Tushuntirish xati diplom loyihasi mavzusi : ⅩⅤⅠ-ⅩⅨ asrlarda buxoro karvonsaroylari arxitekturasi


Download 1.19 Mb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1057390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xo`ja Kalon Masjidi

Mavzuning xronologik davri XVI- XIX- asrlarni qamrab oladi. Bu davr O`rta Osiyoda karvon savdosi va xizmat ko`rsatish tizimida tub o`zgarishlar paydo bo`lishi bilan boshlandi. Bu an’analar rivojlangan va so`nggi o`rta asrlar davrida ayrim o`zgarishlar bilan davom etdi, rivojlandi. Bu davr bizga o`rta asrlarda O`rta Osiyoning karvon yo`llarida xizmat ko`rsatish tizimidagi o`ziga xos xususiyatlarni, qonuniyatlarni, rivojlanish omillari masalalarini keng miqiyosda ko`rib chiqish, tahlil qilish va yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Mavzuning o`rganilish darajasi. Mintaqada o`rta asrlarda karvon yo`llari infratuzilmalari va xizmat ko`rsatish tizimi faoliyatini tarixiy jihatdan tadqiq qilishga bag`ishlangan tadqiqotlar XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida rus va xorij elchilik missiyalari a’zolari, harbiylar, savdogar va sayyohlar tomonidan boshlandi. Tadqiqotlarning xususiyatidan va nashr qilinishi darajasidan kelib chiqib, mavzuning o`rganilishi quyidagi xronologik davrlarga bo`lib chiqildi: 1) XVI-XIX asrning oxiri 2)Mustaqillik davrida mavzuning o`rganilishi; 4) Xorij tarixshunosligida muammoning talqini.
Loyihaning maqsad va vazifalari. Ushbu Loyihaning asosiy maqsadi XVI- XIX asrlarda Buxoro tarixiy markazidagi karvon saroylar arxitekturasini o’rganish va hozirgacha saqlanib kelgan me’moriy obyektlarni saqlab kelajak avlodga yetkazish, O`rta Osiyoning karvon yo`llarida xizmat ko`rsatish tizimining mintaqa karvon savdosi taraqqiyotidagi o`rnini ilmiy tadqiq etish va umumlashtirishdan iborat. Bu maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot doirasida quyidagi ilmiy vazifalarni hal etish rejalashtirilgan: – O`rta Osiyoda karvon yo`llari infratuzilmalari va xizmat ko`rsatish tizimi rivojining o`rta asrlarga xos tarixiy qonuniyatlarini, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy asoslarini, xarakterli xususiyatlarini, bu tizim faoliyatining iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojiga mos ravishda kengayib borganligini arxeologik va yozma manbalar, tegishli ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlardan kompleks foydalangan holda yoritib berish; – kommunikatsiya tizimining muhim tarkibiy qismi bo`lgan karvonsaroy, rabot, sardoba, quduq, ko`prik va boshqa yo`lbo`yi inshootlaridan hamda ot, tuya, eshak va boshqa ulov va transport (yuk va yo`lovchi tashishga 5 mo`ljallangan aravalar) vositalaridan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlarini ochib berish va yangi ma’lumotlar bilan boyitish; – karvon yo`llarida xavfsizlikni ta’minlash hamda boshqa xizmat turlari ko`rsatish tizimining bosqichma-bosqich rivojlanib borganligi masalasini tahlil qilish va umumlashtirish; – mintaqa davlatlari, markaziy va mahalliy hukumatning karvon yo`llari infratuzilmalari va xizmat ko`rsatish tizimi faoliyatini yo`lga qo`yish, ichki va tashqi savdo rivojining kafolati bo`lib maydonga chiqqanligini asoslash; – karvon yo`larida xizmat ko`rsatish tizimining mintaqadagi etnoslararo muloqatda, etno-integratsion jarayonlarda tutgan ahamiyatini asoslash hamda karvon yo`llari infratuzilmalari O`rta Osiyo sivilizatsiyasi taraqqiyoti darajasini ko`rsatuvchi muhim belgi sifatida ko`zga tashlanishini asoslab berish.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling