Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Tutning fuzarioz kasalligi


Download 27.69 Kb.
bet6/8
Sana01.04.2023
Hajmi27.69 Kb.
#1316815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Ildizning oq chirishi. Bu kasallikni Rosellinia necatrix (Hart) Berl zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallik A.A.Yachevskiy va N.G. Zaprometovlar tomonidan o‘rganilgan. Kasallangan o‘simlik ildizi yuzasi oq rangdagi momiqqa o‘xshash zamburug‘ mitseliysi bilan qoplanib, keyinchalik qo‘ng‘ir rangga kiradi. Rizomorflar tuproqda tarqalib sog‘lom ildizlarni ham zararlaydi. Kasallangan ildiz yuzasida hosil bo‘lgan zamburug‘ sklerotsiysida konidiya bandlari va konidiyalar hosil bo‘ladi. Ildizning po‘stloq ostida zamburug‘ piknidiyalar hosil qiladi. Zamburug‘ mevatanasi peritetsiylari qora rangda bo‘lib, ildiz po‘stloq ostida hosil bo‘ladi, Bu kasallik barcha mevali daraxtlarni ham kasallantiradi.
Ildiz chirishi. Ildiz chirishi Mycelia sterilla zamburug‘i tomonidan keltirib chiqariladi va karantin kasalliklari qatoriga kirgan. Bu kasallik Armanistondagi tutchilik xo‘jaliklarida uchraydi. Kasallik tufayli daraxtlar birdan qurib qolishi va surunkasiga kasallanishi mumkin. Surunkasiga kasallangan daraxtlar o‘sishdan orqada qoladi, novdalar ingichkalashadi, barglari maydalashib, siyraklashadi. Kasallik 7-80 % o‘simliklarni kasallantirib, 3-6 oydan keyin daraxtlar qurib qoladi. Kasallik kuchli tarqalgan tutzorlarda daraxtlar 3 kunda qurib qolishi mumkin.
Kasallikka qarshi kurash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak: Kasallangan daraxt tuplarini va uning qoldiqlarini daladan yig‘ishtirib olib tashlash; O‘simlik qoldiqlarini yoqib tashlash va daraxt o‘rnini ohak xlorid eritmasi bilan yuvib, bu joyga 3 yil davomida ko‘chat ekish ta’qiqlanadi; kasallangan ko‘chat olib tashlangan daraxt o‘rnini 60 g formalinni 1m2 joyga solib ko‘mib tashlanadi; daraxtdan bo‘shagan joylarga g‘alla ekinlarini ekish; tuproqqa mineral o‘g‘itlarini qo‘llash kerak;
Kasallikka qarshi muhim tadbirlar qatoriga payvandostni kasallikka chidamli xillarini izlab topish ham muhim tadbir hisoblanadi. Kasallikka qarshi kurashda agrotexnik kurash choralari ham muhim hisoblanadi.

Download 27.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling