash maqsadida, shahar tashqarisida joylashtirilgan.
Savdo-sotiqning, iqtisodiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan karvonsaroylar soni ham oshib borgan. Buni mintaqadagi ayrim shaharlar, masalan, Buxoro xonligining markaziy shahri hamda Qarshi, Shahrisabz va boshqa shaharlari misolida ham korish mumkin. Agar XIX asr boshlarida Buxoroda 14 ta karvonsaroy bolgan bolsa, shu asrning 60-yillarida ular soni 36 taga yetadi. XIX asrning 40-yillari boshida Qarshida 3 ta, A. Vamberi bu shaharga kelgan 1863 yilda 10 ta karvonsaroy bolgan. XIX asrning 60-yillarida Shahrisabzda 7 ta, Kitobda 3 ta karvonsaroy bolgan bolsa, XX asr boshida Shahrisabzdagi karvonsaroylar soni 28 taga, Kitobda esa 6 taga yetgan.
XIX asrda Qoqonda 6 ta yirik bozor va karvonsaroy mavjud bolib, ularning 4 tasi qoshni davlatlardan kelgan savdogarlarga tegishli bolgan. Bu ma’lumotlar karvonsaroylar soni savdo-sotiq rivojiga mos bolgani va karvonsaroylarning savdo-sotiq bilan bogliq funktsiyalari haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Mintaqa shaharlaridagi karvonsaroylar odatda ularni barpo ettirgan shaxs nomi bilan atalgani yoki ulardan doimiy foydalanuvchi savdogarlarning qaysi etnik guruhga, shaharga yoki mamlakat vakili ekanligiga qarab nomlangani ham e’tiborga loyiq xususiyatlardan biri edi.
Yirik shaharlardagi karvonsaroylar nafaqat savdogarlarning vaqtincha yashaydigan joyi, balki savdo-sotiq (ulgurji savdo) ishlari olib boriladigan, kerakli soliqlar yig`ib olinadigan joy vazifasini ham bajargan. Ba’zi hollarda ularda mayda hunarmandchilik ustaxonalari ham bolgan. Karvonsaroylar bu keng kolamli faoliyati sababli katta daromad manbai bolgan. Masalan, Ibn Havqal Termizdagi karvonsaroylar erhashamligini va katta daromad manbai ekanligini qayd etadi.
Karvonsaroylardagi hujralarda kop hollarda 10 tadan 15 tagacha yolovchilar yashagan. Karvonsaroylardagi ijara haqiga oid ma’lumotlar manbalarda kam uchraydi. Orta asrlarga oid ayrim ma’lumotlar esa bu muammo haqida faqat umumiy xulosa chiqarishga imkon beradi. Masalan, XIX asr boshlarida Buxorodagi karvonsaroylarda 1 xonaning 1 oylik ijara haqi 16 rublni tashkil qilgan.
Shu tariqa, karvonsaroylar nafaqat savdo yollari boyida, savdo markazlari hisoblangan shaharlarda, yirik qishloqlar va qorgonlarda ham koplab barpo etilgan. Ozbekiston va qoshni respublikalar hududida joylashgan va bizning davrimizgacha saqlanib qolgan yolboyi karvonsaroylari va rabotlari asosan orta asrlar davriga oid bolib, ular odatda savdo karvonlari bir kunda bosib otadigan masofada, bir-biridan 5-6 farsax uzoqlikda qurilgan.
Savdo karvonlari va yolovchilarni, ulov vositalarini suv bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi gidrotexnik inshootlar (quduqlar, hovuzlar va sardobalar) qadimgi kommunikatsiya yollari tizimining muhim elementini tashkil etgan. Bronza davridan boshlab mintaqadagi dasht va chollarning chorvador qabilalar tomonidan jadal ozlashtirilishi aloqa yollari yonalishlari boylab zarur infratuzilmalar – yolboyi inshootlari, birinchi galda qududlar barpo etilishini talab etardi. Ma’lumki, Orta Osiyoning janubiy hududlarida eneolit davridan boshlangan irrigatsiya tizimi, bronza davrida mintaqaning markaziy hududlaridagi daryo vodiylariga ham yoyildi. Ma'lumki O'rta Osiyo juda Qadim-qadim zamonlardan Sharq bilan g'arbni, Janub bilan Shimolni o'zaro bog'lab turgan. Shuning uchun ham savdo yullari va unda joylashgan karvon saroylari ko'p ahamiyatga ega bo'lgan.
Movarounnaxrda IX—XII asr rabot va karvon saroylarini ko'pchiligi yo'qolib etgan bo'lib, ko'plab Toshrabot, Hushrabot, Oqrabot singari joy va nomlargina saqlanib olgan. Chorjuydan taxminan 170 km shimolda joylashgan Doya xotin Karmanadan 25 km cha janubroqdagi Buxoro yo'lida joylashgan. Raboti Malik inshootlari katta ahamiyatga ega. Bu rabotlarni har ikkisi ham mustaqkam mudofaa sistemasiga ega bo'lgan. U tuxtagan karvon uchun bir necha soatdan boshlab, bir necha kungacha tirikchilik o'tkazish imkoniyatlari yaratilgan bo'lgan. Karmana — Buxoro yo'lida — bugunda qayta tiklangan qadimiy karvon yo'li bo'yida Raboti Malik (Shoh Raboti) karvonsaroyi joylashgan. U XI asrning 70-yillarida Qoraxoniylardan bo'lmish Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim (1068–1080 y.) tomonidan qurilgan bo'lib, XII asrning birinchi choragida yana shu Qoraxoniylardan bo'lmish Arslonxon uhammad ibn Sulaymon (1102–1130 y.) tomonidan ta'mirlangan.
Arxeologik tadqiqotlar paytida (XX asrning 70-yillari va shu asrning oxiri — XXI asr boshlari) bu noyob binoning murakkab tuzilishi aniqlandi. U 100×100 m maydonni egallagan bo'lib, mustahkam devorlar bilan o'ralgan va ikki qismga bo'lingan.
Raboti Malik peshtoqidan bir oz narida suv manbai — diametri 13 metrcha eladigan gumbaz ostida karvonsaroyga zamondosh bo'lgan sardoba joylashgan. Sardoba hovuzining aylana devori yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq g'ishtdan qurilgan bo'lib, unda muzday toza suv butun yoz bo'yi saqlangan. XVI asrdagi mualliflardan biri Raboti Malik sardobasining suvini Makkadagi laziz Zamzam suviga qiyoslaydi. Sardoba karvonsaroy kabi yolg'iz yo'lovchilar uchun ham, butun boshli karvonlar uchun ham qo'nalg'a hisoblangan.
Karvonsaroy o'zining dastlabki vazifasi e'tibori bilan XVIII asrgacha xizmat qilib kelgan. Unda Amir Temur va uning avlodlari, Buxoroda hukmronlik qilgan sulolalarning xonlari, elchilar, savdo karvonlari va sayyohlar qo'nib o'tgan. Hofizi Abro'ning ma'lumotiga ko'ra, Ulug'bek 1420 yilda ushbu mintaqalarda to'xtab, qirq kun ov qilgan. XIX asr — XX asrning boshlarida bu yerda rabot nomi bilan ma'lum umri qisqagina bo'lgan qishloq ham shakllangan.
Hovlining turidagi ikkinchi Qismi markazida katta gumbazli saroy va atroflari yaxlit tomli xonalar joylashgan. Old kurinishining ikki burchagini ikki minora bezab turgan. Minora- lardan peshtoqgacha bo'lgan devor oraligida ko'ngurador ruschasiga gofr) yarim ustunlar joylashtirilgan bo'lib ularning usti ravoq toqlari bilan birlashtirilgan. Bir vaqtlar bu rabot katta kompleksdan iborat bo'lgan va qarama-qarshisida sardoba saqlanib qolgan. harholda sardobalar qurilishi biz kurib chiqayotgan davrda shaharlar oraligida joylashgan karvon saroylar — rabotlar uchun xos narsa bo'lsa kerak. Chunki ko'pincha sardoba shu yerdagi birdan bir suv manbai bo'lib xizmat qilgan. Bu inshootlar gumbazli suv yig'gich — aylansimon hovo'zlar tarzida Qurilgan. Ular maxsus in- shoot orkali qor va yomgir suvlarini, ba'zan Quduqlardan oHizilgan suvlarni uzoq muddatga yulovchilar uchun



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling